O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

“G’aram, tepalik, so’qmoq». 
Ishtirokchilar 6-10 kishilik guruhga bo’linadilar. Har bir guruh a’zolari bir-
birlarining qo’llaridan ushlab, davra quradilar. O’yin ishtirokchilarning o’ng tomonga 
qarab aylanishi bilan boshlanadi. Boshlovchi tomonidan «So’qmoq» deyilganda 
ishtirokchilar bir qator bo’lib o’tirib olishlari kerak. 'G’aram» deyilganda har bir 
guruh 2 kichik guruhga bo’linadi va bir-biriga yuzma-yuz bo’lib, qo’llarini 
birlashtirib yuqoriga ko’taradilar. «Tepalik» deyilganda esa, ishtirokchilar yana bir 
qator bo’ladilar, biroq bunda guruhdagi bir ishtirokchi tursa, ikkinchisi o’tirib oladi, 
natijada tepaliklar ko’rinishini aks ettiradilar. Vazifani boshqalardan oldin va yaxshi 
bajargan guruhga 1 ball beriladi. Shunday qilib eng ko’p ball jamg’argan g’olib deb 
topiladi. 
“Qayerga, qayerga». 
Guruh a’zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o’z 
raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so’ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi 
o’rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar bilan nomlangan ishtirokchilar 
«qayerga, qayerga» deb bir-birlarining o’rinlariga o’tib olishlari zarur. Boshlovchi 
ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o’yinni 
davom ettiradi. 
«Qayta tuzilish». 
Ishtirokchilar 2 guruhga bo’linadilar va boshlovchi ishorasi bilan turli 
belgilarga ko’ra tezroq safga tizilishga harakat qiladilar (masalan, oyoq kiyimining 


o’lchami, tug’ilgan kuni va h.k.lar hisobiga olinishi mumkin). 
«Ishonch paravozi». 
Barcha ishtirokchilar bir qatorga tizilishadi. Birinchi ishtirokchidan tashqari 
guruh a’zolarining hammasi ko’zlarini yumishadi va bir-birlarining belidan ushlab 
olishadi. Birinchi ishtirokchining vazifasi — «paravoz»ni xona bo’ylab to’siqlar 
(yo’llar) orasidan olib yurish, qolganlar esa oldindagi ishtirokchining harakatlariga 
mos ravishda to’siqlar orasidan urinmay-surinmay o’tishlari darkor. 
«Yomg’ir». 
Ishtirokchilar aylana ko’rinishida turib olishadi Bunda jimlik hukm surishi 
kerak. Boshlovchi hozir siz yomg’ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening 
harakatlarimni takrorlashingiz kerak», — deydi. Boshlovchi o’rtada turib har bir 
ishtirokchining oldiga keladi va uning ko’ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib 
ko’rsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa 
harakatni ko’rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur. 
Harakatlar: 

Kaftlarni bir-biriga ishqalash; 

Barmoqlarni qirsillatish; 

Tizzalarni shapatilash; 

Tizzalarni shapatilab, oyoqlarni do’pillatish; 

Tizzalarni shapatilash; 

Barmoqlarni qirsillatish. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə