O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50

32
O‘rta  Osiyoda  musiqa,  raqs,  qo‘shiq-
chilik,  qiziqchilik  va  dorbozlik  kabi 
Mustаqil ish. 
Darslikning matnidan foydalanib jadvalni to‘ldiring.
Yozuvlari
Qaysi yozuv 
asosida 
shakllangan
San’at turlari
Qaysi 
hududdan 
topilgan
Sug‘d 
Panjikent
Xorazm
Varaxsha
Toxar
 
Afrosiyob
Ko‘kturk 
Quva
Ayritom.
Arfa (chiltor)
chalayotgan qiz.
san’atning  turli  sohalari  ham  rivojlangan  edi. 
Bu davrda san’at sohasida Buxoro qiziqchilari
Samarqand  naychilari,  Toshkent  raqqos  yigit 
va raqqosa qizlari bilan shuhrat topgan edi.
Choch  raqqoslari  ijro  etgan  mashhur  
«Choch  raqsi»  yoki  doira  chertmasiga  imo  
bilan yelka uchirib tushadigan o‘ynoqi «Doira  
raqsi»  Xitoy  a’yonlarini  maftun  etib,  ularni 
hayratga  solgan  edi.  Birgina  Buxoro  shahri-
da  usta  hunarmandlar  tomonidan  o‘n  turdagi 
cholg‘u asboblari yasalgan.
Musiqa san’ati
1. Aholi qanday yozuvlardan foydalangan?
2. Sug‘dda savodxonlikka intilish kuchli bo‘lganligini nimalarda 
ko‘rish mumkin?
3. Aholi qanday dinlarga e’tiqod qilgan?
4. Moniy dini ta’limoti, uning arkonlari nimalarda o‘z ifodasini 
topgan?
5. VI–VII asrlardagi tasviriy san’at, musiqa va haykaltaroshlik 
san’ati haqida gapirib bering.






33
II  B O B
O‘RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN 
FATH ETILISHI. XALQ QO‘ZG‘OLONLARI
(VII–VIII asrlar)
8-§. ISLOM DINI VA ARAB XALIFALIGI
Tayanch tushunchalar: Islom dini; XurosonMovarounnahr;  
Movarounnahrning fath etilishi
Qadimdan Arabiston yarimorolida arablar 
tarqoq holda yashar dilar. VII asr boshla-
rida  Arabistonda  yagona  e’tiqod  asosida 
mamlakatni  birlashtirish  harakati  boshlanadi.  Bu  buyuk  e’tiqod 
yakka xudolikka asoslangan islom dini edi. 
Islom dinining
vujudga kelishi
*  Islom  —  «bo‘ysunish»,  «itoat  etish»,  «o‘zini  Alloh 
irodasiga topshirish» degan ma’nolarni anglatadi
Allohning  rasuli  (elchisi)  Makka  shahrida  dunyoga  kelgan 
Muhammad  (s.a.v.  –  sollallohu  alayhi  vasallam)  binni  Abdul-
loh  (570–632)  bu  harakatga  rahnamolik  qiladi.  Islomni  qabul 
qilib,  Rasulullohga  ergashgan  uning  izdoshlari  «muslim»  (mu-
sulmonlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng eka-
ni,  rizq-ro‘zini  barchaga  Yaratguvchining  o‘zi  yetkazib  berishi 
hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga 
kirish  kerakligini  targ‘ib  etadilar.  Islom  bayrog‘i  ostida  Makka 
shahrida boshlangan targ‘ibot Madinaga ko‘chadi. Muhammad 
(s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi.
2 – Tarix 7


34
Muhammad  (s.a.v.)  vafot  etgach,  uning  eng  yaqin  safdoshi 
Abu Bakr (632–634) xalifa (o‘rinbosar) deb e’lon qilinadi. Arab 
qabilalarining islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan yagona hoki-
miyatga  birlashuvida,  shuningdek,  jahon  dinlaridan  biriga  ayla-
nishida islom aqidalari, huquqiy va axloqiy me’yorlarini o‘z ichi-
ga qamrab olgan Qur’oni karimning ahamiyati buyuk bo‘ldi.
Misr,  Suriya,  Falastin,  Iroq,  Eron  kabi  ko‘p  mamlakatlar 
bo‘ysundirilib,  behisob  o‘ljalarga  ega  bo‘lgandan  so‘ng  Arab  
xalifaligi harbiy yurishlarni bizning o‘lkamizga qaratdi.
651-yili  arablar  jangsiz  Marv  shahrini  egallaydilar.  So‘ngra  
hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, eronning shimoli sharqiy qis-
mi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan 
hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ata-
ganlar.  Uning  markazi  Marv  shahri  edi.  Bu  viloyatni  boshqa-
rish  uchun  maxsus  noib  tayinlanib,  u  Marvda  turar  edi.  Arablar 
bu  yerda  o‘rnashib  olgach,  Amudaryodan  shimolda  joylashgan 
boy viloyatlarni zabt etishga tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlarni 
arablar  Movarounnahr,  ya’ni  «daryoning  narigi  tomoni»  deb 
atadilar.
Arablar Movarounnahrga dastlab uni bo-
sib  olish  uchun  emas,  balki  Islom  dini-
ni  yoyish  jihatdan  tayyorgarlik  ko‘rish,  
mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida yurish qiladilar. Mova-
rounnahrga  ilk  bor  hujumlar  Chag‘oniyon'>654-yilda  Maymurg‘  va  667-yilda 
Chag‘oniyondan boshlanadi.
Manbalarda  qayd  etilishicha,  bu  davrda  Xorazm  arablar  to-
monidan ikki marotaba talon-toroj etilgan.
Movarounnahr  
tomon yurishlar
Poykand. Rabod 
chizmasi (rejasi).  
VII asr.
Narshaxiyning  yozishicha,  673-yil-
ning kuzida xalifa Muoviya I (661–680) 
farmoni  bilan  Ubaydulloh  ibn  Ziyod 
Amudaryodan  kechib  o‘tib,  Buxoro  hu- 
dudiga  bostirib  kiradi.  Poykand  va 
Romitonni  egallab,  Buxoro  hukmdori 
qo‘shinlarini yengadi va o‘z foydasiga sulh 
tuzib, bir lak (yuz ming) dirham hajmida 
tovon undiradi. Tovondan tashqari arablar 
to‘rt  ming  asir,  qurol,  kiyim-kechak,  ol-
tin va  kumush buyumlardan iborat  ko‘p 


35
o‘ljalar  bilan  Marvga  qaytadilar.  Yo‘l-yo‘lakay  arablar  Termiz 
shahrini egallaydilar.
Movarounnahrning 
zabt etilishi
Buxorxudotlar 
dirhami. VIII asr.
710-yilda  Qutayba  Naxshab  va  Keshni 
bosib  olib,  Samarqandga  hujum  boshlash 
uchun  tayyorgarlik  ko‘radi.  Biroq  Xorazm-
da  boshlangan  ichki  ziddiyatlar  oqibatida  
yuzaga  kelgan  qulay  fursat  Qutaybani  
Sug‘d  yurishini  kechiktirib,  Xorazmga  qo‘-
shin  tortishga  jalb  etadi.  Negaki,  Xorazm 
shohi  Chag‘on  ukasi  Hurzod  boshliq  xalq 
qo‘zg‘olonidan  qo‘rqib,  711-yilda  Qutay-
baga  yordam  so‘rab  murojaat  qiladi.  Hur-
* Arab xalifaligi – barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)-
ning o‘rinbosarlari (xalifalar) qo‘lida to‘plangan davlat
VIII  asr  boshlarida  arablar  Movaroun-
nahr  hududini  to‘liq  bosib  olishga  kiri-
shadilar.  704-yilda  Qutayba  ibn  Mus-
lim  Xurosonga  noib  qilib  tayinlanadi.  Qutayba  harbiy  yurishni 
705-yilda  Balx  viloyati  atroflarini  zabt  etishdan  boshlaydi.  Tez 
orada Chag‘oniyon hokimi jangsiz taslim bo‘ladi. 707-yilda Qu-
tayba  katta  qo‘shin  bilan  Poykandni  qamalga  oladi.  50  kunlik 
qamal natijasida Poykand egallanib, qo‘lida qurol tutishga qodir 
bo‘lgan  barcha  erkak  zoti  qirib  tashlanadi,  shahar  esa  vayron 
etiladi.  So‘ngra  Qutayba  qo‘shini  Buxoro  tomonga  yo‘l  olgan. 
Narshaxiyning  yozishicha,  Buxorxudotlar  hokimiyati  hududi  
12 ta yirik qo‘rg‘on va ayrim shaharlardan iborat edi. Bu davrda  
vohada  hukmdor  xoqonining  tojdor  tasviri  ostida  «Buxorxudot» 
degan  yozuv  bilan  zarb  etilgan  kumush  dirham  muomalada 
bo‘lgan. Davlatni Tug‘shoda (692–724) boshqargan. Buxorolik-
lar har yili xalifalikka boj to‘lashga, uylarining yarmini arablar- 
ga bo‘shatib berishga majbur etiladi.
Qutayba  Buxoro  shahrining  markazida  joylashgan  zardush-
tiylar ibodatxonasini jome masjidiga aylantirdi, sug‘diy yozuvda 
bitilgan  asarlarni  yo‘qotdi.  Mahalliy  aholini  islom  diniga  kiri- 
tishga hara kat qildi. Shu maqsadda masjidga kelib ibodat qiluv-
chilar uchun hatto 2 dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi.


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə