O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

 
Joy almashish 
Ishtirokchilar doira atrofida o’tiradilar, trener esa doira o’rtasida turadi. 
Yo’riqnoma: doiraning markazida turgan kishi (boshida bu men bo’laman) 
biror umumiy belgiga ega bo’lgan narsani hammaga taklif etadi va kimda shu belgi 
bo’lsa u joyini almashadi. Masalan, men shunday deyman: «Singlisi borlar joyingizni 
almashtiring» va hamma singlisi borlar joylarini almashtirishlari kerak. Bunda 
doiraning markazida turgan kishi bo’shagan joyni egallashga ulgurishi kerak. 
Markazda joysiz qolgan ishtirokchi esa o’yinni davom ettirishi kerak». 
Mashq tugaganidan so’ng trener guruhga quyidagi savollar bilan murojaat 
etishi mumkin: «Siz o’zingizni qanday sezayapsiz?», «Hozir sizning kayfiyatingiz 
qanday?». Qoidagi muvofiq mashqlar quyidagicha o’tadi. U qizishganlikni 
pasaytiradi, kayfiyatini ko’taradi, diqqat va fikrlarni faollashtiradi. 
O’tirib turish. 
Hamma ishtirokchilar doira shaklida o’tiradilar. 
Yo’riqnoma: «Men sizlarga u yoki bu panjalar sonini ko’rsataman. Ba’zan bir 
qo’lda, ba’zan ikki qo’lda, men qo’limni ko’tarishim bilan, shuncha ishtirokchilar 


o’rinlaridan turishlari kerak, nechta ekanligini men ko’rsataman. (ko’p ham, oz ham 
emas) Masalan: agar men qo’limni ko’tarib to’rtta panjamni ko’rsatsam (ko’taradi va 
ko’rsatadi) unda mumkin qadar tezroq sizlardan to’rt kishi turadi. Qachonki, men 
kaftimni tushirsam, ular o’tirishlari mumkin». 
Trener guruhga bir necha marta u yoki bu panjalarining sonini khrsatadi. Mashq 
boshlanishida 5-7 panjani ko’rsatish yaxshiroq bo’ladi, oxiriga borib esa 1-2 ta 
panjalarni. Mashqning bajarilishi jarayonida trener guruh ishtirokchilarinnig vazifani
bajarishga bo’lgan intilishlari haqida mulohaza yuritadi va taalluqli xulosalar 
chiqaradi. Muhokama vaqtida trener guruhga bir necha savollar berishi mumkin: «Biz 
oldimizga qo’yilgan vazifani bajarishimizda nima yordam berdi, yoki uning 
bajarilishini nima qiyinlashtirdi?», «Siz turishga qaror qilganingizda nimani nazarda 
tutdingiz? Agar bizda bu vazifani oldindan muhokama qilish, qaror qilish imkoniyati 
bo’lganda, ishni qanday tashkil etgan bo’lardik?». 
Mevali salat. 
O’yin ishtirokchilari doira shaklida o’tirib olishadi, ulardan bittasi 
(chaqiruvchi) o’rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko’rgan mevasining nomini 
aytishini so’raydi va keyin doira bo’ylab yurib, o’zidan boshlab har bir ishtirokchiga 
aytilgan uch xil mevaning nomi bilan «ism» qo’yib chiqadi. Masalan, agar mevalar — 
olma, anor, uzum bo’lsa, o’ziga «olma» deb nom qo’yadi va qolganlarga ham shu 
tarzda nom qo’yib chiqishni davom ettiradi (ishtirokchilarnng hammasiga ism 
qo’yilmaguncha). Shundan so’ng boshqalarga nom bergan o’rtadagi odam 
mevalardan birortasining (masalan, olma) nomini aytsa, barcha «olmalar» o’rinlarini 
almashishlari lozim bo’ladi, o’rtadagi odam esa ulardan birining o’rniga o’tirib 
olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam chaqiruvchi bo’ladi. Agar o’rtadagi 
odam «mevali salat» desa barcha ishtirokchilar o’rinlarini almashadilar. 
Bu o’yin juda qizikarli va jalb qilish xususiyatiga ega bulib, ishtirokchilar 
o’rtasidagi baryerni yo’qotishga va ularni tez o’ylab, tez harakat qilishga undaydi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə