O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50

36
zod garchi dushman qo‘li bilan tor-mor qilinib o‘ldirilsa hamki, 
Xorazmshoh  bundan  o‘z  mustaqilligini  yo‘qotib,  arablarga  boj 
to‘lashga majbur bo‘ldi. Uning qo‘shini esa Qutaybaning harbiy 
yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi.
Qutayba  fathidan  so‘ng  Xorazm  diyori  shimoliy  va  janubiy 
qismlarga ajralib ketgan. Uning shimoliy qismi Gurganj (Ko‘hna 
Urganch) miri, janubiy qismi esa Xorazmshoh tomonidan bosh-
qarilgan. Ularning har ikkisi ham xalifalikka bevosita bo‘ysunib,  
har qaysisi alohida-alohida xiroj to‘lagan.
712-yilda  Qutayba  qo‘shinlari  Samarqandga  tashlanadi.  Bu 
davrda  ixshid  Tarxun  taxtdan  tushirilib,  uning  o‘rniga  G‘urak 
(710–737) Sug‘dga podsho qilib ko‘tarilgan edi. G‘urak arablarga 
qarshi  kurash  olib  bordi.  Kuchlar  teng  bo‘lmaganligi  oqibatida 
Samarqand  taslim  bo‘ladi.  G‘urak  bilan  Qutayba  o‘rtasida  sulh 
tuzilib,  arablarga  bir  yo‘la  2  ming,  yiliga  esa  200  ming  dirham 
hisobida  boj  to‘lash,  30  ming  nafar  odam  berish,  shaharda  bi-
ronta  ham  askar  saqlamaslik,  ichki  shaharni  arablarga  bo‘shatib 
berish,  masjid  bino  qilish  kabi  shartlarni  bajarishga  majbur  eti-
ladi.  Bularning  evaziga  Qutayba  G‘urakni  Samarqand,  Kesh  va 
Naxshabga  hokim  qilib  tayin  etadi.  Shunday  qilib  u  xalifalikka 
qaram bo‘lib qoladi.
*  Narshaxiy  (899–959)  –  tarixchi  olim.  Buxoroning 
Narshax  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  «Buxoro  tarixi»  nomli 
asarini yozib qoldirgan
*  Amir  (arabcha  –  «amr  qiluvchi»,  «boshliq»,  «ho-
kim») –  lashkarboshi,  hokim,  bek.  Arab  xalifaligining 
dastlabki xalifalari va umaviylar davrida alohida qo‘shin 
qo‘mondonlari amir deb atalib, ular odatda zabt etilgan 
viloyatlarga noib etib tayinlanganlar
*  Fath  (arabcha)  –  «egallash»,  «zabt  etish»,  «bosib 
olish» ma’nosini beradi
713-yilda  Qutayba  qo‘shinining  bir  
qismi  Choch  viloyatiga,  o‘zi  boshliq  
asosiy  kuch  esa  Farg‘ona  vodiysi  to-
mon  yo‘l  oladi.  Choch  vohasi  bosib 
olinib,  uning  bosh  shahri  Madinat  ash-Shosh,  juda  ko‘p  qal’a 
va  qo‘rg‘onlar  hamda  qishloqlarga  o‘t  qo‘yilib  vayron  etiladi. 
Choch va
Farg‘onaning
zabt etilishi


37
715-yilning  boshida  esa  Farg‘ona  vodiysini  uzil-kesil  egallab, 
Qoshg‘argacha  kirib  boradi.  Hamma  viloyatlarga  arablardan 
amirlar  tayinlanadi.  Lekin  Qutayba  xalifa  Sulaymonga  qarshi 
isyon  ko‘targani  oqibatida  Farg‘onada  arab  askarlari  tomonidan 
o‘ldiriladi.
1. Islom dini qanday vujudga kelganligi haqida gapirib bering.
2.  Arablar  Movarounnahrni  zabt  etishdan  qanday  maqsadlarni 
ko‘zlagan edilar?
3.  Poykand  qamali  va  uning    bo‘ysundirilishi  haqida  gapirib 
bering.
4.  Buxoroning  zabt  etilishi  va  aholining  islomga  kiritilishi  ha-
qida nimalarni bilib oldingiz?
5. Xorazm xalifalikka qanday tobe etildi?
9-§. MOVAROUNNAHR FATH ETILISHINING
IQTISODIY VA MA’NAVIY OQIBATLARI
Tayanch tushunchalar: Fath oqibatlari; Soliqlar; Islomga da’vat
Xalifalik  o‘lkani  zabt  etish  jarayonida 
uning  deyarli  barcha  obod  dehqonchilik 
vohalarini  oyoqosti  qilib,  juda  ko‘p  shahar  va  qishloqlarga  o‘t 
qo‘yib  vayron  etdi.  Suv  inshootlari  buzib  tashlandi.  ekin  may-
donlari  suvsizlikdan  qurib  qoldi.  Zabt  etilgan  shahar  va  qish-
loq  aholisidan  oltin,  kumush,  qimmatbaho  buyumlar  va  ko‘plab 
qurol-yarog‘lar  tortib  olindi.  Sulh  tuzishga  majbur  bo‘lgan  
BuxoroPoykandSug‘d hukmdorlaridan katta miqdorda boj-u 
tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar ma-
halliy yigitlarni jalb etdilar.
Istilochilar  harbiy kuchga tayanib, aholidan turli soliqlar un-
dirib,  aholini  xilma-xil  jamoa  ishlariga  safarbar  etadilar.  Marv
Poykand,  Buxoro  va  Samarqand  kabi  shaharlarda  shahriston 
yoki  undagi  xo nadonlarning  qoq  yarmi  arablar  va  ular  bilan  
birga  kelgan  ajamlar  (eronliklar)ga  bo‘shatib  beriladi.  «Xiroj»
«ushr»«zakot»«jiz’ya» kabi soliqlar joriy etiladi. 
Arablar  Movarounnahrda  o‘rnatilgan  
siyosiy  hokimiyatni  mustahkamlash  va 
uning  barqarorligini  ta’minlash  uchun  
islom dinini da’vat etishga, aholi o‘rtasida islomni yoyishga alo-
Iqtisodiy oqibatlar
Islomga da’vat
etish


38
hida  ahamiyat  berdilar.  Shu  boisdan  ular  shu  davrgacha  Mova-
rounnahrda  mavjud  bo‘lgan  dinlarga  qarshi  qattiq  kurash  olib 
boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‘rniga jome mas-
jidlari bino qilinadi.
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‘l-
gan mahalliy aholi vakillari dastlabki yil-
larda  xiroj  va  jiz’ya  soliqlaridan  ozod  
etilgan.  Islomni  qabul  qilmaganlardan  esa  jon  solig‘i  –  jiz’ya 
undirilib olingan. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan kishilarning, 
bo‘yinlariga  «qarzdor»  deb  yozilgan  taxtacha  osib  qo‘yilardi. 
Bunday  tadbir  va  choralar,  Movarounnahr  aholisi  o‘rtasida  
islom  dinining  tez  tarqalishiga  yordam  beradi.  Biroq  shunday 
bo‘lsa-da,  islomni  qabul  qilgan  aholining  ko‘pchiligi  nomiga-
gina  musulmon  bo‘lib,  uzoq  vaqtlargacha  pinhona  o‘z  dini  va 
e’tiqodlariga sodiqligicha qolavergan.
Xalifalik  tomonidan  Movarounnahrning  bosib  olinishi  
oqibatida  mahalliy  xalqning  urf-odati,  dini  va  e’tiqodi,  mada-
niyati  poymol  etildi.  Mahalliy  sug‘d  yozuvida  bitilgan  diniy  
va  ma’rifiy  kitoblarni,  ilmiy  asarlarni  va  qimmatli  hujjatlarni 
hamda  sanamlarni  gulxanlarda  yoqib,  yo‘q  qilib  tashlaydilar.  
Quvadagi  budda  ibodatxonasi  haykallarning  parchalab  tashlan-
gani,  Afrosiyob  saroy  devorlariga  solingan  suratlardagi  odam 
rasmlarining  ko‘zlari  o‘yilib,  bo‘yinlariga  qilich  bilan  chizib  
yuborilganligi bunga yaqqol misoldir.
1.  Mahalliy  aholini  islomga  kirgizishda  xalifalik  qanday  yo‘l-
lardan foydalandi?
2. Xalifalik Movarounnahrda qanday soliqlar joriy etdi?
3. Istilo mahalliy madaniyatga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
4. Xalifalik istilosi qanday oqibatlarga olib keldi?
Aholini islom- 
lashtirish yo‘llari
*  Jiz’ya  –  Islomni  qabul  qilmagan  aholidan  olinadigan 
jon solig‘i
*  Zakot  –  mol-mulkning  1/40  qismi  hajmida  olingan 
soliq
*  Xiroj  –  hosilning  1/3  qismi  hajmida  olinadigan  yer 
solig‘i
* Ushr – idora ishlari uchun daromadning  1/10 hajmi 
hisobida olinadigan soliq


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə