Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
2.3.Pedagogning

 
Kompetentlik
(bilimdonlik) – (1) u yoki bu savolning javobidan xabardorlik; 
(2) ishda kerakli natijalarni qo„lga kiritish yuzasidan zarur qarorlarni qabul qila 
olish qobiliyati. 
Kompetensiya shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar majmui 
bo„lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo„lida xodimning o„z 
faoliyatini 
amalga 
oshirishida 
qanday 
darajadagi 
muvaffaqiyatlarga 
erishayotganligini aniqlashimiz mumkin. Kompetensiyalarning mavjudligi odatda, 
shaxs xulq-atvorini o„lchovchi (indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali 
qayd qilinadi (yaxshi shakllangan xulqiy malakalar). 
Ko„pincha kundalik muloqotda biz “kompetensiya” yoki “bilimdonlik” 
tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, “professional kompetensiya” 
tushunchasi ko„proq diqqatni tortadi. Lekin, ba‟zan insonlar bilan ishlash borasida 
“kommunikativ kompetensiya” tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o„zgalar 
bilan til topisha bilish, o„z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini 


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
32-
 sahifa
 
boshqalarga etkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog„lanadi. 
Umuman olganda, kompetensiya 
muayyan shaxs
doirasida o„rganilganda, 
insonning rivojlantirishi zarur bo„lgan kuchli tomonlarini, sifatlarini yuzaga 
chiqarishda va ishni eng yaxshi, samarali bajarish mumkin bo„lgan usullarini 
aniqlashda yordam bersa, 
tashkilot
miqyosida esa hamkasblarni o„qitishga bo„lgan 
ehtiyojlarni va berilgan maslahatlar natijasida to„lmay qolgan “bo„shliq”larni 
to„ldirishda asqotadi. 
Pedagogning kompetensiyasi
Mehnat bozorining o„zgarib borishi, taraqqiyot jadallashuvi, axborot muhiti 
glabollashishi 
ta‟sirida 
maktab 
bitiruvchisiga 
qo„yilayotgan 
talablar 
murakkablashib boraveradi. SHu nuqtai nazardan, zamonaviy maktab o„z 
faoliyatini tashkil etishda nafaqat bugungi davr talablarini inobatga olishi, balki 
ta‟lim oluvchilarni ertangi kun talablariga ham tayyorlashi zarur.
Albatta, XXI asrning ikkinchi yarmida hayot qanday kechishi, qanday 
bilimlar kerak bo„lishini shiddat bilan rivojlanib, o„zgarib borayotgan zamonda 
aniq prognoz qilish qiyin. SHu bois maktab ta‟lim oluvchilariga bilim berish bilan 
birga, ularda mustaqillik, tashabbuskorlik, hamkorlik, vaziyatni real baholay olish, 
mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va undan oqilona foydalanish, tez 
kirishuvchanlik xususiyatlarini shakllantirib, har qanday o„zgarishlarga konstruktiv 
moslasha olish qobiliyatini rivojlantirib borish lozim.
Oldimizda turgan bu dolzarb vazifa mustaqil hayotiy pozitsiya, ijtimoiy 
faollik, yuksak aqliy va ma‟naviy salohiyatni shakllantirishga qaratilgan shaxsga 
yo„naltirilgan ta‟limni hayotga yanada kengroq tatbiq etishni taqazo etadi. 
Buning uchun jismoniy tarbiya va sport ta‟limi muassasalarida faoliyat olib 
borayotgan 
har 
bir 
jismoniy 
tarbiya 
fani 
o„qituvchisining tayanch 
kompetensiyalarga ega bo„lishi o„ta muhim jarayondir.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə