O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


O’yinni rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

 
O’yinni rivojlantirish istiqbollari
O’yinga 
qo’shimcha 
faollashtiruvchi 
usullarni 
qo’shish, 
qulay
ma’lumotnomalardan foydalanish va o’yin guruhini tanlashga alohida ye’tibor 
qaratish orqali mukammallashtirib borish mumkin. Buning uchun o’yin davomida 
uning borish tartibini maxsus bayonnoma orqali qayd yetib borishga to’g’ri keladi.
“Men hyech qachon .........maganman”

Ishtirokchilar navbatma-navbat «Men hyech qachon .........maganman» degan 
jumladan iborat gap aytishlari lozim (masalan, «Men hyech qachon parashyutdan 
sakramaganman», «Men hyech qachon dengizda cho’milmaganman», «Men hyech 
qachon sigaret chekmaganman» va h.k.). Qolgan ishtirokchilar esa, aytilayotgan 
gaplar, agar ular uchun noto’g’ri bo’lsa barmoqlarini bukib boradilar. Ya’ni, masalan, 
biror ishtirokchi parashyutdan sakragan bo’lsa, bitta barmog’ini bukadi, keyingi 
ishtirokchi tomonidan aytilgan gap ham uning uchun noto’g’ri bo’lsa (ya’ni u 
dengizda cho’milgan bo’lsa) yana bitta barmog’ini bukadi va h.k. 10 ta gap 
aytilganidan so’ng kimningdir barmoqlaridan birortasi yoki bir nechtasi bukilmasdan 
qolgan bo’lsa, o’sha yutadi. Boshlovchi ishtirokchilarni oldindan aytilayotgan gaplar 
hayotiy bo’lishi lozimligi va barmoqlarni adolatli bukish lozimligi hakida 
ogohlantirishi kerak. Jins xususiyatlarini e’tiborga olmasdan gap aytgan ishtirokchi 
yutqazadi. Bir xil hayot tarziga ega bo’lgan odam (bukilmagan barmoqlari qancha 


ko’p bo’lsa) yutadi, aksincha boy hayotiy tajribaga ega bo’lgan odam (barcha 
barmoqlari bukilgan) yutqizadi. O’yin shu tarzda barcha ishtirokchilar bittadan gap 
aytgunlaricha davom ettiriladi. 
«Mumkin emas...» 
O’yinning borishi

Guruh ikkiga bo’linadi. Birinchi guruh o’z istak-xohishlarini bayon qiladi
ikkinchi guruh esa bunga rad javobini berishi kerak. 10 minutdan keyin guruxlar o’z 
o’rinlarini almashadilar. O’yin taxminan quyidagicha boshlanishi mumkin: 
- Men bugun kechqurun diskotekaga bormoqchi edim. 
- Yo’q, mumkin emas, kech bo’lib qoladi. 
O’yindan so’ng xohishlarni rad qilish uchun qo’llanilgan dalillar, ularning 
sabablari va mazmuni taxlil qilib chiqiladi. Boshlovchi quyidagicha xulosa qilsa 
bo’ladi: «Asosli va asossiz rad etishlari bor. Ko’pincha sizga ba’zi taqiqlar asossizday 
tuyulishi mumkin, biroq ularda xam maqsad, mazmun borligini inkor eta olmaymiz. 
Agar biz istagimiz nega rad etilayotganligini anglasak, tushunsak, bunga ko’nishimiz 
osonroq bo’ladi. Ba’zan o’zimiz qilayotgan hatti-harakatlarimiz, istagimiz noo’rin 
ekanligini ham anglab turamiz. Bunday holda tushunishimiz qiyin bo’lgan 
kechinmalarni his qilamiz». 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə