(yunon. - organon - a’zo, eidos - tо‘r) joylashgan. Sitoplazmaning negizini tashkil etgan biologik
membrana zich yupqa parda holatida bо‘lib, fosfolipidlar va oqsillar - lipoproteinlardan tuzilgan.
Biomembranalarning asosiy xususiyatlaridan biri ularning yarim о‘tkazuvchanligi bо‘lib,
moddalarni tanlab о‘tkazadi. Ba’zi moddalar juda tez oson, ba’zilari esa sekin qiyinchilik bilan
о‘tadi. Bunday holatda sitoplazma va organoidlarning kimyoviy tarkibi katta ahamiyatga ega
bо‘ladi.
4.2-ilova
Hujayra orgonoidlarini tuzilishi va vazifalari.
Ribosomalar. Ribosomalar asosan gialoplazmada har doim uchrab turadigan baravar
miqdordagi oqsil va RNK dan tashkil topgan 17-23 nm diametrga ega bо‘lgan mayda
donachalardir.
Endoplazmatik tо‘r. Endoplazmatik tо‘r – (yunon. endo - ichki) sitoplazmaning
ichkariroq qismida joylashgan bо‘lib, bitta membrana bilan chegeralangan vakuollar va
kanalchalar sistemasidan tashkil topgan organoiddir.
Goldji apparati uni kashf etgan italiyalik olim K. Goldji nomi bilan ataladi. Goldji
apparati ayrim diktiosomlar (yunon. diktion - tur, soma - tana) Goldji tana va Goldji
pufakchalaridan iborat.
Mitoxondriyalar sitoplazmadagi mitoxondriyaning shakli va о‘lchami soni hujayralar
tipiga va rivojlanish fazasiga qarab doimo о‘zgarib turadi. Ularning о‘lchami 1 mkm dan
oshmasdan shakli donador, tayoqcha va ipsimon bо‘lib, tinimsiz harakatda bо‘ladi.
Plastidlar. Bu organoidlar faqat о‘simliklar hujayralari uchungina xos bо‘lib, rangiga va
bajaradigan vazifasiga qarab uch tipga bо‘linadi: xloroplastlar - yashil, xromoplastlar - qizil, tо‘q
sariq, sariq. Leykoplastlar – rangsiz.
Xloroplastlar (yunon. chloros - yashil) yarim avtonom organoidlar bо‘lib, ularda
fotosintez jarayoni ketadigan xlorofill pigmenti mavjud. Xloroplastlarning shakli doimo
linzasimon bо‘ladi, lekin ba’zi hujayralarda shakli о‘zgarishi ham mumkin.
Xromoplastlar (yunon. chroma-rang) - sariq, tо‘q sariq, qizil pigmentlar saqlab, ularning
rangi ksantofill (S
40
N
56
O
2
), karotin (S
40
N
56
) va boshqa karotinoidlar gruhidagi kimyoviy
tarkibi jihatidan karotinga yaqin 50 dan ortiq pigmentlarga bog‘liq bо‘ladi
Leykoplastlar (yunon. leykos-oq) - boshqa plastidlardan maydaroq bо‘lib, ikki
membranali va о‘zida pigmentlar saqlamaydi. Ular yorug‘lik tushmaydigan о‘simlik
organlarining hujayralarida – ildiz, ildizpoya, tugunak va urug‘larda uchraydi.
Yadro yirik organoid bо‘lib, eukariot organizmlar hujayralarining muhim tarkibiy
qismidir. Yadro – yadro qobig‘i, xromatin, yadro shirasi va bir yoki bir nechta yadrochalardan
tashkil topgan.
5-ilova
Xramosoma tarkibi, shakli va soni.
Xromosoma, (gr. chroma — rang, soma — tana) ikki xil struktura-funksional xolatda
bо‘ladi: kondensirlangan (spirallashgan) va dekondensirlashgan (despirallashgan).
Xromatin - bu kompleks DNK va oqsillardan tarkib topgan. Xromatin tarkibida ikki
xil oqsil: giston va giston bо‘lmagan oqsil tashkil topadi. Xromosoma nukleoproteidlari — DNP
— DNK va oqsildan tarkib topadi. preimushestvenno gistonov. Gistonov molekulalari —
nukleosomalar xosil qiladi.Xar bir nukleosoma 8 ta oqsil molekulalaridan iborat.Nukleosoma 8
nm ga teng.Xar bir nukleosoma DNK molekulasini, spiral xolatida о‘rab turadi.
6-ilova
Xromosoma tuzilishi va shakllari:
a — tashqi kо‘rinishi: 1 — sentromerasi; 2 — kalta yelkasi; 3 — uzun yelkasi; 4 — ikkilamchi
yelka; 5 — yо‘ldosh; 6— kalava ipi; b —xromosomani ichki strukturasi: 1— sentromer; 2 —
xromonemalar; v—xromosomalarni tiplari: 1 — akrotsentrik; 2—submetatsentrik; 3—
metatsentrik: A—yelka; B — sentromera.
7-ilova