O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

14
va  O‘rta  Osiyo  yerlarida  paxta  ekilgan.  Uning  tolasidan  oppoq 
va  nihoyatda  mayin  mato  to‘qilgan.  Xitoy  bozorlarida  bunday 
matoga  talab  katta  bo‘lgan.  Chunki  o‘sha  davrlarda  Xitoyda  
paxta hali ekilmas edi.
Aholining  dashtlarda  yashovchi  yarim  ko‘chmanchi  qismi 
chorvachilik,  xususan,  qoramol  va  qo‘y-echkilar  boqish,  tuya-
chilik,  tog‘li  va  tog‘oldi  mintaqalarida  esa  yilqichilik  bilan  
shug‘ullanishgan.  Farg‘ona  vodiysi  hamon  zotli  arg‘umoqlari 
bilan mashhur edi.
Ziroatkor yerlarning kattagina qismi hali 
ham qishloq jamoalari tasarrufida bo‘lsa-
da,  ammo  mamlakatdagi  yer  maydonlarining  ma’lum  bir  qismi 
dehqonlar  qo‘lida  va  ibodatxonalar  ixtiyorida  bo‘lgan.  Buning 
natijasida  qishloq  jamoasining  kashovarz  –  erkin  qo‘shchilari 
ma’lum  darajada  dehqonlarga  tobe  bo‘lib,  ularga  qaram  kadi-
varlarga aylana borgan.
Yaylovlarning  asosiy  qismi  esa  qabila  va  urug‘  jamoalari 
hamda  ularning  oqsoqollari  –  xvabulari  tasarrufida  edi.  Hozir-
gi vaqtda ham Toshkent vohasi va Janubiy Qozog‘iston yerlari-
ning  bir  qismini  suv  bilan  ta’minlab  turgan  Zog‘ariq  (Zovariq) 
va  Bo‘zsuv,  Samarqand  viloyati  janubiy  tumanlarining  asosiy 
suv  manbayi  Darg‘om  kanali  V  asrda  barpo  etilgan  eng  yirik 
sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Xuddi shu davrda Chag‘oniyon (Surxondaryo), Samarqand, 
Buxoro,  Kesh  (Shahrisabz),  Naxshab  (Qarshi)  va  Toshkent  
atroflari  to‘la  o‘zlashtirilib,  alohida-alohida  dehqonchilik  voha-
lari  shakllanadi.  Keyinchalik,  bu  vohalarda  yer  egasi  bo‘lgan  
dehqonlarning  siyosiy  mavqeyi  oshib,  ular  yetakchilik  qilgan  
kichik hududga ega voha hokimliklari vujudga keladi.
Tashqi  savdo  bojidan  manfaatdor  bo‘l-
gan eftallar «Ipak yo‘li»ni o‘z nazoratlari 
ostida  tutib  turishga  harakat  qilgan.  Xi-
toy, Hindiston, eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro savdoda 
faol qatnashardi. Ipak yo‘li savdosida sosoniy savdogarlari bilan 
raqobatda asosan sug‘diylar vositachilik rolini o‘ynardi.
Xalqaro  savdo  aloqalarining  rivojlanishi  bilan  mamlakatda 
tanga  pul  muomalasi  tartibga  solinadi.  Ichki  va  tashqi  savdo 
munosabatlarida  eftallar  dastavval  sosoniy  hukmdorlarining  ku-
Yer egaligi
Savdo va pul
muomalasi


15
J
U
J
O
N
L
A
R

xalqlar
nomi

V
asrda
eftallar
egallagan
Bey-Vey
davlati
hududi
XUTTALON

tarixiy
viloyatlar

Xalq
harakatlari
yo‘nalishi

Buyuk
Ipak
yo‘li

savdo
yo‘llari
Masshtab:
1:15
000
000
J
U
J
O
N
L
A
R
E
F
T
A
L
L
A
R
X
I
O
N
I
Y
L
A
R
K
I
D
A
R
I
Y
L
A
R
E
F
T
A
L
L
A
R
D
A
V
L
A
T
I
S
O
S
O
N
I
Y
L
A
R
D
A
V
L
A
T
I
(X
I
T
O
Y
D
A
V
L
A
T
I)
B
E
Y
-
V
E
Y
C
H
O
C
H
X
O
R
A
Z
M
I
S
F
I
J
O
B
P
A
R
K
A
T
XUTTALON
S
U
G‘
D
MAYMURG

BUTALON
BADAXSHON
T
O
X
A
R
I
S
T
O
N
M
A
R
V
X
U
R
O
S
O
N
G
I
R
K
ON
O‘KUZ
KO
‘LI
XARKON
DENGIZI
Sarisu
Ko‘hcha
k.
Issiqko
‘l
Elsuvi(Ili)
Chu
TAROBA
Norin
Tarim
Yorkand
Mirg‘ob
Jayhun
Tajan
O‘troq
U
s
t
y
u
r
t
Qoraqum
Qizilqum
H
i
n
d
i
q
u
s
h
P
o
m
i r
Xota
n
Sind
Urganch
Kat
Dehiston
Niso
Ray
Sari
Gurgon
Nishopur
Marv
Omul
Poykand
Buxoro
Samarqan
d
Xo‘jand
Termiz
Vaxsh
Balx
Yorkand
Qoshg‘ar
Koson
Choch
Isfijob
KASHMIR
Sayhun
ILK 
O‘R
TA
 ASRLARDA
 O‘R
TA
 OSIYO


16
mush  tangalaridan  keng  foydalanadilar.  Bulardan  tashqari,  Bu-
xoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand va Xorazmda 
mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar mamla-
katning ichki savdosida keng muomalada bo‘lgan. Bu mamlakat 
hayotida mahalliy voha hokimlari katta nufuzga ega bo‘lganidan 
dalolat beradi.
eftallar davrida aholining tabaqalanishi, ya’ni mulkiy tengsiz-
lik  kuchayib  borgan.  Shu  boisdan  davlat  boshqaruvida  ma’lum 
qonun-qoidalar  paydo  bo‘lgan.  Davlat  harbiy  kuchga  tayangan. 
Jinoyat uchun juda qattiq jazolar belgilangan.
Ko‘chmanchi  qabilalarning  dehqonchi-
lik  vohalari  atrofiga  kelib  o‘rnashishi  
bilan  ma’lum  darajada  dasht  udumlari  
va  e’tiqodiy  tasavvurlari  o‘troq  aholining  hayotiga  kirib  bordi. 
Asriy  madaniy  an’analari  kuchli  bo‘lgan  Toxariston  va  Shar-
qiy  Sug‘d  vohalarida  ko‘chmanchilar  tez  orada  o‘troqlashdilar. 
Samarqand,  Buxoro,  Naxshab  va  Choch  (Toshkent)  kabi 
dehqonchilik  vohalarida  baland  poydevor  ustiga  bino  qilingan 
ko‘plab istehkomli qasrlar va qo‘rg‘onlar qad ko‘tardi. Ularning  
ayrimlari  hatto  ikki  qavatli  bo‘lib,  yuqorisiga  pandus  (qiya 
ko‘tarma yo‘lak) orqali chiqilgan.
O‘rta  Osiyo  aholisi  turli  tillarda  so‘z-
lashgan. Chorvador aholi o‘rtasida turkiy 
til muhiti hukmron edi. O‘troq aholining 
bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi qismi turkiy tilda so‘zlashgan. Bu 
davrda sug‘d tili xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv va Farg‘ona 
orqali Sharqiy Turkistonga kirib, Xitoy hududlarigacha yetib bo-
radi.  V–VI  asrlarda  sug‘d,  xorazm  va  eftal  yozuvlari  tarqalgan 
edi. Eftallar xati Baqtriya yozuvi asosida paydo bo‘ladi. Eftallar 
Hayotiy
o‘zgarishlar
Til va madaniy
aloqalar
Eftallar hukmdori
Mihirakula tangasi.
Sug‘diy qo‘lyozma 
parchasi. VIII asr.
Sopol ko‘za. Kofirqal’a. 
VII–VIII asrlar.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə