O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

Ikki qo’llab ko’rishish. 
Ishtirokchilarning hammasi doira shaklida o’tirishadi. Qo’llar bir-biriga 
birlashtirilgan bo’ladi. Ishtirokchilar birvarakayiga xohlagan tomonidagi (chap yoki 
o’ng yonidagi) kishiga salomlashish uchun qo’shqo’llab qo’l uzatadi. Unisi esa 
qo’llarini yonidagisiga uzatishi mumkin va birinchi ishtirokchiga navbat yetgunicha 
shu holda davom etadi. Shunday qilib bir nechta mos kelmaslik holati kuzatilishi 
tabiiy. Ana shunda qanaqangi qiy-chuv ko’tarilishini ko’rasiz! 
Bu o’yinni bir necha bor takrorlash nafas rostlash va tinchlanish uchun 
foydalidir. 
Aziz mehmon o’yini. 
Maqsad: a) shaxsning va xususan, protogonist (mehmon) shaxsining guruh 
tomonidan hurmat qilinishini tasdiqlash; b) guruhda odam bilan muomala qilish 
san’atini shakllantirish; v) bevosita (o’yinni amalga oshirish orqali) guruhdagi ayrim 
ishtirokchilarning protogonistga nisbatan salbiy munosabatini shakllantirish. 


Bu o’yinda protogonist sifatida guruhdagi eng ko’zga tashlanmaydigan, sust 
o’smir tanlanadi. 
Boshlovchi o’yinning mohiyatini quyidagicha tushuntiradi: «Hozir bir kishi 
tashqariga chiqib, to uni chaqirmagunimizcha eshik orqasida kutib turadi. 
Qolganlardan 7 kishini biz har bir o’yin qatnashchilarining ishtirokini va xulq-atvorini 
baholash uchun (5 balli sistemada) hakam sifatida saylaymiz. Vazifangiz nimadan 
iboratligini aytib oling: eshik ortidagi kishi - bizning eng aziz mehmonimiz. Tasavvur 
qiling, u bizning respublikamiz uchun do’st mamlakat bo’lgan AQSh davlatining 
vakili bulib, O’zbekiston va Amerika o’rtasida mustahkam aloqalarni yo’lga qo’yish 
uchun tashrif buyurgan. Ishtirokchilardan biri mehmonni chaqiradi, shu bilan birga 
unga hamrohlik va tarjimonlik ham qiladi. Qolgan ishtirokchilarning har biri mehmon 
bilan ko’rishishga, undan nimanidir so’rashga, unga nimalarnidir gapirib berishga 
harakat qilishi kerak, chunki mehmon zerikib qolmasligi kerak. Hakam a’zolarining 
vazifasi: qatnashchilarning ishtirokini kuzatib borib, kimda-kim mehmon bilan quruq, 
betakalluf, soxta, xushomadgo’ylarcha va odobsizlarcha munosabatda bo’lsa, ularning 
ballarini tushirishdan iborat. Odobsizlar va ballari past bo’lganlar o’yindan 
chiqariladi. Hakamlar har bir ishtirokchining o’rtacha bahosiga qarab, uning o’zaro 
munosabatga kirishish qobiliyatiga baho beradilar». 
Boshlovchi ham ishtirokchilar bilan birgalikda hakam a’zolarini, xamrohlik 
qiluvchi (tarjimon)ni va «mehmon»ni tanlaydi. Xamrohlik qiluvchi xonadan chiqib 
ketadi va bir pasdan so’ng «mehmon»ni boshlab kiradi. Ishtirokchilar protogonistni 
doira shaklida o’rab oladilar va uning atrofida kim qanday istasa shundayligicha 
o’tiradilar. U bilan gaplashishning navbatma-navbatligi shart emas, muhimi har bir 
ishtirokchi u bilan munosabatga kirishishi kerak. 
Oldindan ma’lum bo’lgan kulguli narsalar (mehmon bilan «chet tilida 
gaplashish» va muloqotning odatlanilmagan usuli) o’yinga zavq bag’ishlaydi, kulgu 
uyg’otadi, lekin ta’kidlangan jiddiylik yo’qolmaydi. Tajribalarda ko’rinishicha, 
protogonist bilan muloqotda bo’luvchi shaxslar o’z munosabatlarida xazilomuz, 
kulguli harakatlarni ham qo’llaydilar. Bunda ishtirokchilar, hatto hakamlar tomonidan 
ballar kamaytirilishi ehtimolini ham unutib qo’yadilar. Shunday vaziyat kuzatilganda, 


o’yin nihoyasida boshlovchi ishtirokchilarning bu xil (noo’rin) harakatlarini 
yengilgina bo’lsa xam ta’kidlab o’tishi kerak. 
Mehmon nomiga aytilayotgan olqishlar haqida oldindan boshqotirib o’tirish 
shart emas, balki ishtirokchilar buni o’yin jarayonida o’ylab topishlariga imkoniyat 
yaratish kerak. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə