O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

 
1-bosqich
.
Boshlovchi ishtirokchilarni o’yin shartlari bilan tanishtiradi.
Yo’riqnoma:
 
"Kasbni to’g’ri tanlash va kasbiy nufuzga yega bo’lish muhim. 
Kasb tanlash bo’yicha mutaxassislar sizga bu borada yordam berishlari mumkin.
Kasb tanlash yuzasidan maslahatlashish uchun o’quvchilar ota-onalari bilan birgalikda 


mutaxassisga murojaat yetadilar. Bizning mashg’ulotimizning maqsadi kasb 
tanlashda o’rtog’imizga yordam berish hamda o’zimizning bu boradagi 
muammolarimizni hal yetishga o’rganishdan iborat.
Hozir sizlarning orangizdan kasb yuzasidan maslahat beruvchi (“profkonsultant”)
(o’yinda ular ikki kishi bo’lgan ma’qul) , “o’quvchi” va uning “ota-onasi” rolini ijro 
yetuvchilar ajartib olinadi.
Kasb yuzasidan maslahat beruvchi ( profkonsultant) lar va ota-onalar rollarini 
ijro yetishda o’zlarini jiddiy , o’quvchilar yesa o’zlarini odatdagidek tutishlari 
ma’qul. Sizlar kasb yuzasidan masalahat beruvchining o’quvchi va uning ota-onasiga 
yordam ko’rsatish sahnasini ijro yetishlaringiz lozim. O’yinda har biringiz o’z 
munosabatingiz va so’zingiz bilan ishtirok yeting. Agar savollar bo’lmasa, o’yinni 
boshlaymiz. Men sizlarga xalaqit bermayman (boshlovchi ishtirokchilardan o’zini 
chetga oladi va ularni faoliyatini kuzatib boradi)". 
2-bosqich. 
O’quvchilar o’yinni mustaqil olib boradilar. Boshlovchi ularning 
xatti-harakatlarini chetdan turib kuzatadi. Faqat quyidagi holllarda boshlovchi o’yinni 
tashkil yetishda aralashishi mumkin

a) o’quvchilar odatlanmagan rollarni o’zlashtirishga qiynalganlarida hamda 
jiddiy masalalarni muhokama qilishga ye’tibor qaratmasalar. Aslida boshlovchi 
ularning ishlariga aralashishi kerak yemas. 
b) Hal yetilayotgan muammo yuzasidan o’quvchilar xulosaga kelishga qiynalsalar. 
Bu holda ham boshlovchi birdaniga ularga ko’rsatma bermaydi, balki ularning masala 
yuzasidan o’ylab ko’rishlarini taklif yetishi lozim. Ko’p hollarda bolalar masala 
yuzasidan o’zlari o’ylab ko’rib, uning yechimini topib oladilarva qiziqarli takliflar 
beradilar.
v) o’quvchilardan jo’yali takliflar chiqmasa va o’yinni yakunlashda xavf tug’ilsa 
boshlovchi ularga ko’rsatma berishi mumkin. 
g) boshlovchi quyidagi hollarda o’yin jarayoniga aralashishi mumkin: 

o’yin 
vaqtida 
ishtirokchilar 
orasida 
nizolar 
paydo 
bo’lsa 

- ishtirokchilardan birortasi (xususan, “profkonsultant”) ishonch bilan noto’g’ri 
narsalarni 
gapirib 
qo’ysa 
va 
boshqalari 
uni 
qo’llab-quvvatlasalar; 


- ishtirokchilar boshlovchidan ma’lumot olish uchun murojaat qilsalar

ishtirokchilar 
xususiy 
masalani 
muhokama 
qilishga 
berilib 
kesalar; 
- ishtirokchilarda bir xil faollik kuzatilmasa ( ishtirokchilardan biri faollashib, boshqa 
biri biror so’z ham aytmagan hollarda)
- ishtirokchilar ochiqdan ochiq axmoqchilik qilsalar. 
Boshlovchining o’yinlarga kam aralashuvi maqsadga muvofiq: 
d) 
qo’llab-quvvatlovchi 
qarashlar 
va 
imo-ishoralardan 
ishtirokchilarni 
ruxlantirish va ularga dalda berish maqsadida foydalanishi; 
ye) yakuni xulosa chiqarishda muammoni mohiyatini yoritib beruvchi jihatlarni 
hisobga olish uchun maslahatchiga yo’llanma berish mumkin.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə