O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50

39
10-§. XALIFALIKKA QARSHI XALQ HARAKATLARI
Tayanch tushunchalar: Xalq noroziligi; G‘urak va divashtich 
qo‘zg‘olonlari; Moliyaviy islohot; Umaviylar
Xalifalikning  talonchilik  siyosati  mahal-
liy  xalqni  barcha  haq-huquqlardan  mah-
rum  etdi.  Madaniyatning  oyoqosti  qili-
nishi,  arab  tili,  yozuvi  va  xalifalik  qonun-qoidalarining  zo‘rlik 
bilan  joriy  etilishi  natijasida  mahalliy  xalq  orasida  norozilik  to-
bora kuchayib, qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Xalifa  Umar  ibn  Abdulaziz  (717–719)  murakkab  vaziyatni 
hisobga  olib,  bo‘ysundirilgan  yerli  xalqlar  bilan  kelishish  siyo-
satini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. U yangi yerlarni bundan 
buyon  zabt  etishni  to‘xtatish  hamda  moliyaviy  islohot  o‘tkazish 
to‘g‘risida farmon berdi.
Bunga  binoan  musulmon  arablar  bilan  bir  qatorda  islomni 
yangi  qabul  qilgan  mahalliy  xalqlardan  xiroj  va  jiz’ya  soliqla-
rini  olish  bekor  qilindi.  Biroq  Movarounnahr  zodagonlarining 
ko‘pchiligi o‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblab, soliq to‘lamay 
qo‘yadi. So‘ngra xalifalik ma’muriyati bir yo‘la hammadan jiz’ya 
olish haqida buyruq beradi. Natijada Movarounnahrda yoppasiga 
islomdan  chiqish  va  eski  dinlarga  qaytish  boshlanadi.  Buning 
oqibatida  mahalliy  mulkdorlar  bilan  arab  ma’muriyati  o‘rtasida 
ziddiyat  keskinlashib,  butun  mamlakatda  bosqinchilarga  qarshi 
xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tariladi.
Bunday  qo‘zg‘olonlardan  biri  720-yilda 
Sug‘dda  boshlandi.  Qo‘zg‘olonga  Sug‘d 
ixshidi  G‘urak  va  Panjikent  hokimi  Di-
vashtich boshchilik qiladilar.
Sug‘dliklarga  yordam  berish  uchun  Yettisuvdan  turk  lash-
karlari  keladi.  Sug‘ddagi  barcha  hokimliklar  aholisi  ko‘tariladi. 
Qo‘zg‘olonchilarning  birlashgan  kuchlari  arablarga  qattiq  zar-
ba  beradilar.  Faqat  ayrim  shahar  va  qal’alar  ichida  qurshov-
da  qolgan  arab  istilochilari  katta  o‘lpon  va  e’tiborli  vakillarini 
qo‘zg‘olonchilar ixtiyoriga garovga berish bilan jon saqlaydilar.
Qo‘zg‘olonning 
sabablari
Qo‘zg‘olonlarning 
boshlanishi
* Islohot — mavjud tartibni o‘zgartirish
* Farmon — qonun kuchiga ega bo‘lgan buyruq


40
721-yilda  Said  Xaroshiy  Xurosonga  noib  qilib  tayinlana-
di.  Unga  sug‘dliklar  qo‘zg‘olonini  bostirish  va  ularni  islomga 
qaytarish  vazifasi  topshiriladi.  Xo‘jandda  bo‘lib  o‘tgan  jangda 
qo‘zg‘olonchilar yengiladi. Said Xaroshiy Movarounnahr shahar 
va qishloqlarida jazo choralarini kuchaytiradi. Biroq qo‘zg‘olonni 
to‘la bostirishga erisha olmaydi.
Movarounnahr aholisini tinchlantirish va  
arablar hokimiyatini mustahkamlash maq- 
sadida Xuroson noibi Ashros islom dini-
ni qabul qilganlardan xiroj va jiz’ya soliqlarini olmaslikka qaror 
qiladi.  Bu  aholini  tinchlantirishga  qaratilgan  vaqtinchalik  tadbir 
edi.  Zodagon  dehqonlarning  ko‘pi  o‘z  chokarlari  va  kadivarlari 
bilan  islomni  qaytadan  qabul  qilib,  arablar  tomoniga  o‘tadilar. 
Xurosonning yangi noibi Nasr ibn Sayyor (738–748) mam-
lakatda  o‘z  mavqeyini  mustahkamlab  olish  maqsadida  moliya  
islohoti  o‘tkazadi.  Islomni  yangi  qabul  qilgan  kishilar  jiz’yadan 
ozod etildi. Barcha musulmonlar huquq jihatdan tenglashtiriladi, 
yer egasining e’tiqodidan qat’i nazar ularning xiroj to‘lashi shart 
qilib qo‘yiladi.
Oliy  martabali  arab  lashkarboshilari  bilan  mulkdor  dehqon-
lar  o‘rtasidagi  qon-qarindoshlik  aloqalari  o‘rnatiladi.  Ayni  vaqt-
da  o‘zi  ham  namuna  ko‘rsatib,  Buxorxudotning  qiziga  uyla- 
nadi. Bunday siyosat natijasida arablar bilan mahalliy zodagonlar 
o‘rtasida  ma’lum  darajada  ittifoq  yuzaga  kela  boshladi.  Ammo  
bu  ozodlik  yo‘lida  olib  borilayotgan  xalq  harakatlariga  barham 
bera olmaydi. Movarounnahr xalifalikdagi eng notinch va isyon-
kor o‘lkalardan biri bo‘lib qolaveradi.
VIII asrning 40-yillarida xalifalikda toj-u taxt uchun kurash 
kuchayadi. Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)ning amakisi Abbos-
ning  evarasi  Muhammad  ibn  Ali  xalifalik  uchun  kurash  bosh-
laydi.  Umaviylar  Muhammad  (s.a.v.)  avlodini  qirib  tashlashda 
ayblangan  edi.  Shu  tariqa  xalifalikda  umaviylar  hukmronligini 
ag‘darib tashlash uchun keskin harakat boshlanib ketdi.
1. Xalifalik bosqinlariga qarshi qo‘zg‘olon sabablarini ayting.
2. Sug‘d qo‘zg‘oloni va uning natijalari haqida gapirib bering.
3. Qo‘zg‘olonlar oqibatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
4. Arab  xalifaligida  siyosiy  vaziyatning  keskinlashuviga  olib 
kelgan omillarni qayd eting.
Qo‘zg‘olonchilarga 
yon berilishi


41
11-§. ABBOSIYLAR DAVRIDA XUROSON  
VA MOVAROUNNAHR. ABU MUSLIM QO‘ZG‘OLONI
Tayanch tushunchalar: Zulmning kuchayishi;  
Abu Muslim targ‘iboti; Abu Muslim qo‘zg‘oloni; Abbosiylar
Umaviylarga  qarshi  umumiy  norozilik, 
ayniqsa,  xalifa  Marvon  II  (744–750) 
hukmronlik  qilgan  davrda  nihoyatda  ku- 
chaydi. Bunga xiroj solig‘i miqdorining oshirib yuborilgani ham-
da  aholining  muttasil  hasharlarga  majburan  jalb  etilishi  sabab 
bo‘ladi. Umaviylarga qarshi kurashga da’vat qilish uchun abbo-
siylar turli viloyatlarga ko‘plab targ‘ibotchilar yuboradilar. Shun-
day targ‘ibotchilardan biri kufalik Abu Muslim edi.
746-yilda  u  Xurosonga  keladi.  Abu  Muslim  Xuroson  aholi-
siga murojaat qilib, payg‘ambar (s.a.v.) avlodlarini quvvatlashga 
chaqiradi.
Dastlab  arab  zodagonlari,  so‘ngra  ma-
halliy  dehqonlar  Abu  Muslimni  qo‘llab-
quvvatlaydilar. Umaviylarga qarshi tash-
viqotning sadosi tez orada Xuroson, Movarounnahr va Toxariston 
viloyatlariga keng tarqaladi. Go‘yo mamlakat aholisining barcha 
katta-kichigi  xalifalikka  qarshi  qo‘zg‘algandek  bo‘ladi.  Qo‘shin 
avval  Abu  Muslim  qarorgohi  Moxuvon  qal’asida  to‘planadi.  
Abu  Muslim  qo‘shiniga  kelib  qo‘shilgan  kishilar  ro‘yxatga  
olinib,  ularga  avval  uch,  so‘ngra  esa  besh  dirhamdan  maosh 
to‘lanadi.  Qizig‘i  shundaki,  ro‘yxatdan  o‘tgan  kishilarning  kat-
ta  qismi  har  tomondan  kelgan  qullardan  iborat  edi.  Bu  davr-
da  ham  qullar  aholi  o‘rtasida  eng  quyi  tabaqa  hisoblanib,  ular  
bilan  bir  safda  turish  boshqa  tabaqa  vakillariga  or  tuyulishini 
hisobga  olib,  Abu  Muslim  qullar  uchun  Shavval  qishlog‘ida 
maxsus joy tashkil ettiradi va ularga Dovud ismli targ‘ibotchini 
boshliq qilib tayinlaydi.
Qo‘zg‘olonchilar safida arab zodagonlari, 
Movarounnahr va Xurosonning mahalliy 
mulkdor  dehqonlari,  xalifalik  sharqidagi  
mazlum aholi, shahar hunarmandlari va qishloq kadivarlari ham-
da  qullar  bor  edi.  Bularning  maqsadlari  ham  har  xil  edi.  Arab 
zodagonlari hokimiyatni abbosiylarga olib berib, mamlakatda o‘z 
Xalq noroziligining 
kuchayishi
Qo‘zg‘olonchilarning 
to‘planishi
Qo‘zg‘olonchilar- 
ning maqsadi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə