4
I-MODUL: RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASINING ASOSIY
MUAMMOLARI
1-Mavzu: Rivojlanish psixologiyasiga kirish
Mashg`ulot shakli: Obzorli-maruza tushunib olish, esda qolishi kerak
bo`lgan bilimlar zahirasini talabalarga ilmiy ma‘lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan.
Ma’ruza mashg`uloti rejasi:
1. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya faniga kirish.
2. Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi.
3. Rivojlanish psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
4. Rivojlanish psixologiyasining metodlari.
Tayanch so`z va iboralar;
Rivojlanish psixologiyasi fanining predmeti, vazifalari, bulimlari. Rivojlanish
psixologiyasi faning metodlari. Boshqa fanlar bilan aloqasi. Uning bo‘lajak
o‘qituvchilar tayyorlashdagi axamiyati, prinsip, logityud, ontogenez.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
O‘quv kursi bo‘yicha umumiy tushuncha berish. Talabalarning rivojlanish
psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari, fanlar tizimidagi o‘rni
haqidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash. Rivojlanish psixologiyaning
fan sifatida vujudga kelishi, rivojlanishi, uning metodlari, ontogenezda har bir
yosh davrning xususiyatlari, qonuniyatlari, psixik taraqqiyot mexanizmlari haqida
ma‘lumot berish.
Rivojlanish psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning
(bolalar, o`quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug`ilgandan
umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi xamda
o`zaro munosabati qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Rivojlanish
psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o`ziga xos
xususiyatlarini, uning xar xil faoliyatini er va ayolning jinsiy tafovvutlarini,
shuningdek inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jixatdan tadqiq qiladi.
5
Inson ruxiyatining rivojlanish davrlarini aniqlash uchun, shu soxadagi
ma‘lumotlarni to‘plash xam mazkur psixologiyaning mavzu baxsiga kiradi.
Bolaning tug`ilishidan voyaga yetgunicha xar tomonlama rivojlanishi,
jamiyatning teng xuquqli a‘zosi bo‘lgunicha ulg‘ayishi va shaxsning tarkib
topishi muammolarini bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va
sharxlash rivojlanish psixologiyasi soxasining muxim jixatidir. Rivojlanish
psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miqdor jixatidan emas, balki sifat
jixatdan xam rivojlanishi, takomillashib borishi va o`zgarishi xakidagi
metodologik qoidaga amal qiladi.
Rivojlanish psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi,
psixik xususiyatlari va ularning o`ziga xos omillari me‘zonlari xamda
mexanizmlari xaqidagi fandir. Shuningdek u muayyan yoshdagi insonlarning
o`ziga xos xususiyatlarini xam o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy xayotda
ta‘lim-tarbiyada, guruhlar xamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy
munosabatlarda rivojlanish psixologiyasi aloxida o‘rin tutadi. Inson shaxsining
tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson
psixikasining rivojlanishi qonunlarini xisobga olmay oqilona xal qilib bo‘maydi.
Shuning uchun xozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi.
Rivojlanish psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va
xususiyatlari xamda shu rivojlanishning bosqichlari to`g`risidagi fandir.
Rivojlanish psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi
qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik
faoliyat, xolat va shart sharoitlarning o`zaro ta‘siri xususiyatlarini aniqlashdan
iboratdir.
Rivojlanish psixologiyasi ana shu vazifalarni xal qilish bilan amaliy
maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi. Ta‘lim tarbiya ishlarini takomillashtirishga
yordam beradi. Moddiy ne‘matlar ishlab chiqarishning samaradorligini
oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni
to`g`ri yo`naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, o‘zoh umr
qurish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustaxkamlashga ajralishlarning
6
oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining soxasi 19-asrning
boshlarida vujudga kelgan lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga
borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to`g`risida jaxon psixologiyasi
olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari
biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (E.Torndayk)
psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek metodlarga asoslanib
tadqiqotlar olib borgan olimlar xam juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar
emperik ma‘lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib
chiqishiga qator omillar va xolatlar sabab bo`lgan degan xulosaga keldik.
Quyida ana shularni bayon qilamiz:
1.Barcha fanlar negiziga kirib borgan evolyutsiya g‘oyasining (Ch.Darvin)
inson psixikasining rivojlanish jarayonida o‘rganish zarurligi.
2.Umuminsoniy, umumpsixik qonuniyatlar turli yoshdagi odamlar xatti
xarakatini psixik xususiyatlarini va bolalarning o`sishiga biror bir faoliyatning
ta‘sirini aniqlash uchun etarli emasligini e‘tirof etish.
3.Rivojlanish psixologiyasi insonning (tug`ilganidan umrining oxirigacha)
kamoloti uchun metodologik va nazariy axamiyatga ega ekanligi tan olingani.
4.Turli yoshdagi odamlar (maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab
o`quvchilari, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining talabalari, ishchilar, xodimlar
qariyalar xar xil psixologik xususiyatlarga ega ekanligi sababli tarbiya, ishlab
chiqarish, ijtimoiy ta‘minot muassasalari, etimxonalar, bolalar uyi, kaloniyalar
maxsus maktablar, internatlar, psixonevrologik dispanserlar, qariyalar uylari,
shifoxonalar va boshqalar) ning xodimlarida ehtiyojlar ortib borayotgani .
5.Tibbiyot fani va uning tarmoqlari rivojlanishi psixiatriya, psixo-
nevralogiya, psixogigiena, neyroxirurgiya, sangigiena bolalar va kattalar
patalogiyasi, genetika, oliy nerv faoliyati va xakazolar bo‘yicha kopleks
tadqiqotlarning vujudga kelishi, psixologiya biologiya, meditsina, sotsiologiya
fanlarining xamkorligida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi.
6.Yuridik psixologiya va uning soxalari ijtimoiy xayotimizda sezilarli o‘rin
egalayotgani xamda yoshlar o‘rtasida qonunbo‘zarlikning ortib borayotgani (sud
7
ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axlok to‘zatish mexnati
psixologiyasi, voyaga etmagan qonunbo‘zarlar muammosi va jinoyatning oldini
olish masalasi).
7.Amaliy psixologiyaning ijtimoiy siyosiy tus olayotgani va turmushning
xar bir jabxasiga kirib borishi, shuningdek o‘z o‘rnini topayotgani (psixologik
qonsultatsiyalar maslaxatlar auto va sotsial treninglar, ishbilarmonlik o‘yinlari
profesiogramma psixodiagnotsika va xakazolarga ta‘lab ortishi).
8. Psixologiya fani soxalarining inson ontogenezidagi o‘zgarishlariga doir,
bilimlarga extiyoji va talabi ortayotgani (xarbiy, sport, savdo, mexnat, kosmik,
injenerlik, ijod, aviatsiya psixologiyasiga aniq materiallar zarurligi.
9. Ekologiya muammolari, zoopsixologiya va etalogiya vazifalari,
millatlararo munosabatlarini barqarorlashtirish, insonparvarlik goyalarini turmush
tarziga olib kirish masalalarining dolzarbligi (ekologiya va inson, qiyosiy
psixologiya, shaxs psixologiyasi etnik psixologiya va hakazo).
10.Moddiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish, sanoatda va qishlok xo‘jaligida
kishilarning xaqiqiy xo‘jayinlik tuyg‘usini uygotish, aqliy va jismoniy
imqoniyatlarni qidirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, inson-texnika,
er-inson, inson-iqlim, munosabatlarini izchil o‘rganish zarurligi.
11. Oilaviy munosabatlarni yaxshilash, ajralishlarning oldini olish
Inoq oila yaratish yoshlarni turmushga tayyorlash, o‘z xoliga qasd qilish
xollarini bartaraf etish, oilada teng xuquqlilikni qaror toptirish va bolalar
tarbiyasini yaxshilish vazifalari.
12.Inson o‘zok umr ko‘rishning sirlarini – gerontopsixologik qonuniyatlarni
ozi va targ‘ib qilish davlat muassasalarida psixologik bilimlarlardan o‘z o‘rnida
foydalanish ,o‘zoq umr ko‘rishga zamin tayyorlash, qariyalar pansionatlarida
ularning ruxiyatiga mos munosabatda odilona muloqatda bo‘lish kerakligi yosh
davri psixologiyasi rivojlantirishni taqoza etmoqda.
Turli yosh xar xil jinsdagi insonlar psixikasining rivojlanishi, o‘zgarishi,
vatanimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning axloqiy va jismoniy kamol
8
topishiga ijobiy ta‘sir qiladigan omillar xamda shart-sharoitlarni bilish va
ulardan unumli foydalanish xozir nixoyatda zarur bo`lib qoldi.
Rivojlanish psixologiyasi fanini o‘rganish xam nazariy, xam amaliy
axamiyatga ega.
U xam bashqa fanlar qatorida rivojlandi , bunda eksperimental biologiya va
genetika, meditsina sotsiologiya kabi fanlarning xizmati katta bo‘ldi.Yosh davri
va diferintsial psixologiya fani dialektikani printsiplariga, oliy nerv faoliyati
qonunlariga diferintsial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan
materiallarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi
yuzasidan baxs yuritadi, ijtimoiy turmushning barcha jabxalaridagi amaliy
masalalarni xal qilishda faol ishtirok etadi.
Mazkur fan soxasi o`zining predmeti xamda vazifasini umumiy
psixologiyaning asosiy printsiplari va qoidalariga tayangan xolda belgilaydi.
Rivojlanish psixologiyasi quyidagi printsiplarga rioya qiladi.
1. Dealektik materializm ta‘limotiga binoan psixika yuksak darajada tashqil
topgan materiyaning xususiyati yoki miyaning maxsulidir. Odatda psixika tashqi
dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta‘sir etishi asosida
vujudga kelib, sezgi, idrok, tassavur, xotira tafakkur, nutq xayol kabi bilish
jarayonlarida, shuningdek shaxsning xususiyatlari va xolatlarida diqqati xis-
tuygusi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va extiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan
kirib keladigan ko‘zgatuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob
reaktsiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan
muvakkat nerv bog‘lanishlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari
psixik xodisalarning fiziologik asoslari xisoblanadi va ular tashqi ta‘sirning
natijasida xosil bo`ladi. Bosh miya po‘slog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv
bog‘lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, qontsentratsiyasi
xamda o`zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli
yo‘sinda muvakkat boglanishlar, assotsiasiyalar qanday yo‘z berayotganini,
qanday
shart
sharoitda
tormozlanishini
(qo‘zgalishni),
muvaqqat
9
bog‘lanishlarning yo‘l olayotgani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini
beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvakkat nerv
bog‘lanishlarining
birlanish
mexanizmi
xamda
analizatorlar
faoliyati
mexanizmlari ta‘sirida xosil bo`ladi. Yuqoridagi ta‘limotga ko‘ra xar ikkala
mexanizm xayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks ettiradi. Shuning
uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi
olamini timsollar sifatida ifodalanishdan iboratdir.
3.Psixikani tadqiq etish insonning butun ongi faoliyatini - uning xam
nazariy xam amaliy xayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning
turli tuman faoliyatida xatti-xarakatlarida namoyon bo`ladi. Inson shaxsi xar xil
shakl va mazmunga ega bo`lgan nazariy xamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa
boradi. Bunda muxit, irsiy belgilar, tarbiya asosiy omillar xisoblanadi.
Inson o`zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-
siyosiy muhit ta‘siri ostida bilimlarini o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan
o‘zgaradi. Ontogenezda uning xis tuygulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori,
tafakkuri, extiyojlari, e‘tikodlari, uni faollikka da‘vat qiluvchi xarakat motivlari,
istaklari tilaklari, xoxishlari, pozitsiyasi xam asta-sekin o‘zgarib boradi.
4.Insoning bilish faoliyati rivojlanishi unga o`zini qurshab turgan borliqni
yanada chuqurroq, to`g`riroq, to`laroq va aniqrok aks ettirish imqoniyatini yaratadi
va u borliqning asl moxiyatini, turli yo‘sundagi o`zaro bog‘lanishlari, murakkab
munosabatlar va aloqalarni tabora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur
jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga,
kishilarga va o`ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda
namoyon bo`ladi. Tarixiy materializm ta‘limoticha, insoning moddiy turmushi, u
xayot kechirayotgan to‘zumning moddiy asosigina emas, balki uni qurshab olgan
odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, e‘tiqodlari,
dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikga munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod
maxsullari va xatti-xarakatlarining majmuasidir.
10
6. Insoninng borliqni aks ettirishi faol jarayondir. Ma‘lumki, inson zotining
rivojlanishi ob‘ektiv borliqka va o`ziga faol ta‘sir ko‘rsatishida sodir bo`ladi.
Bolaning katta yoshdagi kishilar tashqil qiladigan amaliy faoliyati, masalan
uyini, kuzatishi, mexnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi xamda
qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorning takomillashishi va boshqalar uning
psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Kuzatish metodi. Rivojlanish psixologiyasida bu metodning ob‘yektiv
(tashqi) va sub‘yektiv (o`zini-o`zi) kuzatish turlari bor. Inson psixikasida
o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 1) kuzatishning
maqsadi, vazifasi belgilanadi; 2) kuzatiladigan ob‘ekt tanlanadi; 3) sinaluvchining
yoshi jinsi aniqlanadi; 4) tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalashtiriladi; 5) kuzatish
qancha davom etishi qat‘iylashtiriladi; 6) kuzatish insoning qaysi faoliyatida
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 7) kuzatishning shakli (yakka guruh, jamoa
bilan o‘tkazilishi) ta‘yinlanadi; 8) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari
(kundalik, suxbat daftari, kuzatish varakasi, magnitafon, vediomagnitafon,
vidiomagnitafon va boshqalar) taxt kilinadi.
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati, xis-tuygulari, nerv
sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari,
sezgirligi, xulk-atvori, nutq faoliyati va xakazolari o‘rganiladi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob‘yekti va sub‘yekti tanlanadi, mavzusi
o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish
rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘lik savol-javob tartibi
tayyorlanadi. Suxbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni xal
qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suxbat orqali
turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulk-atvori, qizikishi,
ziyrakligi, bilim saviyasi, e‘tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`risida ma‘lumotlar
olinadi.
Faoliyat maxsulini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va
xayolning xususiyatlarini aniqlash maqsadida metod rivojlanish psixologiyasida
11
keng qo`llanadi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, yozgan
she‘rlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy
va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yo‘zasidan materiallar to‘plash mumkin.
Mazkur metoddan foydalanishda maxsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok
etmaydi. Ob‘yekt bilan sub‘ekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning
psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan xukm xulosa chiqariladi.
Test metodi. Test- inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, demakdir.
Shaxsning aqliy o`sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik
xususiyatlarini tekshirishda qo`llaniladigan qisqa standart masala, topshirik, misol
jumboqlar test deb ataladi: test ayniqsa odamning qanday kasbni egallash
mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste‘dodlilar va aqli zaiflarni
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining qimmati
tajribaning ilmiylik darajasiga, yig‘ilgan psixologik ma‘lumotlarning ob‘yektivligi
va ularni ilmiy taxlil qila bilishga bog‘likdir.
1905 yildan, ya‘ni fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon
insoning aqliy o`sish va is‘tedod darajalarini o‘lchash imqoniyatini borligini
g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada metodi qo`llana boshlandi.
Xozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax,
Rozentsveyg, Kettil, Varetgg, Veksler, Meyli, Ayze, Anatsazi, Raven va boshqalar
ijodining namunalarini kiritish mumkin.
Tajriba metodi. Bu metod turli yoshdagi odamlarning psixikasini chuqurroq,
aniqroq tadqiq qilish metodalari ichida eng muhimi xisoblanadi. Eksperement
metodi yordamida sun‘iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o`sishi,
favqulotda xolatlardan chiqish, muammoli vaziyatni xal qilish jarayonlari,
shaxsning xis-tuygulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Tajriba metodi o‘z navbatida tabiiy va labaratoriya metodlariga ajaratiladi.
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llaniladi. Bu
metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda. A.F.Lazurskiy ta‘riflagan. Tabiiy
metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a‘zolarining, ilmiy muassalar
xodimlarining, o‘qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o‘zgarishlari,
12
o`zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mo`taxasislikka yaroqliligi muammolarini
xal qilish nazarda tutiladi.
Laboratoriya metodi ko‘pincha individual shaklida sinaluvchilardan
yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo‘l-yo‘riqlar, tavsiyalar, ko‘rsatma va
ilovalardan foydalanib olib boriladi. Xozir inson psixikasidagi o‘zgarishlarni
aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron xisoblash mashinalari, qurilmalar,
moslama va jixozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, xolatlar,
funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o‘lchashda
qo`llaniladi.
Biografiya metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning xayoti,
faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og‘zaki va yozma ma‘lumotlar muxim axamiyatga
ega. Bu borada kishilarning tarjimai xoli, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o‘zgalar
ijodiga bergan baxolari, tanbexlari, taqrizlari aloxida o‘rin egallaydi. Shu bilan
birga o‘zgalar tamonidan to‘plangan tarjiami xol xaqidagi materiallar: esdaliklar,
xatlar, rasmlar, tavsiflar, baxolar, magnitafon ovozlari, fotolavxalar, xujjatli
filimlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Anketa metodi. Yosh davri psixologiyasida keng qo`llaniladigan
metodlardan biridir. Uning yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik
xususiyatlari, narsa va xodisalarga munosabatlari o‘rganiladi.
Anketa odatda uch xil yoziladi. Ularning birinchi xili anglashilgan
motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan to`ziladi. Ikkkinchi xilida xar bir
savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchunchi xil anketada
sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baxolash tavsiya etiladi,
anketadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari
va qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, katta va kichiklarga munosabatlarini
aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Sotsiometrik metod. Bu metod kichik gurux a‘zolari o‘rtasidagi bevosita
emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda
qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Morenko asos solgan. Mazkur metod
yordamida muayyan guruxdagi xar bir a‘zoning o`zaro munosabatini aniqlash
13
uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi so‘raladi. Olingan
ma‘lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.
Rivojlanish psixologiyasi fani ham psixologiya ilmining boshqa sohalari
singari o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Psixologik qonuniyatlarni
muayyan reja asosida olib boriladigan tekshirishlar tufayligina xolisona aniqlik
kiritish mumkin. Psixologik tadqiqotlar jarayonini quyidagi asosiy bosqichlarga
bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
1. Muammoning qo‘yilishi. Har qanday ilmiy-tekshirish ishlari kabi,
psixologiyada olib boriladigan ilmiy tekshirish ishlari ham nazariy va amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan muammoni aniqlashdan, shuningdek bu muammo
fanda qanchalik yoritilganligini aniqlash maqsadida mazkur mavzuga oid ilmiy
va maxsus adabiyotlarni taxlil qilishdan boshlanadi.
2. Tadqiqot metodikasini tanlash. Psixologik tadqiqotlar turli metodlar bu
metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi.
Tekshirishlarning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni to‘g`ri
tanlashga bog`liq bo‘ladi.
3. Ma‘lumotlarni to‘plash. To‘plangan ma‘lumotlar o‘rganilayotgan
muammoga mos bo‘lishi yoki ularni to‘plash maqsadda muvofiq ravishda olib
borilishi zarur. Ilmiy ma‘lumotlarga bo‘lgan asosiy talablar - bu ularning
xolisona, to‘la va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma‘lumotlar
o‘rganilayotgan muammoni har jihatdan tavsiflab berishi kerak.
4. Ma‘lumotlarni qayta ishlash. To‘plangan ma‘lumotlarni matematik
va mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, xususiylikni topish va
ularni tasodifiy ma‘lumotlardan ajratish imqonini beradi. Bunda to‘plangan
ma‘lumotlarning o‘rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va hokazo), protsentlari
aniqlanadi, sonlarga oid ma‘lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma
va chizmalarda o‘z aksini topadi. Murakkab mutanosiblikdagi
ma‘lumotlarni topishda esa variatsion statistika metodlari qo‘llaniladi.
5. Qonuniyatlarning ifodallanishi. Bu tadqiqotning birmuncha murakkab va
mas‘uliyatli bosqichi hisobanadi, chunki, bu bosqichda ma‘lumotlarning
14
mohiyatiga qanchalik chuqur tushunilganligi, ularning o‘zaro bog`liqligini
hisobga olib, bosqich ma‘lumotidan har turli xulosa chiqarish mumkin.
Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy xarakterga ega bo‘lib, keyingi
tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‘ladi.
6.Qonuniyati amalda qo‘llash. Aniqlangan qonuniyatlar ma‘lum bir
amaliyot sohasida qo‘llaniladi. Amalda qo‘llash aniqlangan qonuniyatning
to‘g`riligiga batamom ishonch hosil qilish imqonini beradi. Ko‘pincha
o‘qituvchilar o‘z amaliy faoliyatlarida shaxsiy kuzatishlari va boshqalarning
tajribalarini umumiylashtiradilar. Biroq, bunday umumlashtirishlar ilmiy
jihatdan etarli asoslangan bo‘lmaydi, ya‘ni, muhim aniqligi va teranligi
bilan ajralib turmaydi.
Dostları ilə paylaş: |