O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

Barmoq tashlash. 
Guruhning hamma ishtirokchilari doira shaklida o’tiradilar. 
Yo’riqnoma: «Hozir hammamiz birgalikda quyidagi topshiriqni hal etishimizga 
to’g’ri keladi: Men «bir, ikki, uch», - deb sanayman va hamma tezlik bilan, bir 
vaqtning o’zida bir-biri bilan kelishmasdan, gaplashmasdan, qo’ldagi panjalarni 
xohlagan miqdorda tashlaydi». Mashq hamma bir xilda barmoq tashlamaguncha 
davom etaveradi. Davraning hamma ishtirokchilari bir xildagi barmoqlar sonini 


tashlaganda mashq tugagan hisoblanadi. 
Mashqlar turlicha o’tishi mumkin. Ba’zan guruhga vazifa yechilmaguncha 
o’ttiz martagacha takrorlash talab qilinadi, ba’zan to’rt-besh marta yetarli bo’ladi. Har 
qanday holatda ham, mashq muhokama qilish uchun boy ma’lumotlar beradi. 
Chigilni yechish. 
Qatnashchilar doira shaklida turadilar. 
Yo’riqnoma: «Kelinglar, bir-birimizga yaqinroq turib olamiz, kichikroq doira 
hosil qilib, barchamiz qo’llarimizni doira o’rtasiga cho’zamiz. Mening ishoram bilan 
hammamiz bir vaqtda qo’llarimizni ushlaymiz. Shunday ushlashimiz kerakki, har 
birimizni qo’limiz orasida yana kimnidir qo’llari bo’lishi kerak. Shuning uchun 
yonimizdagi kishi qo’lini emas, keyingi qarshimizdagi odamnikini ushlashga harakat 
qilaylik. Ikkala qo’lingiz bilan bir odamning ikkala qo’lini ushlamang — bir qo’lingiz 
bilan bir ishtirokchining, ikkinchi qo’lingiz bilan esa ikkinchi ishtirokchining qo’lini 
ushlang. Shunday qilib boshlaymiz. Bir, ikki, uch». 
Shundan so’ng trener barcha qo’llar bir-birini ushlashganiga ishonch hosil 
qilganidan so’ng, guruh qatnashchilariga qo’llarini qo’yib yubormay, mashqni 
boshlash, ya’ni «chigalni yozishni» taklif qiladi. Trener ham bevosita mashqda 
qatnashadi, ammo bu paytda turli yechimlar taklif etmaydi. Mashq bajarish davomida, 
guruhda mashqni yechish qiyinligi yoki mumkin emasligi to’g’risida turli fikrlar 
aytiladi. Bunday paytda trener xotirjamlik bilan, bu hal qilinishi mumkin bo’lgan 
vazifa ekanligini, chigal yechilishi mumkinligini ta’kidlashi kerak. Mashq uch 
variantning biror ko’rinishida ijro etilishi mumkin. 
Guruhning barcha qatnashchilari bir doira ichida turadilar. Bu paytda kimdir 
orqasiga, yana kimdir yoniga qarab turishi mumkin, asosiysi doira holati saqlanib 
qolishi kerak. 
Agar guruh katta bo’lsa, unda ikki yoki undan ortiq mustaqil 
doiralar tashkil qilinishi mumkin. 
Guruh qatnashchilari zanjir bo’lib, bir-birlariga bog’lanib doira hosil qiladilar. 
Bu mashqni bajarish uchun guruh qatnashchilariga vaqtni 3-5 minutdan 20 
minutgacha belgilash mumkin. Ba’zan guruhlar zanjirni yechishdan bosh tortishlari 


mumkin. 
Mashq yakunlangandan so’ng, guruhga bunday savollar bilan murojaat qilinadi: 
«Mashqni bajarishga nima yordam berdi?», yoki «Mashqni tezroq bajarish uchun 
yana nima qilsa bo’lardi?». «Bu mashqni tezroq bajarish uchun nima xalaqit berdi?». 
Bizning nazarimizda bunday savollar berish maqsadga muvofiqdir. Odatda 
ishtirokchilar, o’yin muxokamasida shunday fikrga keladilar: «Bunday mashqni 
muvaffaqiyatli hal etish uchun hamkorlik, bir-biriga hurmat bilan munosabatda 
bo’lish, barcha o’zini erkin his etishi, barcha kishini fikrlarini inobatga olish va mashq 
jarayonini diqqat bilan kuzatib borish kerak ekan». Bu mashq guruhni biriktirishga
shuningdek og’ir kechgan kunni maroqli yakunlash imkonini beradi. Mashqni 
ehtiyotkorlik bilan bajarish talab qilinadi, chunki u ishtirokchilar orasida jismoniy 
bog’lanishni taqozo etadi. Agar trener o’yin davomida biror qatnashchining 
toliqqanini sezsa, uni o’yindan ozod qilishi mumkin. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə