O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-Mavzu: Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/127
tarix20.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#129129
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127
152371320 (1)

 
9-Mavzu: Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri. 
Reja: 
 
1.
Maktabgacha yoshidagi bolalar ta’lim-tarbiyasi.
2.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan tarbiya turlari va ularning shaxs 
kamolotiga ta’siri.
3.
Maktabgacha ta’limda tarbiya berish usullari va vositalari.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy 
xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi 
uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va 
sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, 
ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan 
tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni 
nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy 
qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi 
bo‘yicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va 
tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga 
aylanadi. 
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat 
o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan 
murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining 


61 
paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini 
ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. 
Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat 
rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun 
mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar 
birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot 
tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir 
etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, 
bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol 
topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki 
rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash 
uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini 
to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi 
bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda 
hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama 
aloqa mavjud. 
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 
Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o‘rtasidagi 
munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, 
rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin 
tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? 
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan birini egallab, uning 
vakillari Arastu, Aflotunlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo‘yadilar. Ular tug‘ma 
imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini belgilab bergan, degan g‘oyani ilgari 
suradilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi 
naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij 
psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning 
namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. 
Mazkur ta’limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm oqimi va uning vakillari 
D.D’yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydilar. Ular 
rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini 
absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. Demak, bir guruh 
xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. 
Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq 
deb ko‘rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. Shu nuqtai 
nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan 
xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, 


62 
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga 
yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga 
muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini 
aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb 
qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, 
sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs 
ma’lum ijtimoiy hayot mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini 
ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. 
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, 
birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik 
faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo‘qotish mumkin. 
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya 
tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan 
xulosani chiqarish mumkin. 
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan: 
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari 
tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, 
shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. 
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati 
davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida 
ijtimoiylashadi. 
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) 
tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa 
sanaladi. 
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat 
uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan 
birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida 
muhim rol o‘ynaydi. 
Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos 
xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə