O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Erikson kontseptsiyasing epegenetik tamoili



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix05.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#125670
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
13679 1631344062

Erikson kontseptsiyasing epegenetik tamoili
shundan iboratdir.
Jamiyat inson imkoniyatlarini kengaytirishni ma‘qulaydi, uni bu rivojlanish 
taraqiyotida qo‘llab-quvvtlashga harakat qiladi. E.Erikson har bir madaniyatda 
individ rivojlanishi va uning ijtimoiy muhiti o‘rtasida ‖Hal etuvchi muvofiqlash‖, 
‖Hayot davrlarining tinim g‘ildiragi‖ mavjudligini e‘tirof etgan. Kelishilgan 
rivojlanish qonuniga muvofiq jamiyat rivojlanayotgan shaxsga yordam beradi va 
uni ayniqsa, yordamga muhtoj bo‘lgan damlarda qo‘llab-quvvatlaydi (bola 
g‘amxo‘erlikka muhtoj bo‘lganida ota-ona qayg‘urib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga 
harakat qiladilar). Shunday qilib, Erikson nuqtai-nazariga ko‘ra, avlodlarning 
ehtiyoj va imkoniyatlari bir xil, bu uning o‘zaro bog‘liqlik kontsepsiyasida aks 
ettirilgan. E.Erikson bo‘yicha har bir inqirozni muvaffaqiyatli hal etish shartlarini 
o‘rganish zarur, chunki faqat bir butunlikka erishish natijasida sog‘lomlashgan 
shaxs shakllanadi. ‖Psixologik muvofiqlik (identiklik) barcha muvofiqliklarni asta-
sekin birlashtirishdan rivojlanadi‖. Individning biologik ehtiyojlari va jamiyat 
o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sir rivojlanish mazmuni va yo‘nalishini belgilaydi. 
Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko‘rinishi Zigmund Freydning 
shaxs talqinida o‘z ifodasini topgan. Uning ta‘limotiga binoan shaxsning barcha 
xatti-xarakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, 
birinchi navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog‘liqdir. Bunday biologizatorlik 
omillari inson xulqini belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini 
bajara olmaydi. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi sosiogenetik nazariyadir. 
Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, 
ijtimoiylashish (sosializasiya) usullari, atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabat 
vositalari asosida tushuntiriladi. Ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra, inson biologik 
tur sifatida tug‘ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta‘siri ostida 
shaxsga aylanadi. 
G‘arbning eng muhim nazariyalaridan biri-rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga 
ko‘ra, jamiyat o‘zining har bir a‘zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-


41 
haakatning barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi 
shart bo‘lgan maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida 
sezilarli iz qoldiradi. 
AQSHda individual tajriba va bilimlarni o‘zlashtirish (ko‘nikish)nazariyasi 
keng tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqelikka 
munosabati, ko‘nikmalarni egallashi va bilimlarni o‘zlashtirishi qo‘zg‘atuvchining 
barqarorligiga bog‘liqdir. 
K.Levin tavsiya qilgan ‖fazoviy zarurat maydoni‖ nazariyasi o‘z davrida 
muhim ahamiyat kasb eygan. K.Levin nazariyasiga ko'ra, shaxsning xulqi (xatti-
harakati) psixologik kuch vazifasini o‘tovchi ishtiyoq (intilish),maqsad (niyat) 
bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar fazoviy zarurat maydonining ko‘lamida 
tayanch nuqtasiga yo‘nalgan bo‘ladi.
Yuqorida ifodalangan har vir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o‘zgalar 
uchun yopiq yoki maxfiy muhitning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
tushuntiradi, bunda u odam xohishi yoki xohlamasligidan qat‘i nazar, mazkur 
sharoitga moslashmog‘i (ko‘nikmog‘i) zarur, degan qoidaga amal qiladi.
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, ob‘yektiv 
shart sharoitlari mutlaqo e‘tiborga olinmagan. 
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo‘lib, u biogenetik va 
sosiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning 
rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur 
yondashishni uchta mustaqil yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin va bu 
yo‘nalishlar o‘z mohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin farqlanadi. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə