O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

Har qanday psixologik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan 
tashkil topadi.
1. Guruhni tashkil etish yoki yig’ish bosqichi. 
2. Boshlang’ich bosqich. 


3. Ishni olib borish bosqichi. 
4. Yakunlash bosqichi. 
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi jihatlarga 
e’tibor berish kerak: 
- Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus 
treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega bo’lgan va psixik 
holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday 
holatlarda aynan ana shunday kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi 
ehtimoli kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak. 
- guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 tagacha) 
bo’lgani ma’qul. 
- ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular 
orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish lozim, 45-50 
yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va 
ular kutganchalik natija bermasligi ham mumkin). 
- ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi 
kerak. 
Bundan tashqari yana quyidagilarga xam e’tibor berish lozim bo’ladi: 
Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak. Trening 
ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari lozim. Trening 
o’tkaziladigan xona albatta izolyasiyalangan bo’lishi shart, ya’ni hyech kim ularni 
bezovta qilishi mumkin emas va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi kerak. 
Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Trenerdan auditoriya 
erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi. 
Trening qonunlari
1.1. Trening qonunlari nima uchun kerak. 
Trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) nima uchun qabul qilinadi?
Trening — emosiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot 
usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash


boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal etishga 
yo’naltirilgan.
Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik 
tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho 
toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslash mumkin.
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish va 
tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening qatnashchilari 
uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor bermasa trening guruhi 
“bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni “yaralashi”mumkin.
Trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab 
yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan boshlanadi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə