O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja


Qadimgi Yunonistonda farmasevtikaning rivojlanishi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə8/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

Qadimgi Yunonistonda farmasevtikaning rivojlanishi
Qadimgi Yunoniston (Gresiya)da shifokorlarni tayyorlash uchun maktablar mavjud edi. Kichik Osiyo sohillari bo‘lgan Knidos va Kosda eng mashhur tibbiyot maktablari bo‘lgan. Kos orolida joylashgan maktabning mashhur vakili Gippokrat (mil. avv. 460-377) edi.

Gippokrat quldorlik jamiyatidagi mashhur shifokorlardandir. Gippokratning vatani Kos oroli bo‘lgan. Uning otasi shifokor, onasi esa doya-akusher edi. Sulolasining 18 avlodiga qadar tibbiyot bilan shug‘ullanib, avloddan-avlodga egallangan tajribani berib kelgan.


Gippokrat tibbiyotni dindorlarning ta'siridan ozod qildi, avvalambor, har qanday tibbiy kuzatuvni bir joyga to‘plashga, ularni tizimga solishga va falsafiy asoslashga harakat qildi. Gippokrat terapevtik tizimida parhez va parhez bilan davolash muhim o‘rin tutadi. U dorilar bilan ham davolagan, sinovdan o‘tgan kam sonli dori-darmonlarni (arpa bo‘tqasi - "ptizana", chemerisa, dengiz piyozi va boshqalar) mohirona qo‘llagan. U gigienik davolash va dori-darmonlar bilan davolash bir xilda zarurligiga ishongan.
Gippokrat dorishunoslikka katta ahamiyat bergan. "Dori vositalari va ularning oddiy xususiyatlari, agar ular tavsiflangan bo‘lsa, sen ularni ehtiyotkorlik bilan hotirangda saqlashing kerak. Ulardan kasalliklarga aloqador barcha narsalarni, oxir-oqibat, ma'lum kasalliklarda qanaqa va qanday qilib ta'sir qilishi kerakligini o‘zingiz uchun o‘zlashtirib olishingiz kerak, chunki bu dori vositalari to‘g‘risidagi bilimlarning boshlanishi, o‘rtasi va oxiridir".
Gippokrat o‘simlik bilan davolashga alohida e'tibor qaratgan. U dorilarning tabiatini saqlab qolishga xarakat qilgan, shuning uchun ularni saqlash usulini aniq belgilab bergan, bu qadimiy dorixonalarda olib borilgan qazish ishlari bilan tasdiqlangan. U o‘simliklardan siqilgan sharbatni shisha idishda yetkazib berishni tavsiya qiladi; barglar, gullar va ildizlar – yopiq sopol idishlarda, dori vositalarining kuchi shamollatish ta'siri ostida tugamasligi uchun va hokazo.
Gippokrat davrida davolash uchun o‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan keng foydalanilgan. O‘simliklar orasida: bodom, buzina, xantal, anor, qovun, qizilpoycha, kungaboqar, iris, kastor, kleo‘evina, qichitqi, krushina, piyoz, ko‘knor, mandragora, ayiq qulog‘i, bodom, yalpiz, bug‘doy, cho‘pon sumkasi, polin, sosna, qovoq, chelibuxa, oq va qora chemerisa, sarimsoq, shalfey kabi hammasi bo‘lib 230ga yaqin o‘simliklar.
Hayvon dorilaridan kambala, kefal, daryo okuni yog‘lari va boshqalar ishlatilgan.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə