O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

Ahillashtiruvchi o’yinlar. 
«Botqoqlik». 
Buning uchun kartondan yasalgan o’rtacha kattalikda «likopchalar» kerak 
bo’ladi. Ularning soni 9 ta bo’lishi kerak. Guruh a’zolari qator bo’lib, birin-ketin 
tarelkalarga oyoq qo’yib botqoqlikdan o’ta boshlaydilar, atrofda esa (ikkinchi guruh 
a’zolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar tarelkalarni olib ko’yishga shay 
turadilar, maqsad har bir guruh a’zosi tarelkalardan oyoq uzmasligi, hyech 
bo’lmaganda bir oyoqning uchi bilan ularni bosib turishi kerak. Agar guruh a’zolari 
ittifoq bo’lib harakat qilsalar, mag’lubiyatsiz botqoqlikdan o’tadilar, bironta 
likopchani timsohga bermaydilar. 
«Avtobus». 
Ishtirokchilar ikki guruhga bo’linadilar. Boshlovchi ular ikkita avtobusda 
joylashishlari kerakligini aytadi. Avtobus o’rindiqlari sifatida stullardan foydalanish 
mumkin. Ishtirokchilar stullarga bir-birlariga qarama-qarshi joylashib o’tiradilar. 
Hamma ikki avtobusga joylashib bo’lgach, boshlovchi birinchi avtobus yurmasligini, 
u buzilib qolganligini ma’lum qilib, hamma ikkinchi avtobusga o’tishi kerakligini 
aytadi. Bu o’yin boshlovchiga guruhga ishtirokchilar orasida bir-biriga ishonchni 
rivojlantirishga yordam beradi. 
Toping-chi, bu kim? 
Buning uchun har bir ishtirokchi shu guruh a’zolaridan kimningdir 10 tadan 
kam bo’lmagan xarakter xususiyatlarini qog’ozga yozadi, lekin kim haqda 
yozganligini, hatto o’g’il yoki qiz bolaligini ham hyech kimga aytmaydi. Qolgan 


ishtirokchilar yozilgan xarakter xususiyatlariga qarab gap kim haqda ketayotganligini 
topishlari lozim. Agar guruh gap kim haqida ketayotganligini qanchalik tez topsa, uni 
ta’riflagan ishtirokchi mohir odam sifatida rag’batlantiriladi. 
«Orqama-orqa». 
Ishtirokchilar xona bo’ylab harakat qiladilar. Boshlovchi tana a’zolaridan 
birining nomini aytadi, masalan, «orqa» deydi. Shunda ishtirokchilar o’zlariga juft 
topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O’ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa 
o’rtaga chiqadi va o’yinni davom ettirish uchun boshqa tana a’zolarining nomini 
aytadi (masalan qo’l, oyoq, bosh barmoqlar, yelka va hokazo). 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə