O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə54/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
ПТЭ узб

Stansiya navbatchisi (дежурный по станции). Stansiya boshlig’ining almashib turadigan yordamchisi bo’lib, stansiyaning asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llarida (manevr dispetcheri yo’q yo’llarda qolgan yo’llar bo’yicha ham) harakat tarkibining harakatlanishi, poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish bo’yicha yakka o’zi buyruq beradi.
Yuk poezdining indeksi (индекс грузового поезда). 10 raqamdan iborat, barcha yuk poezdlariga tuzilish stansiyalarida beriladi. Birinchi to’rt raqam poezd tuzilish stansiyasining yagona tarmoq razmetkasi (ESR), keyingi ikki raqam - ushbu stansiyada tuzilgan tarkibning tartib raqami, oxirgi to’rt raqam - poezdning etib borish stansiyasining yagona tarmoq razmetkasini bildiradi.
Poezdlarning jadal harakati (интенсивное движение поездов). Yo’lovchi va yuk poezdlarining grafik bo’yicha bir kecha-kunduzda ikki yo’lli uchastkalarda 50 juftdan ortiq va bir yo’lli uchastkalarda 24 juftdan ko’p harakatlanish miqdori (jami).
Kontakt tarmoq (контактная сеть). Elektr energiyasini kuch qo’shimcha stansiyasidan elektr bilan harakatlanadigan tarkibning pantografiga uzatishni ta’minlovchi simlar, tuzilmalar, jihozlar majmui.
Lokomotivlar (локомотивы). Elektrovozlar, teplovozlar, gazturbovozlar, parovozlar, motovozlar.
Lokomotiv brigadasi (локомотивная бригада). Lokomotivlar, shuningdek, motorvagon poezdlarga xizmat ko’rsatish uchun tayinlanadigan xodimlar.
Kam ishlaydigan uchastkalar (малодеятельные участки). Yo’lovchi va yuk poezdlari grafik bo’yicha (jami) bir kecha-kunduzda ko’pi bilan 8 juft miqdorda o’tadigan uchastkalar.
Manyovr tarkibi (маневровый состав). Manyovrlarni amalga oshiruvchi lokomotiv bilan o’zaro ulashtirilgan vagonlar guruhi.
Postlararo peregon (межпостовой перегон). Yo’l postlari yoki yo’l posti va stansiya bilan chegaralangan peregon.
Stansiyalararo peregon (межстанционный перегон). Stansiyalar, raz’ezdlar va o’zib o’tish punktlari bilan chegaralangan masofa.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə