O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishning kontseptual asoslari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/13
tarix17.10.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#127892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-mavzu bayoni 3

Eksperiment-tajriba sinov metodi 
"Eksperiment"so‘zi lotincha "sinab ko‘rish", "tajriba qilib ko‘rish" 
ma’nosini anglatadi. 
Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta’lim-tarbiya jarayoniga 
aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, 
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki 
amaliy ahamiyatiga e’tibor beriladi. 
O‘tkaziladigan tajriba ishlari ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi qonuniy aloqalarni 
aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga
ta’lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. SHuningdek, ta’lim-
tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko‘ra bilish 
imkoniyatini beradi. 
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o‘tkaziladi:
1)
tabiiy eksperiment;
2)
laboratoriya eksperimenti; 
3)
amaliy tajriba. 
Pedagogik eksperiment o‘z mazmuniga ko‘ra didaktik, tarbiyaviy
maktabshunoslik muammolari yuzasidan o‘tkaziladi. 
Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o‘tkazishda quyidagi 
talablar mavjud: 
1) ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi 
lozim bo‘lgan natija uchun reja belgilash lozim.
2) ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob’ekt belgilash, amalga 
oshirish borasida qo‘shimcha metodlarni aniqlash.


3) tajriba ishi o‘tkazish vaqtini va muddatini belgilash. 
4) tajriba uchun lozim bo‘lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor 
turishi; 
4)
eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa 
chiqarish va tavsiyalar berish kerak. 
 
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o‘zligini 
namoyon eta olmaydi. CHunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq 
ta’limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning oshirilishi, xalq ta’limi 
muassasalarinng doimo o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, xo‘jalik 
shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘larni statistika metodi orqali 
aniqlanadi. 
Respublikamizning deyarli barcha ta’lim-tarbiya muassasalari 
statistika ma’lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega. 
Respublikamizning mustaqil bo‘lguniga qadar statistika sohasidagi 
chalkashliklar, atayin ortirib, qo‘shib yozishlar xalq ta’limi tizimida ham 
mavjud edi. Ularning nazorati bo‘shligi va ob’ektiv emasligi xalq ta’limi 
sohasidagi chuqur islohot o‘tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik 
ma’lumot aniq, hayotiy bo‘lsa bajarilayotgan ta’lim-tarbiya yoki ilmiy 
tadqiqotning qimmati yuqori bo‘ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə