O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

«Ko’rinmas sovg’a».
Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo’lida narsani yasash mumkin 
bo’lgan ko’rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg’a yasab, o’ng 
tomonidagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg’a yasaladi va qabul qilib 
olingach, yana boshqatdan sovg’a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi. 
Shu tariqa barcha «sovg’a» olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O’yin oxirida 
kimning nima sovg’a qilgani va sababi so’raladi. 
«Yashirin lider». 
Guruh a’zolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganlardan birini — «lider»ni 


tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi: lider muayyan harakatlarni bajarganda 
ular ham bu harakatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan ishtirokchini 
xonaga taklif qiladilar, uning vazifasi: «lider» kimligini aniqlashi kerak. Agar to’g’ri 
topsa, lider bilan o’rin almashadi. 
 
“Sakrash”. 
Guruh ishtirokchilari yuzlarini bir tomonga o’girgan holda bir qator turadilar. 
Yo’riqnoma: «Men «bir, ikki, uch», deb sanayman va har «uch» deganimda siz 
quyidagicha holatlarda sakrashingiz mumkin: 
1.
Joyingizda turgan holda. 
2.
Sakrab o’ng tomonga o’girilish. 
3.
Sakrab chap tomonga o’girilish. 
Topshiriqni bir-birimiz bilan gaplashmasdan, jimlikda bajaramiz. Mashq 
hamma ishtirokchilar bir tomonga qarab turmagunlaricha davom etaveradi. Mashqni 
bajarishda o’zaro ko’rsatmalar berilmasligiga, ayrim ishtirokchilarning kelishib 
olmasliklariga va bir ishtirokchining buyrug’i bilan biror tomonni tanlamaslikka 
e’tibor berish kerak. 
Mashq guruhni jipslashtiradi, kayfiyatni ko’taradi, qizg’inlikni, tanglikni 
yumshatadi. Shuningdek, guruh qatnashchilarining birgalikdagi faoliyatda kelishib 
olishlariga va umumiy qarorga kelishlariga imkon beradi. 
O’yin oxirida guruhga beriladigan savollar: «Guruhning oldiga qo’ygan 
vazifani bajarishda nima yordam berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nima xalaqit 
berdi?», «Vazifani tezroq bajarishga nimalar yordam berishi mumkin edi?» va h.k. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə