O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja


yildagi Toshkent shahridagi dorixonalar, xodimlari va ular tovar aylanmasi to‘g‘risida ma'lumot



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə2/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

1906 yildagi Toshkent shahridagi dorixonalar, xodimlari va ular tovar aylanmasi to‘g‘risida ma'lumot

Dorixona nomi

Dorishunoslar soni

Dorixona oquvchilar soni

Pullik retseptlar soni

Ulardan tushadigan tushum

Qolda sotil-gandan tushgan tushum

Рубль, тийин

Toshkent shahri jamoat boshqarmasi dorixonasi

8

4

50427

32077,44

40921,28

Провизор Г.Ф. Каплан dorixonasi

8

3

19001

12052,01

12939,28

И.И. Краузе
dorixonasi

5

2

19374

12815,19

5503,96

Кобильницкий dorixonasi

5

2

10890

1993,41

6310,37

Циперсон
dorixonasi

2

2

3072

2014,65

2820,75

Головач
dorixonasi

3

1

10009

5856,16

3388,61

Веркуцкий
dorixonasi

2

2

5285

3188,99

4662,10

Морголин
dorixonasi

2

1

3535

2141,89

2618,07

Шелигран
dorixonasi

3

1

5178

3197,19

1984,96

Ляшевский
dorixonasi

2

2

7174

3685,23

4037,78

Мовшович
dorixonasi

2

2

6570

3900,01

2554,92

Гольдберг
dorixonasi

2

1

541

382,21

2500

Farg‘ona viloyatida 13 ta dorixona bo‘lib, shulardan 9 tasi shaharlarda: Qo‘qonda – 2 ta, Andijonda – 2 ta, Namanganda – 2 ta, Farg‘onada – 1 ta, Marg‘ilonda – 1 ta, O‘shda – 1 ta, 4 tasi esa Chust, Asaka, Shahrixon, Jalolobod qishloqlarida joylashgan edi.


Samarqand viloyatida 10 ta dorixona bor edi, shulardan 4 ta dorixona shaharlarda, 6 tasi qishloqlarda joylashgan edi.
Buxoro shahrida – 3 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 ta, Qashqadaryo viloyati Bekbudi shahrida – 1 ta dorixona bo‘lgan.”
“1920 yilning sentyabr' oyidan boshlab, shaharning markaziy dorixonasi dori-darmon saqlanadigan omborxona vazifasini ham bajargan. Barcha turdagi dorilar va boshqa tibbiyot mollari shu markaziy dorixonada mujassamlangan edi. Boshqa hamma dorixonalar dori va boshqa mollarni farmasiya bo‘linmasi ruhmsati bilan shu yerdan olishgan.
O‘lkadagi iqtisodiy tangliklar va mamlakatning “Yangi iqtisodiy siyosat” (NEP)ga o‘tishi munosabati bilan dorixonalar ishini yangicha tashkil qilishni taqozo qilar edi.
1922 yil 1 avgustda Toshkent shahrida Turkiston ASSRning Sog‘liqni saqlash halq komissariyati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil etildi.
1924 yil 27 oktyabr' oyida O‘zbekiston SSR tashkil topdi, 1925 yilning fevralida esa Sog‘liqni saqlash xalq komissariyati qoshida Dorixona boshqarmasi ochildi. Unga xo‘jalik hisobidagi 34 dorixona, markaziy dorixona omborxonasi, nazorat-tahlil laboratoriya va galen-qadoqlash laboratoriyasi kirar edi.
Dorixonalar tizimi taraqqiy etishi natijasida 1938 yili Dorixona boshqarmasi O‘zbekistonning Bosh dorixona boshqarmasiga aylantirildi.
Dori-darmon xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida, O‘zbekistonda, qishloq tibbiyot muassasalari qoshida 1938 yildan boshlab dorixona punktlari tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172 ga yetdi. 1940 yilning oxirida O‘zbekistonda 172 dorixona, 398 dorixona punktlari, 20 dorixona do‘konlari, 76 dorixona kiosklari, 5 omborxona, 6 nazorat-tahlil laboratoriyasi va bitta galen-qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi.”
“1942 yilning oxirida O‘zbekistonda 113 ta evakuasiya gospitali joylashgan edi.
Urushning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Dorixonalari bosh boshqarmasi o‘z ishini xarbiy holatga moslashtirdi. Urushgacha O‘zbekistonda kimyo-farmasevtika sanoati bo‘lmagan edi. Zudlik bilan mahalliy resurslardan dori-darmonlar ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Tez fursatda kimyogar olimlar kam uchraydigan materiallar o‘rnini bosuvchi va turli chiqindi materiallaridan qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini topdilar. Dorixonalar boshqarmasi korxonalarida turli xil sanoat chiqindilari, yarim tayyor mahsulotlar va o‘simliklar xom ashyosidan bir qator dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chi Dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi ishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Urush yillari xarakatdagi harbiy qismlarga 392,7 tonna narkoz uchun efir, 18,7 ming tonna gips, 166,7 ming tonna xo‘jalik sovuni, 46,6 ming sanitariya palatkalari, 9630 dezinfeksiya vositalari va boshqalar yetkazib turildi. Ushbu tibbiy yordamga O‘zbekiston farmasevt-olimlari ham o‘z ulushlarini qo‘shishdi. Hususan, 1942 yilning boshida Toshkentda dezinfeksiya vositalari ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi. So‘ngra galen farmasevtik laboratoriya asosida Toshkent kimyo-farmasevtika zavodi tashkil etildi, unda narkoz uchun efir, xlorid kal'siy, kofein-benzoat natriy, fitin, glyukoza poroshogi, keyinchalik xolosas, astmatol, qora qand (barbaris) ekstrakti ishlab chiqraish yo‘lga qo‘yildi. Maxalliy sanoatda gips, shina, qo‘ltiqtayoq, sanitariya zambillari ishlab chiqarildi.
O‘rta Osiy universitetining kimyo fakul'tetida urush davri tibbiyoti uchun zarur bo‘lgan narkoz efiri, xlorli kal'siy, kofein, streptosid, sul'fisin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand viloyatida yodning spirtli eritmasi, yalpiz, valeriana, evkalipt, ermon nastoykalari, nao‘atir anis tomchisi, kamfora, ixtiol va Vil'kinson surtmasi, ruxli, borli, skipidarli malhamlar, kamforaning moyli eritmasi, xantal, chumoli, sovun spirtlari va lakrichniy kukun dorilari va boshqalar ishlab chiqarildi.
Urush yillari Respublika dorixonalar Bosh boshqarmasi aossiy e'tiborni harbiy evakogospitallar, bolalarni davolash muassasalari va sanoat korxonalarining tibbiyot-sanitariya bo‘limlarida ochilgan dorixona va uning shahobchalarini dorilarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga qaratdi.
1942 yil 28 avgustda “Pravda Vostoka” gazetasi Toshkent farmasevtika institutining xodimlari mahalliy xom ashyodan 15 ta yangi dori preparatlarini ishlab chiqarishga topshirdilar, deb yozgan edi.
Urush yillari kimyo-farmasevtika vositalarining tanqisligini inobatga olib Ittifoq Sog‘liqni saqlash vazirligi uni o‘simliklar xom ashyosi bilan to‘ldirishni ma'qul deb topdi.
Respublika Fanlar Akademiyasi akademigi S.Yu. Yunusov rahbarligida o‘zbekiston alkoloidli o‘simliklarning hususiyatlarini o‘rganish yuzasidan katta ishlar olib borildi.
Respublika botaniklari yovvoyi tarzda o‘sadigan kauchukli o‘simliklarning boy changalzorlarini topdilar, bedadan va sholining tozalash sanoati chiqindilaridan vitaminlar olish usullarini ishlab chiqdilar. Yengil sanoatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradigan o‘simliklar xom ashyosi bo‘yicha ma'lumotlarni umumlashtirdilar.
“Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda dorixonalar tizimi tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Faqt 1959-1975 yillar mobaynida respublikamizda 888 ta yangi dorixonalar ochildi, ulardan 652 tasi qishloq joylarda edi.”
Yangi dorixonalar asosan namunali loyihalar asosida qurilib, 1971 yildan 1977 yilgacha Respublikamizda 140 namunali dorixona qurilib foydalanishga topshirilgan, 130 dorixona yangitdan ta'mirlangan binolarga ko‘chirildi.
1981 yil boshlarida, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi dorixonalar Bosh boshqarmasi tizimida 1500 dorixona (ulardan 1016 dorixona qishloq joylarda), 25 dorixona do‘konlari, 14 dorixona omborxonalari va 14 nazora-tahlil laboratoriyalari mavjud bo‘lgan [6].
Dorixona tarmoqlarini yanada rivojlantirish va dori-darmon yordamining siqatini oshirishda, farmasevt kadrlarni tayyorlab berish xal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunonchi, 1958 yilda Respublika dolrixona tizimida 1490 farmasevt faoliyat olib bordi. Ulardan 553 nafari oliy ma'lumotli farmasevt edi.
1981 yilga kelib, O‘zbekistonda 3150 oliy ma'lumotli va 2970 o‘rta ma'lumotli farmasevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar.
1984 yildan boshlab har bir rayonda markaziy rayon dolrixonasi tashkil qilindi. Shu jumladan, Toshkentda 9 ta Markaziy rayon dorixonalari barpo etildi.
1987 yili respublikamizda 1995 ho‘jalik hisobidagi dorixona. Shu jumladan 1333 qishloq joylarida va 6477 dorixona filiallari mavjud bo‘lgan.
1988 yil Respublikaning Bosh dorixona boshqarmasi “Farmasiya” Respublika ishlab chiqarish birlashmasiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin, dorixona korxonalarining ish faoliyati tubdan o‘zgara boshladi. Dorixona faoliyatini tartibga soluvchi, O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmasevtik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan, hukumat tomonidan, dori-darmonlar muomalasini tartibga soluvchi va dorixona faoliyatini bir tizimga keltiruvchi, bir qator farmonlar qabul qilindi.
1994 yil 11 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli dorixonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xusussiylashtirish to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori qabul qilindi.
Xususiylashtirishning boshida O‘zbekistonda 2552 davlat dorixonalari faoliyat ko‘rsatgan. 1994 yilning oxirida, shular asosida, 352 kasalxona ichidagi dorixonalar, 239 ochiq aksiyadorlik jamiyati, 290 jamoa dorixonalari va 1059 xususiy dorixonalar tashkil qilindi. 1995 yili O‘zbekistonda 2571 farmasevt faoliyat olib borgan. 1996 yilga kelib, ularning soni 3980 dan oshib ketdi.
1992 yili O‘zbekistonda farmakologiya va farmakopeya qo‘mitalari tashkil qilindi. Ularning faoliyati tibbiyotga zarur bo‘lgan uskunalarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. 1993 yili “O‘zfarmsanoat” konserni tashkil etildi.
1996 yilga kelib Respublikamizda 2200 dorixona hususiylashtirildi, 839 dorixona aksionerlik jamiyatiga aylantirildi.
2002 yilga kelib, farmasevtik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun, 3945 yuridik shaxslarda lisenziya bo‘lgan. Shu jumladan, 61 ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji muassasalar 171, 3712 dorixona va 1286 dorixona filiallari.” (Farmasevtika jurnali, №1, 2009 yil).

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə