O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Peregon (перегон). Temir yo’lning qo’shni stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari yoki yo’l postlari bilan chegaralangan qismi. Pereezd



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə56/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
ПТЭ узб

Peregon (перегон). Temir yo’lning qo’shni stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari yoki yo’l postlari bilan chegaralangan qismi.
Pereezd (переезд). Temir yo’lning bir sathda avtomobil hamda tramvay yo’llari bilan kesishib o’ttan joyi.
Harakat tarkibi (подвижной состав). Lokomotivlar, vagonlar va motorvagon harakat tarkibi.
Suruvchi lokomotiv (подталкивающий состав). Ayrim peregonlarda yoki peregonning bir qismida etakchi lokomotivga yordam berish uchun belgilanadigan lokomotiv (poezd oxirida).
Shahobcha yo’llar (подъездной путь). Alohida korxonalar, tashkilotlar, muassasalar (zavodlar, fabrikalar, shaxtalar, konlar, yog’och-torf ishlab chiqaruvchilar, elekgr stansiyalari, tortish podstansiyalari va hakazolar) ga xizmat qilish uchun mo’ljallangan, uzluksiz temir izlar bilan temir yo’llarning umumiy tarmog’iga ulangan, temir yo’lga yoki korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga tegishli yo’llar.
Poezd (поезд). Vagonlarning tuzilgan va tirkalgan tarkibi, bitta yoki bir nechta ishlab turgan lokomotivi yoki motorli vagonlari, belgilangan signallari bo’ladi. Peregonga jo’natiladigan vagonsiz lokomotivlar, motorli vagonlar, avtomotrisalar va olinmaydigan turdagi drezinalar ham poezd deb qaraladi.
Yuk-yo’lovchi poezdi (поезд грузо-пассажирский). Poezd kam yuradigan uchastkalarda yuk va yo’lovchilarni tashish uchun yuk va yo’lovchi vagonlardan tuziladi.
Uzun tarkibli yuk poezdi (поезд грузовой длинносоставный). Bunday poezdning uzunligi (shartli vagonlar hisobida) shu poezd o’tadigan uchastkada harakat grafigiga ko’ra belgilangan eng katta me’yordan ham ortib ketadi.
Og’irligi oshirilgan yuk poezdi (поезд грузовой повышенного веса). Og’irliga b ming tonnadan ortiq yuk poezdi, tarkib boshida, boshida va oxirida hamda tarkibning oxiridan uchdan bir qismida bir yoki bir nechta ishlab turgan lokomotivi bo’ladi.
Uzunligi oshirilgan yuk poezdi (поезд грузовой повышенной длины). Uzunligi 350 o’q va undan ortiq bo’lgan yuk poezdi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə