O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50

48
X  asr  o‘rtalariga  borganda  qarluqlarning  kattagina  qismi  
musulmon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome mas-
jidlar bino qilingan.
Qarluqlar  davlati  shimol  va  sharqdan  Elsuvi  daryosi  vodiy-
sigacha,  chigil  qabilasi  yaylovlarigacha;  g‘arbdan  o‘g‘uz  yurti 
va  Farg‘ona  vodiysi;  janubda  esa  yag‘molar  vohasi  va  Shar-
qiy  Turkiston  bilan  chegaralangan.  Bu  diyorda  poytaxtdan  tash-
qari  Jo‘l,  Navkat,  Karmankat,  Yor  kabi  shaharlar  va  qator 
qishloqlar  qad  ko‘targan.  Aholi  qo‘ychilik,  tog‘  jilg‘alari  bo‘y- 
larida  esa  dehqonchilik  bilan  shug‘ullangan.  Sharqiy  Turkiston 
va  Movarounnahr  bilan  savdo-sotiq  olib  borilgan.  Chetga  aso-
san jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib 
chiqilgan.
X  asrda  qarluqlar  Movarounnahrning  shimoliy  hududlarini 
egallagach,  Shosh  atrofi  va  Farg‘ona  hamda  Zarafshon  vodiyla-
riga  kelib  o‘rnashganlar.  Keyinchalik  o‘troq  tarzda  yashaydigan 
mahalliy aholiga singib ketganlar.
* Qarluqlar – turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoy-
ning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimi-
da yashagan.
*  VIII  asr  o‘rtalarida  Qarluqlar  davlati  Yettisuv  o‘l- 
kasida tashkil topdi. Poytaxti Suyob shahri bo‘lgan.
Turk  xoqonligi  hukmronligi  davrida  
o‘g‘uzlar  uning  tarkibida  bo‘lgan.  Turk 
xoqonligi  yemirilgach,  o‘g‘uzlarning  kattagina  qismi  Sirdaryo 
havzasi  hamda  Orol  dengizi  bo‘yida  muqim  o‘rnashib  olganlar. 
Ular  O‘g‘uzlar_davlati'>IX  asr  oxiri  va  X  asr  boshida  O‘g‘uzlar  davlatiga  asos 
soladilar.
Sirdaryo  quyi  oqimi  bo‘yidagi  Yangikent  shahri  O‘g‘uzlar 
davlatining  poytaxti  bo‘lgan.  X  asrdan  boshlab  o‘g‘uzlar  islom 
dinini qabul qiladilar.
X  asrning  birinchi  choragida  O‘g‘uzlar  davlati  shimoli 
sharqdan  qo‘zg‘algan  qipchoqlar  tomonidan  qaqshatqich  zarba-
ga  uchrab, bo‘linib ketadilar. Ular o‘z yurtini tark etib, bir qismi 
g‘arbga, Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o‘rnashadi. Ularning 
ikkinchi  qismi  esa  avval  Movarounnahrga  kirib  boradi  va  un- 
dan  janubi  g‘arbga  siljib,  yangi  sulola  –  saljuqiylar  boshchili- 
gida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. 
O‘g‘uzlar


49
* O‘g‘uzlar – O‘rta Osiyoda yashagan turkiy qabila.
IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlati Sirdar-
yo  havzasi  hamda  Orol  dengizi  bo‘yida  tashkil  topdi. 
Poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan
Bu ikki turkiy davlat faqat Movarounnahrninggina emas, bal-
ki  butun  O‘rta  Sharq  hamda  Old  Osiyo  aholisining  siyosiy  ha-
yotiga  ham  kuchli  ta’sir  ko‘rsatdi.  Bu  davlatlarning  aholisi  shu  
hududda  yashovchi  xalqlarning  etnik  tarixiga  ta’sir  qildi.  Masa-
lan:  qarluqlar  o‘zbek  va  tojiklarning,  o‘g‘uzlar  turkman,  ozar-
bayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynadi.
VIII  asr  oxiri  –  IX  asr  boshida  xali-
falikni  larzaga  keltirgan  og‘ir  siyosiy 
vaziyat  abbosiylarni  Movarounnahr  va  Xurosonda  olib  borila-
yotgan siyosatni o‘zgartirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar 
Movarounnahr  va  Xurosonni  nafaqat  o‘z  tasarruflariga  o‘tkazib 
oldilar,  balki xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda 
tobora  ko‘proq  rol  o‘ynaydigan  bo‘lib  qoladilar.  Bunga,  ayniq-
sa,  xalifa  Horun  ar-Rashid  (786–809)  vafotidan  so‘ng  uning 
o‘g‘illari  Ma’mun  bilan  Amin  o‘rtasida  809–813-yillarda  taxt 
uchun bo‘lgan kurash katta yo‘l ochib berdi.
Xalifalikning  markaziy  qismidagi  arablar  Aminni  xalifalik  
taxtiga  ko‘taradilar.  Bundan  norozi  bo‘lgan  Ma’mun  ukasi  
Aminga  qarshi  kurash  boshlaydi.  Hirot  viloyatining  zodagon-
laridan  Tohir_ibn_Husayn'>Tohir  ibn  Husayn  boshliq  Xuroson  va  Movarounnahr 
mulkdorlari  unga  yordam  beradilar.  813-yilda  ular  Bag‘dodga  
yurish qiladilar. Poytaxt qo‘lga kiritilib, Ma’mun xalifalik taxtiga 
o‘tiradi. Buning evaziga Tohir 821-yilda Xuroson va Movaroun-
nahr noibi etib tayinlanadi. Shuningdek, Ma’mun Movarounnahr 
zodagonlarining ham yordamini unutmadi. Somonxudotning nabi-
ralarini ayrim shahar va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Nuhga 
Samarqand,  Ahmadga  Farg‘ona,  Yahyoga  Shosh  va  Ustrusho-
na,  Ilyosga  esa  Hirot  tegadi.  Buning  evaziga  aka-uka  somoniy-
lar  Movarounnahrning  har  yilgi  xirojidan  juda  katta  mablag‘ini 
tohiriylar orqali xalifa xazinasiga yuborib turadilar.
Tohir  davlat  ishlarini  mustaqil  idora  etish  maqsadida  822-
yilda xalifa nomini xutbadan chiqartirib yuboradi.
Tohiriylar davlati


50
Bu amalda Bag‘dod bilan aloqani uzish va o‘zini mustaqil deb 
e’lon qilish edi. Biroq ko‘p vaqt o‘tmay u to‘satdan vafot etadi. 
Tohirning  o‘g‘illari  Talxa  va  Abul  Abbos  Abdulloh  otasining 
o‘rniga  birin-ketin  noiblik  qiladilar.  Shunday  qilib,  Xuroson  va 
Movarounnahr boshqaruvi tohiriylar xonadoniga meros bo‘lib qo-
ladi.  Abul  Abbos  Abdulloh  noibligi  (830–844)  davrida  poytaxt 
Marvdan Nishopur shahriga ko‘chiriladi.
Movarounnahr  shaharlarida  noiblik  qilayotgan  Somonxudot 
avlodlarining mahalliy noibligi tohiriylar tomonidan tan olinadi. 
Somoniylar  esa,  o‘z  navbatida,  tohiriylarga  tobe  sifatida  Mova-
rounnahrni idora etadilar. Bu, shubhasiz, Xuroson va Movaroun-
nahrda  bir  asrdan  oshiqroq  hukm  surgan  xalifalik  hukmronligi-
ning tugaganligini bildirardi.
Tohiriylar  zamonida  ham  mehnat  ahli-
ning  ahvoli  nihoyatda  og‘irligicha  qo-
laverdi.  Mulkdor  dehqonlarning  jabr-
zulmidan,  davlatning  og‘ir  soliqlaridan 
bezor  bo‘lgan  xalq  qo‘zg‘olon  ko‘taradi.  Ularga  «g‘oziylar» 
ham  qo‘shiladilar.  Qo‘zg‘olonga  safforiylar  –  aka-uka  Ya’qub  
va  Amr  ibn  Layslar  boshchilik  qiladilar.  873-yilda  Xuroson  
poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada tohiriylar hukmronligi 
tugatilib, hokimiyat safforiylar qo‘liga o‘tadi. 
* Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukm-
ronlik  qilgan  sulola  (821–873).  Rasman  abbosiylarga 
qaram hisoblangan. Sulolaga 821-yil Tohir ibn Husayn 
asos solgan
*  Safforiylar  –  Safforiylar  davlatida  hukmronlik  
qilgan sulola. Safforiylar nomi uning asoschisi Ya’qub 
ibn  Lays  as-Saffor  nomidan  olingan.  Safforiylarning 
yirik  hukmdorlari:  Ya’qub  ibn  Lays  (873–879);  Amr 
ibn Lays (879–900)
*  Xutba  —  juma  namozida  hukmdor  nomini  aytib, 
uning haqiga duo o‘qish, olqishlash
* G‘oziy — Haq din uchun kurashuvchi jangchi
1. Qarluqlar davlati qaysi hududlarda tashkil topdi?
2. O‘g‘uzlar haqida gapirib bering.
3. Tohiriylar davlati qanday vujudga keldi?
Tohiriylar
hokimiyatining 
barham topishi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə