"psixologiya" kafedrasi "individual va guruhiy konsultantsiya"


-Mavzu: Psixologik muammo



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/74
tarix17.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#149844
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi f

 
2-Mavzu: Psixologik muammo. 
Reja: 
1.Konsultativ vazifalar. Psixologik talab.
2.Muammoli vaziyat va patsientning shikoyatlari tahlili. Tipik talablar 
klassifikatsiyasi.
3.Ilk bolalik davri konsultatsiyasiga xos talablar.
4.Talabalarga psixologik xizmat ko`rsatishga oid talablar.
5.Psixologik diagnoz muammolari.
6.Psixoterapevtik masalalarni ifodalash.
Tayanch iboralar: O`smirlik davri konsultatsiyasi, talabalarga psixologik xizmat, 
katta yoshdagilar konsultatsiyasi, muammolarni identifikatsiyalash. psixologik 
diagnoz muammolari. psixoterapevtik masalalarni ifodalash.
Psixologik muammo. Konsultativ vazifalar. Psixologik talab. Muammoli vaziyat 
va patsientning shikoyatlari tahlili. Tipik talablar klassifikatsiyasi. 
 


Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi 
maqsadlari ko`zlaydi: 
Munozarada yuzaga kelgan muammoni zudlik bilan hal etishda unga 
yordam 
ko`rsatish. 
Odamlarda 
ko`pincha 
darhol 
aralashish, 
kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz hal etish uchun ko`p 
vaqt, kuch va vositalarni sarflash imkoniyatiga ega bo`lmagan yechimlarni 
talab etuvchi muammolar yuzaga keladi. Bunday muammolarni odatda 
operativ deb ataydilar va kerakli yechimlar ham shunday deb ataladi. 
Operativ muammolarni hal etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan 
psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan 
o`zaro munosabatlarda jiddiy nizo lar yuzaga kelishi, ularni vaqtida hal 
etilmasligi bola jismoniy va psixik sog`ligiga juda katga salbiy ta’sir etishi 
mumkin. Biror bir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol hal etilishi kerak 
bo`lgan muammo paydo bo`lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga 
belgilangan o`zining bevosita boshlig`i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida 
ular o`rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zarur bo`ladi. Misol: 
oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat » 
yoki 
qarindoshlardan biri bilan munosabati keskin yomon lashadi. Mana shu 
sababli oilada og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan keskin vaziyat 
yuzaga kelishi mumkin. 
Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o`zi mustaqil hal eta oladigan 
masalalarni yechishda, ya’ni odatda maxsus professional psixologik bilimlar 
kerak bo`lmagan faqatgina muloqot, sog`lom mazmunga asoslangan hayotiy 
maslahat kerak bo`lgan masalalarni hal etishda yordam ko`rsatish. Masalan, 
mijoz uchun mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi turli 
faoliyatlar o`rtasida vaqtni to`gri taqsimlash shunday muammo hisoblanishi 
mumkin. 
Mijoz o`z muammosini to`gri tushunib, umuman uni o`zi xal etishga tayyor 
bo`lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o`zining to`g‘ri yo`l tutayotganiga 
to`la ishonchi bo`lmagan hollarda, shunday holatda psixologik maslahat davomida 
mijoz psixolog-maslahatchi bilan muloqot natijasida ular tomonidan professional 
va ruhiy qo`llab quvvatlanadi, bu esa unda o`ziga ishonchini kuchaytiradi. 
Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bo`lmagan, chunki vaziyat uning 
imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo`lsa ham mayli juda oz va 
samarasi yetarli bo`lmagan yordam ko`rsatish kerak bo`lgan hollarda, psixologik 
maslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: 
A)
Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish. 


B) Mijozda yuzaga kelgan muammoning mohiyati to`g‘risida, uning jiddiyligi 
darajasi haqida unga tushuntirib berish, mijozni muammo bilan tanishtirish. 
B)
Mijoz paydo bo`lgan muammoni mustaqil hal eta olishi mumkinligini 
aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz shaxsini o`rganishi. 
G) Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yo`lini ko`rsatish bo`yicha 
mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish. 
D) Mijoz o`z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida mijozga 
qo`shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam ko`rsatish. 
E) Mijozga kelajakda shu kabi muammolarni yuzaga kelishining oldini olishni 
o`rgatish, psixoprofilaktik vazifasi. 
J) Psixolog-maslahatchi mijozga uning o`zi qo`llashi mumkin bo`lgan oddiy, 
hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish. 
Aytib o`tilgan vazifalarni har birini ko`rib chiqamiz. 
Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt 
kuzatib psixolog-maslahatchi uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat 
ekanligi to`grisidagi xulosaga kelishidan iborat bo`ladi. Ba’zida uning xulosalari 
umuman mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa mos kelmaydi. 
Xulosalar mos kelmagan xolda psixolog-maslahatchi mijozga u - maslahatni 
nima uchun dastavval mijozning o`zi o`ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana 
shu xulosaga kelganligini tushuntiradi. 
Mijozga muammoni tushuntirish aynan mana shundan iborat bo`ladi. SHunday 
tushuntirish davomida psixolog- maslahatchi uning muammosi nimadan iborat 
ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo 
yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham 
ko`rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga 
oshiriladigan qadam - bu mijoz shaxsini psixologik o`rganish hisoblanadi. Buni 
o`rganmay turib birinchidan - mijozning o`z muammosini to`la, chuqur tushunib 
yetishga, ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib 
bo`lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning 
muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga 
olish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
SHundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o`zi tushunishi 
va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo`yicha tavsiyalarni ifoda etib 
beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo`lishi hamda 
mijoz tomonidan kerakli ongli nazorat bilan mavjud hayotiy sharoitlarda amaliy 
belgilanishi mumkin bo`lishi kerak. 
Har doim ham mijoz psixolog-maslahatchidan olgan maslahat va tavsiyalarini 
amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko`pincha o`zining tajribasizligi yoki 
bilmasligi sababli xatoga yo`l qo`yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan 


kundalik yordamga muhtoj bo`ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o`zi 
va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to`g`ri hal etish bo`yicha tavsiyalar taklif 
etib, o`zining professional burchini to`la bajardi deb o`ylashi kerak emas. 
Mijozning olgan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash 
ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisobla- nadi. To`g`ri mijoz psixolog-
maslahatchidan olgan tavsiyalarni bajarishni xoxlamasligi ham mumkin. Odamlar 
hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo`ladi-ki, ular takroran yuzaga 
keladi, ularni bir marotaba hal qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga 
kelmasligiga to`la kafolat bo`la olmaydi. SHuning uchun mijoz bilan maslahat 
berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga 
harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Uni hal etib psixolog- maslahatchi mijozning o`zi o`z harakatlari 
bilan hayotida kelajakda shunga o`xshash muammo takror yuzaga kelishining 
oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofilaktik masalani mustaqil 
hal qilishga qodir bo`lishi hamda o`ziga o`zi zarur yordamni ko`rsata oladigan 
bo`lishi uchun maslahatchi- psixolog ba’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun 
kasbiy zarur bo`lmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo`lgan oddiy psix Agarda 
ancha malakali, mas’uliyat bilan va yo`qsak darajada psixologik maslahat berish 
bilan shug`ullanadigan odamni psixolog-maslahatchi oliy va maxsus oliy 
psixologik ma’lumotga ega va bundan tashqari psixolog maslahatchi sifatida 
yetarli amaliy ish tajribasiga ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va 
kerakli sertifikat bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo`lishi mumkin. 
Buni kengroq tushuntirib o`tamiz 
Go`daklik davridan so`ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3yosh) davri 
boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi 
psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini 
bolaning to`g`ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani 
tashkil etadi. Tikka va to`g`ri to`g`ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy 
ravishda yangi maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o`z xatti –
harakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun 
intiluvchan bo`ladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning nihoyatda 
axamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar (m-n R.Zazzo) inson 
tug`ilganidan to yetuklik davrigacha bo`lgan psixik rivojining taxminan o`rtalari 3 
yoshga to`g`ri keladi degan mulohazani beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar 
predmetlarni o`rganish olamiga qadam qo`yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali 
muomala –munosabatda bo`la oladi va elementar a’loqa qoidalariga amal qila 
oladi.Kattalar bilan bo`ladigan muloqot orqali bola atrof xayot xaqida boshqa 
yo`nalishlarga qaraganda 10 xissa ko`proq ma’lumot oladi.Nutq bu yoshda nafaqat 


muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o`z o`zini shuningdek, bilish 
jarayonlarni boshqarish vositasi bo`lib xizmat qiladi. 
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari 
yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga harakat qila olganidan so`ng 
esa uni sinchiklab o`rganishida ko`rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan 
ko`rgazmali harakatli bo`lib, u atrof olamdagi turli bog`liklarni o`rganishga xizmat 
qiladi. O`zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib 
yuborish mumkinligini ko`rgan bola endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib 
ketgan koptokni kaltak yerdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu 
davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o`rin tutadi. Umumlashtirishda 
nutq asos hisoblanadi. Masalan, soat deyilishi bola qo`l soati, osma soat
shuningdek budilpnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bo`lgani sabab 
ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada 
fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi, 2-3 yoshli bolalar 
maolum bir predmetlarni o`rniga ularning o`rnini bosishi mumkin deb hisoblagan 
boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan o`yin jarayonida bola cho`pni 
qoshiq yoki termormetr o`rnida, yog`ochdan krovat yoki mashina o`rniga 
foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o`rnida qo`llash mumkinligini bilish 
bola atrof olamni bilishi, o`rganishidagi axamiyatli burilish hisoblanadi va u 
dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu yeshdagi bolalar endi asta-sekinlik 
bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, xikoyalarni, shuningdek rasmda 
chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak 
qaxramonlarini kimgadir o`xshatishga harakat qiladi, u o`zi mustaqil ertak yoki 
xikoyalarni to`qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy 
funktsiya hisoblanib, u bilishning barcha ko`rinishlarini rivojlanishida ishtirok 
etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni 
o`zlashtirishida avvalo harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu 
borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan 
ixtiyorsiz bo`ladi. Bu davrdagi bolalarga ko`p kitob o`qib berish natijasida ular 
uzun ertak va sheor xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning 
umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham 
dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo`lgan nerv 
sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O`zi va atrof hayot xaqidagi 
voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni xali to`liq ravishda 
xotirasida saqlab qola olmaydi. 
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi. 
 
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan boshlanib to 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu 
davrda bola u maktab o`quvchilariga qo‘yiladigan har xil talablar bilan 
tanishadi,fan asoslarini o`rganish uchun biologik va psixologik jixatdan 


tayyorlanadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq 
muddatli va shartli barqaror bo`ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy 
faoliyati o`qish xisoblanadi. Bolaning maktabga borishi uning psixologik 
rivojlanishi va shaxsning shakllanishidagi o`rni nihoyatda katta Bola o`quv 
faoliyatida O`qituvchi raxbarligi ostida inson ongining turli asosiy shakllari 
mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni o‘rganadi. 
O`quv faoliyatida bola uz irodasini o`quv maqsadlariga erishish uchun mashq 
qildiradi. O`quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakko`rini 
keraqli darajada rivojlanishini talab etgan xolda, bola shaxsi rivojlanishi uchun 
yangi sharoitlarni yaratadi.
Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Birinchi 
bor maktabga kelgan bola uz atrofidagilar bilan psixologik jixatdan yangi 
munosabat tizimiga o‘tadi. U o`zining hayoti tubdan o`zgarganini. unga yangi 
majburiyatlar nafaqat har kuni maktabga borish, balki o`quv faoliyati talablariga 
bo`ysunish xam yuklatilganligini xis eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o`quv 
faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek. uni nazorat qilayotganligi, 
unga qilinayotgan yangi shakllaridagi muomala munosabat uning ijtimoiy mavqei 
o`zgarganligini to‘la xis etishiga, o`ziga nisbatan munosabatining o`zgarishiga asos 
bo`ladi. Kattalar bolalarni seminar jixatdan o`z vaqtlarini to`g`ri taqsimlash 
borasida yaxshi o`qish, o`ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan 
shugullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan xisoblashishadigan, 
maslaxatlashishadigan yangi bir o`rinni egallaydi. O`quvchining maktabdagi 
muvafaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to`liq ijobiy 
asos bo`ladi.
 
Odatda maktabda borish bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar va muammolar 
quyidagilardan iborat. 
1. Yangi o`quv tartibi bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar. Bunday qiyinchilik 
ko`prok maktabgacha tarbiya muassasalariga bormagan bolalar uchun xosdir. 
2. Bolaning sinf jamoasiga moslashuvdagi qiyinchilik. 
Bu xolat bolalar jamoalariga yetarli darajada ishtirok etmaganlarda ko`proq 
uchraydi. 
3. O`qituvchi bilan o`quvchi munosabatlarida yuzaga keladigan qiyinchiliklar. 
4. Bolaning oilaviy sharoiti o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan kiynchiliklar. 
Bu qiyinchiliklar bola rivojlanishning yangi ijtimoiy sharoitlarida asta - sekin 
o`z ifodasini topadi.
Ta’limdagi qiyinchiliklarning alohida olingan sabablaridan kelib chiqib ularni 
taxlil qilish “O‘zlashtira olmagan” materiallarni masalan, yozuv yoki o`qishni 
bosh asos qilib olish, keyin esa ularni keltirib chikaraetgan omillarni ko‘rib 
chiqish mumkin. Asosiy murakkablik shundaki, bir xil qiyinchilikning sababi turli 


iboralarda turlicha bo`lishi mumkin. Bolaga yondashishning eng maqsadga 
muvofik yo`li bu ta’limning turli bosqichlarda ro‘y beruvchi qiyinchiliklarda 
bolaning funktsional xolatini va rivojlanishining shaxsiy xususiyatlarini xisobga 
olishdan iboratdir.O`qituvchi bolalarda uchraydigan har qanday qiyinchilikni uning 
o`zlashtirishi bilan bog‘laydi. Bunda bolani baxolash odatdagidek o`ziga xos 
shaklda bo`ladi, a’lochi demak, yaxshi o`quvchi , 2 olsa yomon o`quvchi.
Mazkur shaklda xos choralar ko‘rilgan. Masalan,maktabda yomon o`zlashtirgan 
o`quvchining ota - onasi chaqirtiriladi,gazablangan o`qituvchi ularga o`z 
farzandlariga yomon qarayotganliklarini , yomon tarbiya berayotganliklarini ular 
bilan kam shugullanayotganliklarini aytib noliydi. Yana xam achinarlisi 
o`qituvchi sinf oldida yuqori ovoz bilan bolani so‘kadi va kamsitadi. Ko`pchilik 
xatoni eng tajribali o`qituvchilar xam o`zlashtirmasligi sababini o`quvchining 
dangasaligi, noshudligi, tarbiyasizligi bilan baxolashga o`rinadilar. O`qituvchi 
o`zlashtirmaslikning xaqqiy sabablari to`grisida kamdan kam o`ylaydi va tabiiyki, 
uni bartaraf qilishning o`ziga xos chora tadbirlarini izlaydi. SHuning uchun quyida 
maktab psixologining boshlangich sinf o`quvchilari bilan amalga oshirish 
mumkin bo`lgan psixologik tuzatish ishlarininng ayrim jixatlarini kurib chiqamiz.
Misol tariqasida Ye.L.Yakovleva tomonidan taklif etilgan tuzatish dasturini xavola 
qilamiz. Yozilgan so`zlarni taxilil qilish, ulardagi harflarni ko`rish uchun
bolalarga diqqat qilish o`yinlari taklif qilinadi. Bu o`yin asosida sinash, tuzatish 
testi yetadi. Buning uchun katta shrift harflarida bosilgan eski ertak kitoblari 
olinadi. Bolalarga 5 min davomida uchragan a harfini chizish taklif etiladi. Bunda 
bola 4 va undan ortiq a harfini qoldirsa yutqazadilar, agar kam qoldirsa yutadilar 
degan shart qo‘yiladi. Yutganlar ragbatlantiriladi. O`yin har kuni o‘ynagan 
ma’qul, yutuqlar natijasi esa, bir xaftada bir marta e’lon qilinadi va golib 
taqdirlanadi. TOpshirqni bir-biriga qushini bolalarning o`zlari tekshiradilar. 
CHunki bu yoshdagi bolalar o`z ishlaridan ko‘ra o`zgalar ishiga juda qiziqadilar. 
SHunga ko‘ra ular sezmay qoldirgan xatolarga ko‘ra ularning bir necha minut 
davomida diqqat e’tiborlarini to`plagan xolatlari juda axamiyatlidir. Najalar taxlili 
shuni ko`rsatadiki, 3-4 xaftadan sung o`qituvchining " Diqqat -e’tiborli bul" degan 
shiori bolalarda diqqatning to`planishiga xizmat qiladi. O`yin bilan bir vaqtda 
bolada ona tili darsligidan o`qish ko`rsatmasi beriladi. Bu usul Bilan so`z qanday
yoziladi va qanday o‘qilishi haqida qiyosiy tushunchaga ega bo`ladi. Hammamiz 
bilamizki, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi, diqqatni rivojlanishiga doir
mashg`ulotlar bo`lib ular o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini ya’ni ularni
diqqat-e’tiborli bo`lishga bilimlarni mustaxkamlashga va barcha topshiriklarni 
bajarishga o‘rgatadi.
Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi 
idishlardagi suv mikdorini belgilash suralgan. Va bolalar suv mikdorini bir-biri 


bilan teng bo`lgan idishlarda kurganlaridan sunggina o`z javoblari noto`g`riligni 
bilganlar.Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizishda, shuningdek 
ertak va xikoyalar tukiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar 
tasavvuri juda keng va xilma-xil bo`ladi. Ayrim o`quvchilar asosan real borlikni 
tasavvur etsalar boshqalari fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. 
SHunga bog`liq kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga 
ajratish mumkin. Bolalar ko`pinchacha o`zlariga maolum obrazlar, syujetlardan 
foydalangan xolda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar 
asosida ularning kurkuvni yangish, dust topish, xursandchilik xislari yotadi. Bundan 
tashqari tasavvur terapevtik natija olib keluvchp faoliyat sifatida xam namoyon 
bo`lishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bola o`zining tub moxiyati va vazifasini tushunib 
yetmaydi,balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi.Ammo u 
kattalarning ko`rsatmalariga amal qilib tirishkoklik bilan mashg`ulotlarga kirishib 
ketadi.Oradan maolum vaqt o`tgach shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi 
bilan maktabning tashki belgilari o`z axamiyatini yo`qota boradi va bola o`qishni 
kundalik aqliy mexnt ekanligini anglaydi.SHunda bola aqliy mexnat ko`nikmasiga 
ega bo`lmasa uning o`qishdan kungli soviydi,unda umidsizlik xissi 
vujudga 
keladi.O`qituvchi esa bunday xolning oldini olish uchun bolaga ta’limning 
o`yindan farqi,qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga 
tayyorlashi kerak.Taolimning mazmuni o`quvchining bilimlarni egallashga 
qiziqishi o`z aqliy mexnati natijasidan kanoatlanish xissi bilan o`zviy bog`liqdir. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish jarayoni o`quv faoliyatining asosiy 
komponetlari o`quv vaziyatlari,o`quv harakatlari,nazorat etish va baxolash 
bilan(V.V.Davidov bo`yicha)tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha 
predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo`lgan sharoitda amalga 
oshirilishi juda muxim. Agar bola o`quv harakatlarini noto`g`ri bajarsa bu uning 
o`quv harakatlarini yo nazorat va baxolash bilan bog`liq harakatlarni bilmasligi 
yoki ularni yaxshi egallamaganligidan bo`lishi mumkin.Bolaning mustaqil
ravishda bajarilgan harakatlar natijalarini o`z xatti harakatlari xususiyatlari bilan 
taqqoslay olishlari unda o`z o`zini nazorat etish xususiyatlarini ma’lum darajada 
shakllanganidan dalolat beradi O`quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi 
masalalarni yechish yo`llari bilan tanishadilar va ularni egallagan zaxoti aniq bir 
masalalarni yechishda foydalanadilar
O`smirlik davri 10–11, 14–15 yoshni tashkil etadi. Ko`pchilik 
o`quvchilarda o`smirlik yoshiga o`tish asosan 5–sinfdan boshlanadi. «Endi u bola 
emas–u, ‘ali katta ham emas»-bu formula o`smirlik davri harakterini bildiradi. Bu 
yoshda o`smir rivojida keskin o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi. Bu o`zgarishlar 
fiziologik, hamda psixologik o`zgarishlardir. Fiziologik o`zgarish jinsiy 


yetilishning boshlanishi va bu bilan bog`liq ravishda tanadagi barcha aozolarning 
mukammal rivojlanishi va o`sishi, xujayra va organizm to`zilmalarining qaytadan 
shakllana boshlashidir. Organizmdagi o`zgarishlar bevosita o`smir endokrin 
sistemasining o`zgarishlari bilan bog`liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan 
biri gipofez bezining funktsiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm 
to`qimalarining o`sishi va mu’im ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez, 
buyrak o`sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo`y o`sishi 
tezlashidi, jinsiy balog`atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikqilamchi 
jinsiy bezlarning paydo bo`lishi) amalga oshadi, bu 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə