Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78
2.3.Pedagogning


Kompetensiya

tushunchasi lotincha 
competere 
degan so„zdan olingan 
bo„lib, 
mos kelmoq 
ma‟nosini beradi. 
Kompetensiya
– olingan nazariy bilim, amaliy ko„nikma, malaka va shaxsiy 
fazilatlar majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo„llay olish layoqati. 
Kompetentlik 
(lotincha “competens” – “layoqatli”, “qobiliyatli”) deganda 
shaxs bilim, ko„nikma va tajribalarining ijtimoiy-professional mavqei va o„ziga 
tegishli vazifalarni bajarish, muammolarni hal qilishga qodirligi hamda haqiqiy 
moslik darajasi tushuniladi.
Kompetentlik – 
aniq vaziyatda kompetentni namoyon qilish hisoblanadi.
 
Kompetentlik tarkibiga mustaqillik, tashabbuskorlik, hamkorlik, vaziyatni real 
baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va undan oqilona foydalanish 
xususiyatlari ham kiradi. Demak, kompetensiyaviy yondashuv bilim, ko„nikma va 
malakani inkor etmagan holda, egallangan bilimlarni amalda qo„llay olish 
qobiliyatini rivojlantirishga katta e‟tibor qaratadi. 
Kasbiy kompetensiya – 
kasbiy faoliyatga oid masalalarni amaliy tajriba


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
33-
 sahifa
 
bilim va ko„nikmaga tayanib muvaffaqiyatli xal eta olishga qaratilgan faoliyat. 
Boshqacha qilib aytganda
kompetensiya
– zarur (ko„zlangan) natijaga 
erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat. 
Tushuncha va tasavvurlar shaklidagi insonning bilish faoliyatining 
tuzilmasidan farqli o„laroq, kompetensiya faoliyat jarayonida namoyan bo„ladi va 
aniqlanadi.
Amalda 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə