O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)


 Sug‘d ixshidligi haqida gapirib bering. 2



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50

29
1. Sug‘d ixshidligi haqida gapirib bering.
2. Toxariston qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan?
3. Farg‘onada mavjud bo‘lgan yirik shaharlarni qayd eting.
4. Chirchiq va Ohangaron vodiylarida qaysi hokimliklar mavjud 
edi?
5. O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining aso-
siy vazifasi nimalardan iborat bo‘lgan?
6. O‘rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo‘lgan va ular 
qanday nom bilan atalgan?
7-§. VI–VII ASRLARDA MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Yozuv; diniy e’tiqodlar; San’at; Musiqa
Bu  davrda  Sug‘d,  Xorazm  va  Toxaris-
ton  aholisining  alohida-alohida  yozuv-
lari  bo‘lib,  sug‘d  va  xorazm  yozuvlari  qadimgi  oromiy  yozuvi 
asosida  maydonga  kelgan  edi.  Toxar  yozuvi  baqtriya  yozuvi 
asosida  shakllangan  edi.  Xat,  hujjat  va  ayrim  axborotlar  kabi 
maktubotlar  asosan  charm,  yog‘och,  sopolga  va  kamdan  kam 
hollarda qog‘ozga bitilardi. Chunki qog‘ozning bahosi nihoyatda 
baland edi. Ayrim bitiklar esa hatto podsho saroylari va ibodat-
xona  devorlari ga  ham  yozilardi.  Ular  orasida  elchilik  maktub- 
lari,  xo‘jalik  kirim  va  chiqimlari,  yuridik  shartnomalar,  astro-
nomik  hujjat,  tarixiy  yodnomalar  hamda  diniy  aqidalar  bitilgan 
nodir  qo‘lyozma  topilmalar  bor.  Bizning  zamonimizgacha  saq- 
lanib  qolgan  sug‘d  yozuvlari  Panjikent  yaqinidagi  Mug‘  qal’a-
sida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqand-
ning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o‘rganilgan.
Ularda  Sug‘dning  siyosiy  tarixi,  huquq  va  qonunlari,  iqtiso- 
diy  va  diniy  e’tiqodlari  xususida  muhim  ma’lumotlar  keltiril-
gan.
Yozuv
* Kuhandiz (ark) – shaharning hokim qasri joylash gan 
qismi
* Rabod – shaharning tashqi mavzesi
* Ixshid – viloyat hokimi
* Shahriston – shaharning ichki qismi


30
Sug‘dda  o‘g‘il  bolalar  besh  yoshga  
to‘lgach, yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ng-
ra ular 20 yoshga kirganlarida savdo ishla-
rini  o‘rga nish  uchun  o‘zga  mamlakatlarga 
jo‘natilar edi.
Shuningdek, bu davrda turkiy run (ko‘k- 
turk)  xati  ham  keng  qo‘llanilgan.  Turklar-
ning  bu    yozuvi  biri  ikkinchisiga  tutashib 
ketadigan  38–40  harflardan  iborat  edi.  U 
tosh  va  yog‘ochlarga  o‘yib  yozishga  niho-
yatda qulay edi. Qadimgi ko‘kturk bitiklari 
Sug‘d yozuvi.
(Kultegin  va  Bilga  xoqon  bitiklari)  Oltoy  va  Sharqiy  Turkis-
tondan  tashqari,  Yettisuv,  Farg‘ona  va  Zarafshon  vodiylaridan 
topilib, o‘rganilgan. Ular qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, 
yog‘och hamda tanga pullarga bitilgan.
Quva. Buddaviylik 
ibodatxonasidan  
topilgan haykalning  
bosh qismi.
Diniy e’tiqodlar
VI–VII  asrlarda  O‘rta  Osiyoda  zardush-
tiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, 
qam (shomoniylik) kabi bir nechta mahalliy va boshqa o‘lkalar-
dan  kirib  kelgan  dinlar  mavjud  bo‘lgan.  Aholining  ko‘pchiligi 
zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan.
Samarqand  viloyatining  Urgut  tumani  Sug‘ddagina  emas, 
balki  butun  O‘rta  Osiyoda  nasroniylik  markazlaridan  hisobla-
* Ilk o‘rta asrlarda yurtimizda sug‘d, xorazm, toxar 
va turkiy run (ko‘kturk) yozuvlari mavjud bo‘lgan.
nardi.  Ilk  o‘rta  asrlarda  O‘rta  Osiyo  
xalqlarining  mafkuraviy  hayotida  moniy 
dini  ham  ancha  chuqur  ildiz  otgan  edi. 
Moniy  dini  ta’limoti  bo‘yicha  olamning 
ibtidosi  ikki  qarama-qarshi  yaratuvchi  – 
yorug‘lik  va  ezgulik  hamda  zulmat  va  
yovuzlikdan iboratdir. Ibodatro‘zasa-
daqa  moniy  dinining  arkoni  hisoblan-
gan.
Turk  xoqonligining  chorvador  aholi-
si  qadimdan  shomoniylik  diniga  sig‘inib 
kelgan.  Bu  din  jon  va  ruhlarga,  ota-


31
bobolar  ruhiga  sig‘inish  e’tiqodini  tarbiyalagan.  Qadimgi  turk-
lar o‘z dinini «qam» deb yuritganlar. Chunki ularda «shomon» 
degan  so‘z  bo‘lmagan.  Bu  din  koinotni  yo‘qlikdan  bor  qilgan 
Ko‘k  Tangriga  e’tiqod  qiluvchi  yakka  xudolik  dini  hisoblana-
di.  Chorvador  ko‘chmanchi  aholi  Ko‘k  Tangriga  bag‘ishlangan  
marosimlar  o‘tkazib,  qurbonliklar  qilishgan.  Masalan,  Ko‘k  
Tangri sharafiga qurbonlik uchun qora qashqa ot so‘yilgan.
San’at
Varaxsha. 
Ganchkor
Humo qushi. 
VI–VII asrlar.
Tasviriy  san’atning  rassomlik  va  hay-
kaltaroshlik  kabi  bir  qator  tarmoqlari 
ravnaq  topadi.  Surxon  vohasida  Bolaliktepa  va  Zarafshon  vo-
diysida PanjikentVaraxsha va Afrosiyob, Farg‘ona vodiysida 
Quva  xarobalarida  topib  o‘rganilgan  yodgorliklardan  –  devoriy 
suratlar,  haykallar  va  ganchkori  naqshlar  o‘sha  davrning  yuk-
sak  san’at  asarlaridan  hisoblanadi.  Devoriy  tasvirlar  zamonasi-
ning o‘ta murakkab hayoti, din-u e’tiqodi va tashqi mamlakatlar  
bilan olib borilgan aloqalardan hikoya qiluvchi manbadir. 
Haykaltaroshlik  rivojiga  ayniqsa  buddaviylik  dini  kuchli  
ta’sir ko‘rsatgan. Farg‘ona vodiysida Quvadan hamda Qo‘rg‘on-
*  Arkon  —  dindagi  eng  muhim  vazifa,  suyanchiq, 
ma’muriyat
*  Qam-shomon  —  Ko‘k  Tangriga  sig‘inuvchi  yakka 
xudolik dini
tepa  yaqinidagi  Ajinatepadan  buddaning 
bahaybat  haykallari  topilib,  o‘rganildi. 
Ajinatepa  buddasi  haykalining  bo‘yi  12 
metrga  boradi.  Bu  davrda  badiiy  yog‘och 
o‘ymakorligi  san’ati  ham  yuqori  darajada 
rivojlangan.
Ilk  o‘rta  asr  ganchkorligi  san’atining  
nodir  yodgorligi  namunalari  Varaxsha  
topilmalari  orqali  tadqiq  etildi.  Turli  xil 
geometrik  shakllar,  mevali  daraxt  va 
o‘simliklarning  o‘ymakor  naqshlari,  ov 
manzarasi  Buxoro  hukmdorlarining  Va-
raxshadagi qarorgohining hashamatli saroy 
devorlarini bezab turgan.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə