31
Ko‘zga ko‘ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat Vyursburg
maktabi doirasida ishlagan bo‘lib, o‘zining bolani psixik rivojlanish
konsepsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo‘lini
maymundan to kata yoshli
madaniyatli odamgacha ko‘rsatishga harakat qilgan. Byuler bo‘yicha tadqiqot
vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta‘sirlarga bog‘liq bo‘lmagan
qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishining
birinchi yillarini o‘rganish uchun eksperimentning
mos shakli zoopsixologiya
sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi
muallifi sifatida mashhur. Har bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari
shakli evolutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o‘tadi, instinkt, o‘rgatish,
intellekt. U biologic omillarni asosiy debko‘rsatib o‘tadi. Byuler bolalikdagi
rivojlanishni biologic jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini
ta‘kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to‘liq
ochilmaganligini aytib
o‘tgan.
Instinkt rivojlnishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi qo‘llanilishga
tayyor bo‘lgan va faqatgina ma‘lum stimullarga muhtoj bo‘lgan. Odamda
instinktlar noaniq-sust kata individual farqlarga ega bo‘lgan. Bolada tayyor
instinktlar to‘plami baqirish, so‘rish, yutish, himoya
refleksi kabilar mavjud
bo‘ladi.
O‘rgatish turli hayotiy vaziyalarga moslashish imkonini beradi, maqtov va
jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga tayanadi. Byuler bo‘yicha bolalar
o‘yini hayvonlardagi o‘yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi.
Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tishda
emotsiyalar ham
rivojlanadi. Shunga ko‘ra, faoliyatning yakunidan boshigacha rohatlanishning
almashinishi sodir bo‘ladi. Harakat va emotsiyani evolutsion erta taqqoslanishi
quyidagicha avval harakat, so‘ng uning natijasida rohatlanish. So‘ngra harakatdan
funksional qoniqish bilan kechadi, ya‘ni jarayonni o‘zidan
qoniqish va nihoyat
qoniqish tasavvuri harakatning o‘ziga o‘tadi. Byuler uchun asosiysi tafakkurning
psixik rivojlanishda ijodkorlik rolini o‘rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni
32
uni yaratish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o‘ylab topishi
sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.
Dostları ilə paylaş: