O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja


Hindistonda farmasevtikaning rivojlanishi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə5/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

Hindistonda farmasevtikaning rivojlanishi
Hindiston madaniyatning eng qadimgi markazlaridan biri. Qadimgi Hind tibbiyotini o‘rganish manbalari arxeologik tadqiqotlar va yozma yozuvlar bo‘lib, ular orasida Vedalar, ayniqsa Ayurveda yetakchi o‘rinni egallaydi. Madhiyalar, duolar to‘plami bo‘lishdan tashqari vedalar tabiat to‘g‘risida aniq bilimlar manbai sifatida qimmatli ahamiyatga ega. "Mahabharata" dostoni – xalq afsonalarning ensiklopediyasi bo‘lib, buddiylik davridan ancha oldin shakllangan epik asar sifatida katta qiziqish uyg‘otadi.
"Panchatantra"da, qadimiy hikoyalar va afsonalar to‘plamida, dorilar, kasalliklar ta'kidlanadi, shifokorlar, turli xil davolash usullari haqida gap ketadi. Hayvonlarni so‘yishning gunohkorligi, inson jasadlarini ochish haqidagi kufr e'tiqodlarining hukmronligi inson tanasining tuzilishi haqidagi bilimlarga salbiy ta'sir ko‘rsatdi.
Biroq, "Ayurveda"da ko‘pgina anatomik tuzilmalar tasvirlangan: organlar, alohida suyaklar ko‘rsatilgan holda tayanch-xarakatlanish tizimi, bo‘g‘imlar, tomirlar, bosh va orqa miya farqlanadi. Qon, suv va shilimshiq yuradigan tomirlar boshlanadigan kindik hayotning markazi hisoblangan. Vedalarda kasallik inson tanasining beshta sharbati (dunyodagi besh element - yer, suv, olov, havo, efir) bo‘yicha noto‘g‘ri bog‘lanishi bilan tushuntirilgan. noto‘g‘ri ovqatlanish, sharobga qaramlik, jismoniy zo‘riqish, ochlik, boshdan kechirilgan kasalliklar kabilarga kasallik keltirib chiqaruvchi sabablar sifatida katta e'tibor berilgan.
Qadimgi Hindiston dorishunosligida ko‘p sonli dorilar ishlatilgan. Hindistondagi dorivor o‘simliklar soni, o‘sha davr manbalariga ko‘ra, 1000dan oshadi. Ulardan ba'zilari hali ham o‘rganilmagan. Hayvonot mahsulotlaridan sut, yog‘, moy, qon, moyaklar, hayvonlar, qushlar, baliqlar o‘ti keng tarqalgan.
Mis, temir, margimush va surma aralashmalari yaralarni yoqish, ko‘z va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatilgan, ichki kasalliklarni davolashda tayinlangan. Simob va uning tuzlari katta shuhratga ega edi. Simob panaseyaga o‘xshardi, u bilan sifilisni davolashgan, uning bug‘i yordamida hasharotlarni o‘ldirishgan. U qizil, sariq, oq tuzlar shaklida tanilgan. Qon yo‘qotishlarda temir va margimush ishlatilgan. Ko‘pincha surtmalar tarkibiga ruh, qo‘rg‘oshin, oltingugurt, surma kirgan.
III asrda Hindistonda dorivor o‘simliklarni madaniylashtirishni joriy etish buyrug‘i qabul qilindi. Hindistonning dorivor o‘simliklari o‘ziga xos xilma-xilligi va boyligi bilan ajralib turardi. Hind farmakopiyasi 800 ga yaqin dorivor o‘simliklarni o‘z ichiga olgan. Ularning katta qismi Hindistonning ilmiy tibbiyotida hozirda ham qo‘llanilmoqda. Qadimgi Hindiston tibbiyotiningdastlabki davrida don, yog‘och, po‘stloq, ildiz, gullar, mevalar ishlatilgan. Sharob va sirka ham ishlatilgan.
Hind madaniyatining rivojlanishi, botanika va kimyo sohasidagi bilimlarning to‘planishi amaliy tibbiyot rivojiga hissa qo‘shdi.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə