O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50

26
budda  diniga  e’tiqod  qilgan.  Toxariston  25  harfli  yozuviga  ega 
bo‘lgan.
Toxariston  aholisining  asosiy  qismi  o‘troq  dehqonchilik  
bilan  shug‘ullangan.  Ayniqsa,  qurolsozlik  yuksalgan.  Hozirgi  
Janubiy  O‘zbekiston  va  Tojikiston,  Shimoliy  Afg‘onistonni  o‘z 
ichiga  olgan  bu  tarixiy  viloyat  shimolda  Hisor  tog‘lari,  janubda 
Hindikush, g‘arbda Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir  
bilan chegaralangan. Toxariston nomi mil. avv. II asrda Yunon-
Baqtriya  davlatini  qulatgan  chorvador  qabila  –  yuechjilar  
nomidan  olingan.  Toxariston  Hindiston,  Yaqin  va  Uzoq  Sharq 
mamlakatlari  bilan  savdo-madaniy  aloqalar  o‘rnatgan,  o‘z  
chaqa-tangalari  ichki  savdo  muomalasida  yurgan.  Toxariston  
Markaziy  Osiyoda  budda  va  moniylik  dinlarining  tarqalishi  va 
rivojida muhim rol o‘ynagan.
Farg‘ona  hukmdorlari  «ixshid»  deb  
atalgan.  Farg‘ona  yerlari  juda  hosildor 
bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta  va sholi 
ekkan.  Koson,  Axsikat  (Xushkat)  va  Quva  (Qubo)  kabi  yirik  
markaziy  shaharlarida  hunarmandchilikning  turli  sohalari  rivoj 
topib,  ularning  mahsulotlari  ichki  va  tashqi  bozorlarda  juda  xa-
ridorgir  bo‘lgan.  Qo‘shni  mamlakatlarga  bo‘yoq,  rangli  shisha 
buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Varaxsha. Devoriy tasvir.
Farg‘ona


27
Farg‘ona  vodiysida  o‘troq  aholi  bilan  bir  qatorda  chorva-
dorlar  ham  yashaganlar.  Qurama  va  Qoramozor  tog‘lari  yon-
bag‘irlarida  qadimdan  yilqichilik  bilan  shug‘ullanilgan.  Bu  vo-
diyda ko‘paytirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taralgan.
Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ik-
kita    hokimlik  mavjud  bo‘lgan.  Manba-
larda  ulardan  biri  Choch,  ikkinchisi  Eloq  mulki  nomlari  ostida 
tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo‘lib, hukmdori 
«tudun»  deb  yuritilardi.  eloqning  markazi  Tunkat,  hokimlari 
esa  «dehqon»  deb  atalardi.  V  asrda  ular  eftallar  davlatiga,  VI 
asr oxirida esa G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘ysundiriladi. 
VII  asrning  dastlabki  choragida  esa  G‘arbiy  turk  xoqonligi 
hukmdorlik  qarorgohini  Choch  viloyatiga  ko‘chiradi.  Hukmdor 
va  malika  uchun  Yabg‘ukat  va  Xotunkat  kabi  o‘ziga  xos  qa-
rorgohlar bino qilindi. Choch tuduni  va Choch tegini yozuvlari 
chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida hukmdor 
surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, 
ba’zan  sulolaviy  ayri  tamg‘a  tushirilgan.  Ayrim  tangalarda  esa,  
hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bun-
day  qo‘shaloq  tasvir,  shubhasiz,  qadimgi  turkiylar  davlatchili- 
gida  hukmdorning  malikasi  –  xvatun  (xotun)  vazirlik  daraja- 
siga  ega  bo‘lib,  davlat  boshqaruvida  faol  ishtirok  etganligidan 
dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan.
G‘arbiy  turk  xoqonligi,  shuningdek,  uning  yirik  o‘troq  vilo-
yatlaridan  hisoblangan  Choch  o‘lkasi  o‘z  tanga  pullari  tizimiga 
ega bo‘lgan.
Choch  va  eloq  sertarmoq  xo‘jalikka  ega  bo‘lib,  sug‘orma 
dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik va savdo 
Choch va Eloq
Peshtoq ostida turgan shakllar 
tasvirlangan ossuariy (Ostadon).
VI–VII asrlar.
Choch tangasi. 
VII asr.


28
yuksak darajada edi. Choch va eloq tog‘lari oltin, kumush, rangli 
ma’danlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy edi. 
Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi Choch va eloqqa ichki 
va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarining gavjumlashu-
viga imkon beradi.
Ilk  o‘rta  asrlarda  O‘rta  Osiyo  hokimlik-
larida ma’lum tartibdagi boshqaruv ma’-
muriyati  tashkil  topgan  edi.  Boshqa-
ruv  ma’muriyatining  asosiy  vazifasi  fuqarolardan  boj,  soliq  va  
yasoqlarni  o‘z  vaqtida  yig‘ib  olish,  jamoat  ishlariga  ularni  
safarbar  etishdan  iborat  bo‘lgan.  Kirim-chiqimlar  aniq  va  rav-
shan qayd etilib, hujjatlashtirilgan. Ularga barmoq bosilib, hatto 
muhr bilan tasdiqlab qo‘yilgan.
V–VII asrlarda O‘rta Osiyoda, bir tomon-
dan,  yerga  egalik  qilish  munosabatlari-
ning  o‘rnatilishi  va  mustahkamlanib 
borishi,  ikkinchi  tomondan,  ko‘chmanchi  chorvadorlarning  be-
to‘xtov  shiddat  bilan  kirib  kelishi  va  o‘troqlashuvi  shahar  va  
qishloqlarning  qiyofasi  hamda  aholisining  turmush  tarzi-yu  ijti-
moiy ahvoliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ziroatkor yerlar kengayib,  
dehqonchilik  vohalarining  suv  ta’minoti  tubdan  yaxshilandi. 
Tog‘oldi maydonlariga suv chiqarilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. 
Shaharlar gavjumlashdi. Qishloqlarda «ko‘shk»«qasr»«qo‘r-
g‘on»  va  «qo‘rg‘oncha»  nomlari  bilan  shuhrat  topgan  isteh-
komli turarjoylar qad ko‘tardi.
Istehkomli qasr, qo‘rg‘on va ko‘shklar asosan tashqi dushman 
hujumiga  qarshi  mudofaa  inshooti,  chokarlar  to‘planadigan  joy, 
ma’muriy  markaz  hamda  oziq-ovqat  va  qurol-yarog‘  saqlanadi-
gan ombor vazifasini o‘tagan.
O‘rta  asrlarda  shaharlar  uch  qismdan  iborat  bo‘lgan.  Ular 
«ko‘handiz»,  «shahriston»,  «rabod»  deb  yuritilgan.  Shaharlar-
ning uchala qismi ham alohida-alohida devorlar bilan o‘rab olin-
gan.  Ularning  bir  nechta  darvozalari  bo‘lgan.  Shahar  devorlari 
bo‘ylab oqib o‘tgan anhor xandaq vazifasini bajargan. O‘rta asr-
larda  yashagan  arab  mualliflari  (Ibn  Xavqal  va  Ishtaxriy)  qayd 
etishicha, birgina Binkat (Toshkent)ning yigirma ikkita darvozasi 
bo‘lgan.
Boshqaruv 
ma’muriyati
Shahar 
me’morchiligi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə