O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/127
tarix20.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#129129
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
152371320 (1)

Mavzu yuzasidan savollar: 
1.
Kimning tashabbusi bilan 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta’lim 
tarbiya berish va maktabga tayyorlash maqsadida “Ilm yo’li” variativ dasturi ishlab chiqildi?
 
2.
“Ilm yo’li” variativ dasturi qanday hujjat bo’lib sanaladi? 
3.
Dastur qayerlarda qo’llanilishi mumkin? 
4.
Bolalarni maktabga majburiy bir yillik tayyorlash bo’yicha guruhdagi namunaviy kun 
tartibi qanday?
 
7-Mavzu: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA 
TA’LIM TARBIYASI. 
Reja: 
1.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta’lim-tarbiyasining o’ziga xosligi.
2.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir pedagogik va psixologik xususiyatlari va 
ularning bola sog’lom rivojlanishidagi ahamiyati. 


57 
3.
Maktabgacha ta’lim davrida yosh davrlarining o’ziga xos xususiyatlari. 
Bolalarning tarbiya ga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola 
rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. 
Chunki bola organizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh 
davrlarida xilma-xil bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla 
Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar. 
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi 
bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma 
yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, 
pala-partish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv 
faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy 
tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikasini bilish muhim. Temperament – 
lotincha “temperamentum”, ya’ni “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib
shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. 
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga 
bo‘linadi: 
-
go‘daklik (1 yoshgacha); 
-
ilk yosh (1-2 yosh); 
-
ilk yosh guruhi (2-3 yosh); 
-
kichik yosh (3-4 yosh); 
-
o‘rta yosh (4-5 yosh); 
-
katta yosh (5-6 yosh); 
-
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)
1

Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar.
Insonning rivojlanish davri 
ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to‘qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini 
va murakkab taraqqiyot davrini o‘taydi. Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit 
ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ham bu ta’sirning ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim. 
Go‘dakning vazni tug‘ilgan paytda 3,5 kg, bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, uch oylik davrida 
uning vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo‘lganda esa taxminan 7 kg, bo‘yi 64 sm bo‘ladi. 
Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u
ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish, 
anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun 
ham go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal 
rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo‘lgan davrda dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda 
kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim. “Bola 
tushunmas ekan” deb, unga befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri 
talaffuz qilib, ularning nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun keng yo‘l ochishlari kerak. 
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. 
Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan 
bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, 
kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Biz bolani nimaga 
o‘rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni bola kattalar aytgan 
gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə