"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


muammosini anglab yetib va undan iloji boricha tezroq xoli bo`lish istagi paydo  bo`lgan holatdagina yordam bera oladi.  Agarda



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

muammosini
anglab yetib va undan iloji boricha tezroq xoli bo`lish istagi paydo 
bo`lgan holatdagina yordam bera oladi. 
Agarda
mijoz o`z muammosini yaxshi 
tushunsa, lekin o`z psixo- logiyasini o`z xulqini o`zgartirishni xoxlamasa unda 
bunday odamga hatto tajribapi psixolog-maslahatchi ham yordam bera olishi 
qiyin bo`ladi. 
Mijoz yordam so`rab murojaat etgan psixolog-maslahatchi psixologik maslahat 
o`tkazish tajribasiga va kerakli kasbiy psixologik tayyorgarlikka ega bo`lishi 
kerak. SHu sababli psixologik maslahat vrach amaliyotiga o`xshab ketadi. 
Psixolog-maslahatchidan vrach kabi birinchi navbatda mijozga zarar yetkazib 
qo`ymasligi va maslahat muvaffaqiyatli o`tishi uchun qo`lidan kelgan barcha 
harakatlarni qilishi talab etiladi. 
Psixologik maslahat uchun sarflanadigan vaqt ancha uzoq davom etadigan 
bo`lishi kerak. Bu vaqt davomida psixolog-maslahatchi mijozni bezovta 
qilayotgan muammoni oxirigacha tushunib olishi va muammoni hal etish eng 
to`gri yo`lini topishi hamda mijozning o`zi bilan bu muammoni muvaffaqiyatli 
hal etishi kerak. Bu yerda muammoni hal etish uchun yo`naltirilgan harakatlarni 
nazorat qilish, olingan natijalarga baho berish va boshlangan ishni oxirigacha 
yetkazish, ya’ni mijozni ham psixolog-maslahatchini ham to`la qoniqtiradigan 
natijaga erishish uchun kerak bo`lgan vaqt ham ko`zda tutiladi. 
Ba’zan psixologik muammoni hal etish maslahatdan ijobiy natija 
olinmagandek yoki olingan natija mijoz kutgandek emasday tuyuladi. Psixolog 
esa o`zi tomonidan ish to`g`ri bajarilgan va keraqli natija yaqqol ko`rinib turibdi, 
deb ishonishi mumkin. Bunda psixolog-maslahatchi oldida qo`shimcha, mijozga 
muammo ancha qoniqarli hal etilganligini isbotlash vazifasi yuzaga keladi. 
Ba’zan esa aksincha bo`ladi, mijoz ish yaxshi bajarildi deb o`ylaydi, psixolog-
maslahatchi esa boshlangan ish ham oxiriga yetkazilmagan deb hisoblaydi. 


Ushbu holatda psixolog-maslahatchi bunga mijozni ishontirishga va muammo 
to`la hal etishi uchun qo`lidan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishga harakat 
qilishi talab etiladi. 
Agarda psixologik maslahat muddatdan oldin, ya’ni kerakli natija olishdan 
oldin to`xtatilgan bo`lsa, bunda psixolog-maslahatchi bu haqida mijozni 
ogohlantirishi kerak. 
Mijoz psixolog-maslahatchidan olgan tavsiyalariga to`la amal qilishi kerak. Aks 
holda mijozning muammosi hal qilishi qiyin bo`ladi va maslahatchining mijozga 
tavsiyalari uning uchun harakat qilishga ko`rsatma emas, balki faqatgina 
to‘liqligicha qoladi. 
Psixologik maslahat qulay sharoitlarda o`tkazilishi kerak. Bu vaziyat qanday 
bo`lishi kerakligi to`g`risida keyinchalik to`xtalib o`tamiz. Hozir esa ko`pchilik 
hollarda psixologik maslahat maxfiylik holatida o`tkazilishi keraqligini, u 
psixolog-maslahatchi va mijozni uzoqlash- tirishi emas, balki yaqinlashtirishi 
kerakligini, mijozdagi keskinlikni yo`qotish psixolog-maslahatchi bilan ochiq-
oydin munosabatda bo`lishga imkon beradigan bo`lishi keraqligini aytib o`tamiz. 
Nazorat savollari. 
1.
Individual psixologik konsultatsiya nimani o’rganadi? 
2.
Mijoz bilan ishlash necha bosqichda amalga oshiriladi? 
3.
Psixolog-maslahatchi konsultatsiya jarayonida nimalarga e’tibor berishi 
kerak? 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə