O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/127
tarix20.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#129129
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127
152371320 (1)

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.
“Individ”, “shaxs”, “individuallik” tushunchalarini sharhlang. 
2.
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega qarg‘a o‘rtacha 200-300 yil yashaydi. Lekin uning 
bolaligi uzog‘i bilan besh-olti oy davom etadi. Inson o‘rtacha 60-70 yil umr ko‘radi. Biroq u 20-
25 yoshlarida mustaqil hayot boshlaydi. Mazkur holatni qanday izohlash mumkin? 
3.
Quyida keltirilgan jumlalarni o‘qing va jumlaga mos keladigan bir so‘z bilan 
ifodalanadigan javobni toping. 
8-Mavzu:
Bola shaxsini rivojlanish omillari. 
Reja: 
1.
Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha.
2.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar: irsiyat,muhit,ta’lim-tarbiya.
3.
Shaxsni rivojlanishida tarbiyaning o’rni. 
4.
Bolani tarbiyalash va rivojlanishida faoliyatlarning o’rni.
Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha 
«Shaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning 
iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxsning 
kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha ham bir 
xil bo‘lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta’sir etadi. Shaxsning 
kamolga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Shaxs 
qaysi jamiyatda yashasa, o‘sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har 
bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy 
rivojlanganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. 
Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va egallangan 
miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. 


60 
Jismoniy rivojlanish bo‘yicha o‘sishi, vazinning ortishi, sezgi a’zolarini mukammallashuvi, 
harakatlarni to‘g‘ri boshqara bilish bilan bog‘likdir. 
Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, 
emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. 
Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-
atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. 
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga 
keladi. Bolalar egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik 
qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning 
mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. 
Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay 
moslashmaganligi hisobga olinadi. 
Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib 
boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari 
o‘zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular 
bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə