O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Илк қадам таянч дастури. – Т., 2010. – Б.5



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/127
tarix20.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#129129
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
152371320 (1)

1
 Илк қадам таянч дастури. – Т., 2010. – Б.5. 


58 
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. 
Bu davr o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va 
o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga 
kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez 
beriladi.
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga 
tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat 
qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro muloqotga kirishish 
ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi 
ana shu ko‘nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
 
Kichik guruh (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
 
Bola 3 yoshga qadam 
qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg., bo‘yi 90-
95 smga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat 
organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z hatti-harakatlarini 
idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor 
idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘yin asosida amalga 
oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-
yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati 
qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni 
boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi rol o‘ynaydi. 
Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan 
ta’limiy mashg‘ulotlar tizimini belgilab berishga yo‘naltirilgan.
O‘rta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
 
Bola to‘rt yoshga yetgach, 
uning jismoniy o‘sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo‘yi 105-108 sm gacha 
o‘sadi, og‘irligi esa 18-19 kg bo‘ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim 
sharlar po‘stlog‘ining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida 
jiddiy-sifat o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash 
ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil 
fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo‘ladi. Barcha harakat va faoliyatlarni o‘zi mustaqil 
bajarishga intiladi. Bu yoshda bola nihoyatda serharakat, o‘yinqaroq, o‘ta qiziquvchan bo‘ladi. U 
har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z 
vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib borish, quvnoq 
kayfiyatda bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ular bilan olib boriladigan 
mashg‘ulotlarning mazmunini xuddi mana shunga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir. 
Katta guruh (5-6 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
 
Bu davrda bolaning bo‘yi bu 
davrda 7-8 sm ga o‘sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og‘irligi 20-22 kg 
ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin. 
Shuning uchun ham suyaklarning to‘g‘ri o‘sishini ta’minlashga alohida e’tibor berish kerak. 
Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli 
darajada mustahkamlanmagan bo‘ladi. Olti yoshga yetganda miya po‘stlog‘ining asab 
katakchalari rivojlanib, og‘irligi va tashqi ko‘rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning 
uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish talab etiladi. Uning 
talaffuzi aniq, nutqi ravon bo‘lishini ta’minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo‘lgan 
taqdirda uning oldini olish choralarini ko‘rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligining 
rivojlanishiga alohida e’tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so‘zlar bolaning fikr ifodalash 
ehtiyojlarini to‘la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik tafakkuri, hisoblash 
ko‘nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlabki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning 
faraz qilish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. 


59 
Maktabga tayyorlov guruhi (6-7 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari.
 
Bola 
hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko‘lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida 
harakatlarning o‘zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o‘zini idora qilish va o‘z 
harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘la boshlaydi. Bu yoshdagi o‘g‘il bolalarda 
mustaqil faoliyat ko‘rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi 
shakllanadi. Bu davrda bolaning bo‘yi 120 sm ga yetadi, og‘irligi 22-24 kg bo‘ladi. Bu yoshda 
bola chiniqadi, qiziquvchan bo‘ladi, o‘z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va 
tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigienik malakalar 
shakllana boradi. 
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim 
olishga o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga 
tayyorlash maqsadida dastlabki o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. 
Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, 
ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim olishga tayyor bo‘lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik 
darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda 
maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘lishi 
shart. Tarbiyachining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti 
yoshli bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo‘lganda, u olti yoshli bolalarni o‘qitish 
huquqiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar 
hamda bu bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchilar pedagogik-psixologik nuqtai nazardan alohida-
alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə