O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə10/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

Nazorat savollari
1. Ibtidoiy jamoa va qullik davrining farmasevtikaning rivojlanishi qanday axamiyati bor?
2. Hindistonda farmasevtika qanday rivojlangan?
3. Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi xaqida nima bilasiz?
4. Xitoyning farmasevtikasini rivojlanishida qanday aloxida urni mavjud?
5. Qadimgi Rim va Yunonistonda farmasevtika qanday rivojlangan?
FARMATSEVTIK FAOLIYAT ASOSLARI. FARMATSEVTIK FAOLIYAT TURLARI XAQIDA TUShUNChA
REJA
1. Farmatsevtik faoliyat asoslari.
2. Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha. Farmatsevtika faoliyat turlari.
3 “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va o‘zgartirishlar.

O‘zbekiston Respublikasida farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanish “Dori vositalar va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko‘ra farmasevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
- dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizasiya qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
- dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizasiya qilish.
Farmasevtika faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi.
Farmasevtika faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya besh yil muddatga beriladi. Lisenziya muddatini uzaytirish uchun farmasevtika tashkilotining rahbaridan 144 soatdan kam bo‘lmagan xajmdagi malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikat talab etiladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarning tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik vositalarining yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ xujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik-tadqiqotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy hizmatlarga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qadoqdash tamg‘alash hamda joylash-o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish faqat dorixonalar hamda ularni filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini chakana realizasiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi reseptlar bo‘yicha tasdiqlangan Reseptsiz beriladigan dori vositalarini ro‘yxatiga ko‘ra reseptsiz amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilishgaruxsat beriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizasiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
Dorixonalar sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma'danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarini realizasiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Dorixona mudiri oliy farmasevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dorixona filialining mudiri farmasevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizasiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta'minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak.
Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash ta'qiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat savollari
1. Farmasevtik faoliyat asoslari.
2. Farmasevtika faoliyati haqida tushuncha. Farmasevtika faoliyat turlari.
3 “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va o‘zgartirishlar
Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə