O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja


Ibtidoiy jamoa va qullik davrida farmasevtikaning rivojlanishi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə4/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

Ibtidoiy jamoa va qullik davrida farmasevtikaning rivojlanishi
Miloddan avvalgi III-II ming yillikdagi patriarxat davrida, cho‘pon, suruvni tomosha qilib, o‘simliklarning hayvonlarga terapevtik ta'sirini payqadi. U hayvonlar fe'lini kuzatish natijasida olgan malakasini insonlarga ham tatbiq etdi. Og‘riqni qoldiruvchi ta'sirga ega paslyon kabi o‘simliklar dastlabki dorivor o‘simliklardan biri sifatida e'tirof etilgan; juda erta, oshqozon traktida qitiqlovchi ta'sir qiluvchi o‘simliklar ham ajratib olindi. Shu davrda, ko‘knori, tamaki va nasha kabi o‘simliklarning narkotik (giyohvandlik) xususiyatlari ma'lum bo‘ldi.
Ovchilikning rivojlanishi bilan hayvonot manbalaridan keladigan dorilar paydo bo‘ladi: yog‘, qon, suyak iligi; keyinchalik davolanish maqsadida alohida organlar, masalan, jigarni qo‘llashni boshladilar. Shu bilan birga, jarohatlarda ibtidoiy yordam berish ham rivojlandi. Ibtidoiy odam foydalana boshlagan ko‘pchilik narsalar hali ham qo‘llanilmoqda: masalan, efedra dorivor o‘simlik sifatida 5 ming yil ilgari Xitoyda ma'lum edi. Kinchona (xinin) daraxtining shifobaxsh xususiyatlarini inklar topgan. Ular birinchi bo‘lib tropik bezgakda bu daraxtning kukuni va po‘stlog‘ini ishlatishgan. Bahorgi tog‘rayxon (gorisvet) bilan suvchechak (vodyanka) va nafas qisilishi (otdishka)ni davolashgan.
Patriarxat davrida hayotiy ne'matlar manbalari haqida odamlarning fikri o‘zgardi. Afsun o‘qish, sehrgarlik, issiq-sovuq qilishga ishonish keng tarqaldi. – Tegishli kiyimlarda raqslar, gong, childirma, hayqiriqlar kabi singdirish va qo‘rqitish vositalari ishlatilgan. Yovuz ruhni tanadan chiqarib yuborish uchun, ko‘pincha bemorga ovqat va suv berilmagan. Bemorlardan yovuz ruh chiqarilgunga qadar kaltaklangan, igna sanchilgan. Ibtidoiy odamlar yovuz ruh inson tanasiga oziq-ovqat bilan kirib borishiga ishonishdi, shuning uchun bemorga qustiruvchi preparatlar berildi. Ko‘pincha shaman tabiblari maxsus usul va dori vositalari kombinasiyalarini qo‘llashgan: oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda bemorga achchiq o‘tlardan olingan damlamalarni ichish uchun berishgan, boshqa kasalliklarda esa qichitqi bilan savalangan, bemorning tanasini tilinib, tilingan joyga qichitqi o‘t surkalgan. Odamlar davolanish uchun sehrli ta'sirga ega bo‘lgan fetishlar, tumorlar, amuletlardan foydalanishgan.
Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tizimi davrida tibbiyot va dorishunoslik ibtidoiy odamlarning rivojlanishining barcha bosqichlarida ular faoliyati natijasida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Hususan, tabiblik va dorilardan foydalanish eng qadimgi davrlarda paydo bo‘lgan va jamiyatning evolyusiyasi bilan o‘zgarib borgan va takomillashgan.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə