O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50

60
ko‘taradi.  Saroy  sarbozlari  va  Chag‘oniyonning  yirik  yer-mulk 
egasi  Abu  Ali  Chag‘oniy  yordamida  u  Buxoro  taxtini  egallab 
oladi.
Ko‘p vaqt o‘tmay Abu Ali Chag‘oniyning o‘zi ham hukmdor-
ga  qarshi  isyon  ko‘taradi.  Nuh  qo‘zg‘olonni  kuch  bilan  bostira 
olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag‘oniyni u avval Chag‘oniyonga, 
so‘ngra  Xurosonga  hokim  qilib  tayinlashga  majbur  bo‘ladi. 
961-yilda  Buxoro  harbiy  askarlarining  g‘alayoni  ko‘tariladi. 
Qo‘zg‘olonchilar amir saroyini talaydilar va unga o‘t qo‘yib yu-
boradilar.  Bunday  voqealarning  tez-tez  qaytarilib  turishi,  shub-
hasiz,  markaziy  hokimiyatning  zaiflashib  qolganidan  dalolat  
berardi.
Mamlakatda  sodir  bo‘lgan  og‘ir  davrda 
Somoniylar davlatining turk hojiblaridan 
iborat  saroy  qo‘shinining  siyosiy  nufuzi 
nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy va mudofaa ishlari to‘la ular 
qo‘lida  edi.  Turkiy  sarkardalarning  xizmatlari  evaziga  somoniy 
amirlari  aksariyat  iqtidorli  lashkarboshilarni  Hojib  ul-hujob  
yoki  Hojib  ul-buzruk  kabi  oliy  harbiy  mansablarga  tayinlab, 
ularga  hatto  ayrim  viloyatlarni  boshqarish  huquqini  berganlar. 
962–963-yillarda  G‘azna  viloyatini  Alptegin  noib  va  lashkar 
amiri sifatida boshqargan. U G‘azna va Qobul viloyatlarini musta-
qil idora etishga intilib, G‘aznaviylar davlatiga asos solgan. Maz- 
kur  yosh  turkiy  davlatning  poytaxti  G‘azna  shahrida  qaror  
topgan.  G‘aznaviylarning  siyosiy  nufuzi  Sobuqtegin  davrida 
(977–997)  ortib,  somoniylar  tomonidan  e’tirof  etilgan.  Mah-
mud  G‘aznaviy  davrida  (997–1030)  esa  uning  hududi  kenga-
yib, Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Davlat  
chegarasi  g‘arbda  Ray  va  Isfahon  shaharlari,  Kaspiy  dengizi,  
shimoli  g‘arbda  Xorazm  va  Orol  dengizigacha  cho‘zilgan.  
Sharqda  esa  Shimoliy  Hindistonning  kattagina  qismini  o‘z  
ichiga  olgan  va  Janubiy  Balujistongacha  yetgan  edi.  Somo-
niylar  sulolasi  barham  topgach,  Mahmud  G‘aznaviy  Xuroson 
hududini,  so‘ng  Xorazm  davlatini  (1017)  ham  o‘z  saltanatiga 
qo‘shib  olgan.  Ammo  Ma’sud  G‘aznaviy  davrida  (1030–1040) 
mamlakat  viloyatlari  birin-ketin  qo‘ldan  chiqarilib,  tanazzulga 
yuz  tutgan.  Oqibatda  1186-yilda  G‘aznaviylar  davlati  butunlay  
tugatilgan.
G‘aznaviylar
davlati


61
G‘aznaviylar  davlat  tuzumi  va  boshqa-
ruv  tizimlari  azaldan  rivojlanib  kelayot-
gan  turkiy  davlatchilik  asosida  qurilgan 
bo‘lsa-da,  biroq  u  o‘ziga  xos  mahkama-
chilik  xususiyatiga  ega  edi.  Vazirlik  tizimida  harbiy,  elchilik 
va  rasmiy  tadbirlar,  moliya  kabi  hamda  xabar-pochta  devonlar  
faoliyat  ko‘rsatgan.  Viloyat  hukmdori  voliy,  shahar  hokimi  rais 
deb  yuritilgan.  Viloyatda  boshqaruv  ishlari  amid,  shaharlarda  
esa kutvol tomonidan amalga oshirilgan. Davlat qudratli qo‘shin-
ga ega edi. Bosh qo‘mondon – sipohsolor, lashkarboshi – solor
harbiy  qismlar  boshlig‘i  esa  sarxang  deb  atalgan.  Qo‘shinda  
harbiy kemalar (daryo va dengiz floti) ham mavjud bo‘lgan.
G‘aznaviylar  davlatida  ilm-fan  va  ma- 
daniyat,  xususan,  adabiyot  rivojlangan.  
Mahmud  G‘aznaviy  turkiy  ona  tili  bi-
lan  bir  qatorda  fors,  arab  va  pahlaviy  tillarini  ham  mukam-
mal  bilgan,  she’r  bitgan.  Poytaxt  saroyida  400  dan  ortiq  olim, 
shoir  va  san’atkorlar  ijod  qilgan.  Abu  Rayhon  Beruniy,  
Nosir  Xusrav,  Gardiyziy  va  Bayhaqiy  kabi  buyuk  mutafak- 
kirlar  G‘aznada  yashaganlar.  Beruniy  «Qonuni  Ma’sudiy»,  
Bayhaqiy «Tarixi Ma’sudiy» asarlarini sulton Ma’sudga bag‘ish-
laganlar. Abul Qosim Firdavsiy mashhur «Shohnoma» dostoni-
ni  Mahmud  G‘aznaviyga  taqdim  etgan.  G‘aznaviylar  davlatida 
qurilish  va  me’morchilikka  ham  jiddiy  e’tibor  berilgan.  G‘azna, 
Balx,  Nishopur,  Lohur  va  boshqa  shaharlarda  ko‘plab  madra-
salar,  masjid,  xonaqoh  va  saroylar  bino  qilinib,  kutubxonalar  
faoliyat  ko‘rsatgan.  Bog‘-u  chorbog‘lar  barpo  etilib,  xususan  
poytaxt G‘azna shahri gullab-yashnagan.
1. Yer egaligining qanday turlarini bilib oldingiz?
2. Barzikorlar va qo‘shchilar kimlar edi?
3. Dehqonlarning ijtimoiy ahvoli haqida gapirib bering.
4.  Somoniylar  hokimiyatini  inqirozga  olib  kelgan  sabablarni 
qayd eting.
5. G‘aznaviylar davlati haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. G‘azna shahrida olimlardan kimlar ijod qilganlar?
G‘aznaviylar
davlatining 
boshqaruv tizimi
Ilm-fan
va madaniyat


62
17-§. QORAXONIYLAR DAVLATI  
VA MOVAROUNNAHR
Tayanch tushunchalar: Qoraxoniylar davlati; 
Movarounnahrning egallanishi; Qoraxoniylar davlatining bo‘linib 
ketishi; davlat boshqaruvi; Qoraxitoylar hujumi
Aziz  o‘quvchi!  Siz  VIII  asr  o‘rtalarida  Yettisuv  o‘lkasida 
tashkil  topgan  Qarluqlar  davlatini  eslang.  X  asr  o‘rtalarida 
Qarluqlar  Issiqko‘lning  janubiy  sohili  va  Qoshg‘arda  yashagan 
yag‘mo  qabilasi  hamda  o‘zlaridan  shimoli  sharqda  yashovchi  
chigil, sharqroqda qaror topgan o‘g‘uz va boshqa qabilalar bilan 
yagona ittifoqqa birlashdilar. Bu ulkan hududda dastavval «Xoqo-
niya o‘lkasi» deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat 
hukmdorlari «jabg‘u» deb yuritilgan unvonning o‘rniga o‘zlarini 
«qoraxon»,  ya’ni  «buyukxon»  deb  ataydilar.  XI–XII  asrlarda 
Xoqoniya  rivoj  topib  kuchaygach,  u  «Qarluq-Qoraxoniylar» 
davlati  nomini  olgan.  Mazkur  yirik  davlat  qator  qabilalar  it-
tifoqi  asosida  tashkil  topgani  bois  hukmdorlari  «arslonxon»
«bug‘roxon»  va  «tavg‘achxon»  unvonlari  bilan  yuritilgan.  Bu 
uchta atama oliy darajali hukmdor ma’nosini anglatgan. Buyuk-
lik yoki ulug‘lik esa qadimda turkiy xalqlarda «qora» so‘zi bilan 
sifatlangan.  Shu  boisdan  taxtda  o‘tirgan  Arslonxon,  Bug‘roxon  
va Tavg‘achxonlar «qoraxon» deya e’tirof etilgan. Ular boshqar-
gan  davlat  esa  tarixda,  keyinchalik,  ramziy  ravishda  «Qoraxo-
niylar davlati» nomi bilan shuhrat topgan.
992-yilda  Horun  Bug‘roxon  boshliq 
qoraxoniylar  Movarounnahrga  tomon  
hujum boshlaydilar. Bu davrda somoniy-
lar  sulolasi  chuqur  ichki  ziddiyatlar  gir-
dobiga tushib qolgan edi. 
Qoraxoniylar  Buxoroni  qarshiliksiz  ishg‘ol  qiladilar.  Nuh  
ibn Mansur  qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi 
noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U yigirma ming kishili 
qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, 
bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar noibi qo‘shinlari tor-mor 
qilinadi.  Buning  evaziga  Nuh  Sobuqteginni  Xurosonning  noibi 
etib  tayinlaydi.  Natijada  G‘azna  va  Xurosonda  Sobuqtegin  va 
o‘g‘li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.
Qoraxoniylarning 
Movarounnahrga
hujumi


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə