1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


VI- MODUL. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

VI- MODUL.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 
STANDARTLASHTIRISH VA SIFATINI TA‟MINLASH TIZIMLARINING 
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO„LLARI
6.1 Standartlashtirish va sifatni ta‟minlash tizimini takomillashtirish 
yo„llari 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
tajribasi 
shuni 
ko‗rsatadiki, 
mamlakatda 
standartlashtirishni muntazam ravishda rivojlantirib va takomillashtirib borilishi aholi 
sog‗ligi, uning mol-mulki va atrof-muhitni har qanday salbiy ta‘sirlardan himoya 
qilishda va aholining moddiy hamda ma‘naviy farovonligini oshirishida muhim 
ahamiyat kasb etar ekan, haqiqatdan ham standartlashtirish, yuqorida ko‗rsatib 
o‗tilganidek, mahsulot (xizmat)ning aholi hayoti, sog‗ligi, mol-mulki va atrof-muhit 
uchun xavfsizligini ta‘minlashda, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikda 
uchraydigan texnik to‗siqlarni bartaraf etishga, hamda mamlakatimizda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‗rsatilayotgan xizmatlarni ichki va tashqi 
bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan eng samarali vosita 
hisoblanadi. Demak, standartlashtirish va sifatni ta‘minlash tizimlarini rivojlantirish 
va takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega ekan. Shu sababli «O‗zdavstandart» 
markazi va uning vorisi bo‗lgan «O‗zstandart» agentligi, vazirliklar, standartlashtirish 
bo‗yicha texnik qo‗mitalar, tayanch tashkiloltlar respublikamizda milliy 
standartlashtirish tizimini barpo etish va standartlashtirish infrastrukturasini 
shakllantirish bo‗yicha ma‘lum darajada ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Buning 
natijasida respublikamiz va xalqaro tajribaga asoslangan standartlashtirishni 
boshqarishning o‗ziga xos modeli yaratildi. 
Mamlakatda milliy standartlashtirish va sifatni ta‘minlash tizimlarini isloh qilish 
1997 yildan boshlangan va u O‗zbekiston hamda Jahon savdo tashkiloti bilan 
savdodagi texnik to‗siqlar bo‗yicha tuzilgan bitim bilan bevosita bog‗liq. Isloh 
qilishning asosiy maqsadi esa, respublikamizni Jahon Savdo Tashkilotiga teng 
huquqli a‘zo bo‗lib kirishiga tayyorlashdan iborat. 
Shu narsani alohida ta‘kidlab o‗tish joizki, Yevropa Ittifoqi eksperti o‗zining 
hisobotida respublikamizning standartlashtirish bo‗yicha qonunlari Jahon Savdo 
Tashkiloti (JST) va Yevropa Ittifoqining qonunlariga to‗liq muvofiqlashtirilmaganligi 
ko‗rsatib o‗tilgan. Shuning uchun respublikamizning amaldagi qonunlariga JSTning 
asosiy tamoyillari va me‘yoriy hujjatlaridagi farqlarni hisobga olgan holda 
o‗zgartirishlar kiritilishi kerakligi ta‘kidlab o‗tilgan. 


141 
Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi ekspertining ko‗rsatib o‗tgan kamchiliklari 
bo‗yicha 
respublikamizning 
amaldagi 
qonunlariga 
standartlashtirish, 
sertifikatlashtirish tizimlarining asosiy qoidalariga qo‗shimchalar kiritilgan. 
Standartlashtirish va sifatni ta‘minlash tizimlarini takomillashtirish xalqaro 
savdodagi to‗siqlarni bartaraf etish, mamlakat eksport imkoniyatlarini kengaytirish, 
xalqaro standartlarni qo‗llash va ularning talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar 
yaratib beradi. 
Demak, 
mamlakatimizda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
raqobatbardoshligini oshirishda xalqaro standartlar bilan bir qatorda milliy 
standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy hujjatlarni yetakchi chet el mamlakatlarining 
me‘yoriy hujjatlari bilan ham uyg‗unlashtirishni taqoza etadi. Buning uchun 
«O‗zstandart» agentligi xalqaro va yetakchi chet el mamlakatlarining 
standartlashtirish tashkilotlari bilan standartlarning qo‗llanilish qonuniyligi va ularga 
kiritiladigan o‗zgartirishlarni bir-biriga muntazam ravishda taqdim etilishi to‗g‗risida 
ikki va ko‗ptomonlama bitimlar tuzishi kerak bo‗ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə