2
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
Xolnazarova Matluba Xolbutayevna
Ushbu qo`llanma uch moduldan iborat bo`lib, birinchi modulda rivojlanish
psixologiyasining asosiy muammolari, vazifa va metodlari,
yosh davrlarining
xususiyatlari yoritilgan.
Qo`llanmaning ikkinchi modulida rivojlanish psixologiyasining yosh
bosqichlari muammolari, chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi,
o`smirlik, o`spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksayish,
keksalik va uzoq umr
ko`rishning xususiyat va qonuniyatlari ifodalangan.
Qo`llanmaning uchinchi modulida pedagogik psixologiyaning dolzarb
muammolari, vazifa va maqsadlari, tarbiya-ta‘lim psixologik asoslari, o`qituvchi
psixologiyasi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar boy tajriba
materiallari asosida
yaratilgan.
Qo`llanma
universitet
va
pedagogika
institutlarining
talabalariga
mo`ljallangan.
Ushbu o`quv qo‘llanma 5110900-Pedagogika va psixologiya ta‘lim
yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etiladi.
Tuzuvchi: Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M. Xolnazarova
Taqrizchilar: Psixologiya fanlari doktori, professor B.M.Umarov
Pedagogika fanlari nomzodi dotsent H.Abdukarimov
3
KIRISH
Bugun yurtimizda mustaqil huquqiy demokratik davlat,
erkin fuqarolik
jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan ishlar o‘zlikni anglash imqoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishga va ma‘naviy intelektual aqliy amaliy rivojlanish uchun yangi shart-
sharoitlar yaratib bermoqda. Bu esa o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma‘naviy
boyliklarga insonning o‘ziga yangicha munosabat va yondoshuvni talab qiladi.
Yangicha yondoshuvlar Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya
fanining obekti va pridmeti ko‘lamini kengayishiga olib keladi.
Rivojlanish
psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari faqat yosh davrlar klasifikatsiyasi,
yosh davrlarni psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganib
ilmiy-nazariy, uslubiy –
amaliy ta‘minlovchi fan emas balki komil inson shakillanishini rivojlanishini
taminlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi.
―Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz- deb yozadi, mashhur
ro‘mannavis
yozuvchi German Melvill,- bizning hayotimiz boshqalarning hayoti
bilan bir-biriga minglab rishtalar bilan chambarchas bog‘langandir‖.
Rivojlanish va pedagigik psixologiya aynan inson psixik rivojlanishdagi
omillar, ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi o‘qituvchi
psixologiyasini
o‘rganish bilan shug‘ullanivchi fan hisoblanib, nima uchun jamiyatda kishilar bir
birlariga ta‘sir o‘tkazishlari, bir- birlari o‘ylashlariga oid, tarbiyalanganlik, tarbiya
mezonlari o‘qituvchi psixologiyasiga oid ma‘lumotlarning ilmiy asoslarini
o‘rganadi.
Ushbu qo`llanma zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb
bo`lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Bu mavzularni yoritishda xorij
hamda rus psixologiyasi namoyandalarining o`tkazgan tadqiqotlaridan va
qarashlaridan foydalandik.