O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja


Xitoyda farmasevtikaning rivojlanishi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə7/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

Xitoyda farmasevtikaning rivojlanishi
Xitoy dorishunosligi dunyodagi eng qadimiylardan biridir. Bizgacha saqlanib qolgan kitoblar qadimgi Xitoy shifokorlari eramizgacha 2-3 asrlarda yakka dorivor o‘simliklarni va ulardan terapevtik foydalanishni tasvirlashga kirishganligini ko‘rsatadi. Bizning eramizning birinchi asrlarida yozilgan tibbiy kitoblarda ko‘pgina tibbiy preparatlar tasvirlangan. 2-3 asrlarda yashagan taniqli xitoylik shifokor Djan Sun-djan o‘zining “Terlamali isitma to‘g‘risida mulohaza” asarida 116 reseptni beradi. Ular orasida isitma tushiruvchi, diuretik, sedativ va boshqa vositalar mavjud. O‘sha davrning mashhur kitoblaridan "Shen'on o‘t-o‘lanlari"da 240 dorivor o‘simliklarni tasvirlangan.
652-yilda Sunn Su-Siaoning "Mingta oltin dorilar" kitobi chop etildi. 659-yilda Xitoy rasmiy davlat farmakopeyasini e'lon qildi, bu dunyoda birinchi farmakopeya edi; bu yerda 53 ta jildda 844 ta dorilar tasvirlangan.
Asrlar mobaynida to‘plangan dorishunoslik haqidagi ma'lumotlar maxsus o‘simliklar solnomalari va reseptlar to‘plamlariga birlashtirildi.
Ko‘plab dorilar, asosan dorivor o‘simliklar Xitoy an'anaviy tibbiyotida hozirda ham ishlatiladi. Xitoy tibbiyoti dorilar arsenali juda boy bo‘lib, o‘simlik, hayvonot va minerallardan olingan moddalarni o‘z ichiga oladi. Turli holatlarda (sil, anemiya, bezgak kasalliklari va boshqalar) ishlatiladigan jen'shen' dorivor o‘simliklar orsida maxsus o‘ringa ega. Limonnik, kofur, rovoch, zanjabil, hind ko‘knorisi, yosh bambuk kurtaklari, choy, piyoz, sarimsoq, smola, akonit, ipekakuana, qarag‘ay, qalampir, chinnigullar va boshqalar ham ishlatilgan. Mandragora, opiy, nasha va boshqalardan olingan ajratmalar og‘riqsizlantiruvchi sifatida foydalanilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud.
Hayvonlardan olingan dori vositalariga yo‘lbars tirnog‘i, qoni, jigari va yuragi, fil terisi, toshbaqa boshi, quritilgan kaltakesaklar va boshqalardan tashqari bir qatorda yangi vositalar - pantlar (rag‘batlantiruvchi sifatida ishlatilgan yosh xolli kiyiklarning shoxi) va mushk anbarlar ishlatilgan.
Mamlakatning jo‘g‘rofiy landshafti va florasining xilma-xilligi ishlatiladigan dori vositalarining assortimentiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Jen'shen' ildizi bizning eramizgacha 5-6-asrlardan kechikmay qo‘llanila boshlandi. Dengizchilar va baliqchilar qadimdan bo‘qoqni dengiz suvo‘tlari yordamida davolashgan. Tung yog‘i teri kasalliklarini, betel yong‘oqlari - qurtlarga qarshi, tuya (kameliya) gullari - kuyishlarda, shaftoli gullari - siydik xaydovchi sifatida, ich qotishida va o‘smalarni davolashda ishlatilgan. Zupturum, lotos, qirqquloq, momaqaymoq, kofur, hind ko‘knorisi, zanjabil, limonnik, ipekakuana urug‘lari tibbiyotda keng qo‘llanilgan. Xitoyda amilofil o‘simliklarining 300 dan ortiq turi mavjud. Ulardan ko‘pchiligi (guruch, gaolyan, shakar qamish) kasalliklarni daolovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Mushk bilan yurak kasalliklarini, ipak qurti pillasi bilan bolalar tutqanog‘ini, toshbaqa qobig‘i bilan singani, dengiz baliqlarining yangi jigari bilan shabko‘rlikni davolashgan.
O‘simlik bo‘yoqlari ko‘plab teri kasalliklari, bezgak va qon kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Surma, tuz, kalay, qo‘rg‘oshin, mis, kumush va ayniqsa, simob (kinovar') birikmalari juda ko‘p ishlatilgan. Qadimgi qabristonlarda topilgan "Simob toshlar" nafaqat muqaddas nomga ega bo‘lgan, balki sifilisni davolashda ham ishlatilgan. Miloddan avvalgi bir necha asrlar ichida dori vositalarini ularning farmakologik xususiyatlariga ko‘ra tasniflash ishlari olib borildi. 365 ta dorivor o‘simliklarning ta'rifini o‘z ichiga olgan, dunyodagi eng qadimiy farmakopeyalardan biri "Ildizlar va o‘tlar to‘g‘risida traktat" ("Shen'-nuna", miloddan avvalgi 11 asrdan ilgari bo‘lmagan va besh asrdan kechikmagan)da shifokorlar qonni tozalovchi, ich suruvchi, aksirtiruvchi vositalarni alohida guruhlarga ajratishgan.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə