O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə53/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80
ПТЭ узб

Yo’lovchi vagonlari (вагоны пассажирские). Yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan vagonlar. Ularga shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik (xizmat vagonlari, klublar, sanitar, sinov, o’lchov, laboratoriyalar va boshqa yo’lovchi turidagi maxsus) vagonlar kiradi.
Havo oralig’i (izolyasiyalangan tutashish) (воздушный промежуток (изолирующее сопряжение)). Kontakt tarmog’i qo’shni uchastkalarining elektr izolyasiyasi (tok bo’linma) bilan tutashishi. Izolyasiyalovchi tutashish shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibi pantografi undan o’tayotganda, tutashuvchi uchastkalar elektrli ulanadi.
Yordamchi post (вспомогательный пост). Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan va faqat shahobcha yo’lining birikish punktiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan peregondagi post.
Yo’lovchi poezdlarining yuqori tezlikdagi harakati. Yo’lovchi poezdlarining 201-250 km|soat tezlik intervallaridagi harakati.
(5-bo’limga to’qqizinchi abzats "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq qo’shilgan).
Yuk ortish gabariti (габарит погрузки). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, unda to’g’ri gorizontal yo’lga qo’yilgan ochiq harakat tarkibida o’rnatilgan yuk (mahkamlanishi va o’ralishi hisobga olinganda) chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak.
Ochiq turdagi harakatlanuvchi sostavda tashish mumkun bo’lmagan nogabarit yuklar, DATK da o’rnatilgan nogabarit yuklarni tashish tartibi asosida tashiladi.
Harakat tarkibining gabariti (габарит подвижного состава). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, unda to’g’ri gorizontal yo’lga qo’yilgan yukli tarkib ham, bo’sh tarkib ham chetga chiqib ketmasdan joylashishi kerak.
Qurilishlarning yaqinlashish gabaritlari (габарит приближения строений). Chegaraviy (yo’l o’qiga tik) ko’ndalang o’lcham bo’lib, uning ichiga inshoot va qurilmalarning biror qismi kirmasligi kerak.
Harakat tarkibi bilan bevosita aloqada bo’lishi uchun mo’ljallangan qurilmalargina (ish holatidagi vagon sekinlatkichlari, mahkamlagichlari bilan kontakt simlari, suv olishda kolonkaning buriladigan qismi) bundan mustasnodir.
Asosiy yo’llar (главные пути). Peregonlar va stansiyalarning yo’llari bo’lib, yondosh peregonlarning bevosita davomi hisoblanadi va odatda, strelka o’tkazgichlarda chetga burilmaydi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə