O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

Nizoli vaziyatlar o’yinlari. 
«Nizoli vaziyatlarni hal etish». 
Maqsad:
Nizoni bartaraf etuvchi harakatlar namunasini havola etishdan iborat 
(ayni holatda bu - o’z-o’ziga ishonchli hulq-atvor ko’rinishidir). Ishtirokchilarni «ichi 
puch» nizolarning sabablari bilan tanishtirish. «Ijtimoiy xavfli» vaziyatlardan 
konstruktiv (ijobiy yechim topgan holda) chiqib keta olish va nizodan chetda qolish 
malakalarini shakllantirish. 
Materiallar:
Vaziyatlar bayon etilgan 3 xil rangli qog’ozlar. 
Vaziyatlar: 
N1: «Tengqurlaring hali biror marta sigaret chekib ko’rmaganingni mazax qilib 
ustingdan kulishayapti. Ulardan biri senga: «Sen hali yosh bolasan va bunday jiddiy 


ishlar bilan shug’ullanish senga ertalik qiladi», - dedi. Uning gapi senga juda og’ir 
botdi va Sen unga javob berishga qaror kilding. 
N2: Xulqi yaxshi bo’lmagan tengqurlaringdan biri kechqurun qayerdadir 
o’tadigan kechaga seni taklif qilayapti. U bola (qiz) spirtli ichimlik iste’mol qiladi va 
hatto sigaret ham chekadi. U senga: «Yur, bir dam olib kelamiz, sen axir katta 
yigitsan-ku 
(qizsan-ku), 
uyingdagilar 
senga 
ruxsat 
berishadi-ku»,
-deyapti. Bu vaziyat seni bezovta qilyapti va sen unga rad javobini bermoqchisan. 
N3: Agressiv holatdagi kishi ikkinchi - o’ziga ishongan va e’tiroz bildirayotgan 
odamni spirtli ichimlik ichishga undayapti. 
O’yinning borishi: O’yin 20 minut davom etadi. 
1. Boshlovchi ko’pincha uchraydigan nizoli vaziyatlarning sabablarini aytadi va 
ularning oldini olish yoki ulardan chiqishning qadam-baqadam bosqichlarini sanab 
o’tadi. 
«Ichi puch» nizolarning sabablari: 
Ko’pincha odamlar o’rtasidagi nizoli munosabatlarning sababi - ular bir-
birlarini yoki biron muammoga nisbatan sherigining munosabatini oxirigacha yaxshi 
tushunmasligidadir. Bunday vaziyatlarda suhbat kelishish yo’nalishida emas, balki 
o’zaro talablar qo’yish darajasida olib boriladi. Ko’p jihatdan, bu xil harakat uslubini 
tanlashning sababi nizoli vaziyatlardan chiqish tajribasining yo’qligi va nizolarni 
konstruktiv hal eta olmaslikdir. 
Nizoni 
konstruktiv 
hal 
etish 
uchun 
har 
ikki 
tomonni 
nima 
qoniqtirmayotganligini aniqlab olish zarur. Buning uchun esa bir necha qadamdan 
iborat bo’lgan quyidagi algoritmni o’zlashtirib olgan ma’qul: 
***Muammoning mohiyatini va ayni paytda nimani his etayotganligingizni 
tushuntiring. Muammo haqidagi o’z fikringizni to’la bayon eting. 
Ushbu vaziyatdan chiqish yechimini, o’z talabingiz va iltimosingizni ayting. 
***Sizning talabingiz yuzasidan sheringingizning fikrini aniqlang. 
*** Sherigingizning samimiy gaplari yoki u taklif etgan yechim uchun unga 
tashakkur bildiring. 


2.Boshlovchi ishtirokchilar orasidan N3 vaziyatni ijro etish uchun ko’ngillilarni 
chaqiradi va bu o’yin orqali nizoli vaziyat kelib chiqishining oldini olish imkoniyati 
namoyon etiladi. Muhokama. 
3. Guruh uchliklarga bo’linadi. 
Har bir uchlikda uchta vaziyat o’yin tariqasida ijro etiladi (har bir ishtirokchi 
agressiv, nizodan chiqa oluvchi va o’ziga ishongan odam rolida hamda kuzatuvchi 
rolida ishtirok etishi shart). 
4.Har bir vaziyat ijro etilganidan keyin kuzatuvchilar o’z taassurotlari bilan 
o’rtoqlashadilar. 
5.O’yin nihoyasida ishtirokchilar o’z kechinmalari haqida fikr almashadilar, 
qanday ijobiy natijalarga erishilganligi yoki muvaffaqiyatsizliklarning sabablari 
muhokama qilinadi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə