O‘zbekistonda farmasevtika tarmog‘ini rivojlanish asoslari reja


Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə6/10
tarix22.03.2024
ölçüsü121,5 Kb.
#181773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mutaxassislikkakirish

Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi
Qadimgi Misrda tibbiyot holati haqidagi bilim manbalari bizning davrimizgacha yetib kelgan 9 ta papiruslar, sarkofaglar, piramidalar, ibodatxonalar ustunlari va turli xil madaniyat yodgorliklaridagi ieroglif yozuvlari bo‘lgan. Tibbiy-gigienik xarakterdagi ba'zi ma'lumotlar, shuningdek, tibbiyotning rivojlanish darajasi va qadimgi Misrda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi to‘g‘risida bilvosita dalillar diniy, hukumat va diplomatik hujjatlar, adabiy asarlarda mavjud.
Har xil kasalliklar va ularni davolash haqida ma'lumot bir qator papiruslarda mavjud. Hozirda Leypsig universitetida saqlanayotgan Misrdan topilgan Ebers papirusi alohida ahamiyatga ega. Papirus har biri 22 qatordagi yozuv bo‘lgan 110 betdan iborat bo‘lib, "Tananing barcha qismlari uchun dorilarni tayyorlash kitobi" degan yozuv mavjud. Ebers papirusi miloddan avvalgi XVII asrda tuzilgan. Ushbu misrliklar tibbiyotidagi darslikda taxminan 800 resept mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi qusish, ichakni bo‘shatish, siydik ajratish, terlash, kekirish va gaz chiqarishni chaqiruvchi vositalari to‘g‘risidagi ma'lumotlardir.
Miloddan avvalgi 3 - 4 ming yillar davomida qadimgi misrliklarda, dori vositalarini tayyorlash huquqi faqat ruhoniylarning eng yuqori qatlamiga mansub kishilarda bo‘lib, ularning e'tiqodlari bo‘yicha barcha davolash ishlari “tot” xudosi homiyligida olib borilgan va uni “farmaki”, ya'ni "qutqaruvchi", "himoyachi", "davolovchi" deb nomlangan. “farma” o‘zagiga ega bo‘lgan so‘zlar aynan shu davrda hosil bo‘lgan va bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Misrliklar orasida dorilarni tayyorlash nisbatan yuqori darajada bo‘lgan. Misrliklar, ayniqsa yiringlashga qarshi, teriga surtiladigan va kosmetik mahsulotlarni juda yaxshi tayyorlashgan.
Qadimgi Misrda teri kasalliklariga qarshi ishlatiladigan katta miqdorda vositalar tufayli, u yerni tibbiyot tarixchilari dermatologiyaning tug‘ilgan joyi deb hisoblashadi. Misrliklar hozirda ham tayyorlanayotgan pilyulalar, damlamalar, qaynatmalar tayyorlashni, o‘simliklar sharbatini siqishni, surtmalar, plastirlar, chekish vositalarini, malhamlarni, bug‘lashlarni tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, ularning afyun, kastor yog‘i, yong‘oq, archa yog‘i, pivo xamirturushi, mirta, sharob va hokazolardan foydalanishganligi haqida ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan.
Qadimgi Misr kosmetikaning tug‘ilgan joyi hisoblanadi. Qadimgi misrlik kosmetikalarning yuqori chidamlilikka ega ekanligi, terini bezovta qilmaganiga va ba'zi holatlarda yallig‘lanishga qarshi va fotoprotektiv ta'sirga ega ekanligiga guvohlik beradigan yozuvlar bizgacha yetib kelgan.
Jarrohlik amaliyoti yuqori rivojlangan. Qadimgi Misr shifokorlari zamonaviy shinalar, longetlar va hattoki gipsli bog‘lamlarga o‘xshash vositalardan singan suyaklarni davolashda foydalanishgan. Ma'lumki, qadimgi Misrda amputasiya, bosh suyagi trepanatsiyasi, kataraktani olib tashlash, umurtqa suyagi, eshitish organi jarrohliklari va boshqalar o‘tkazilgan. Operatsiya davomida og‘riq qoldiruvchi vositalar ishlatilgan. Qadimgi Misr shifokorlari yaralarning infeksiyasi xavfli ekanini bilishgan va yallig‘lanishli hodisalarga qarshi kurashishga urinishgan, jarohatlarda tol daraxti barglarini yopishgan va yallig‘lanish jarayonini kuydirish orqali oldini olishni tavsiya qilganlar.

Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə