Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


 Shaxslararo muloqotning shaxs rivojlanishida



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
мулокот маданияти

5.7. Shaxslararo muloqotning shaxs rivojlanishida 
tutgan o'rni 
Har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hatto 
nuqsonlari ham muloqot jarayonining mahsulidir. Har qanday muloqotning eng 
sodda vazifasi — suhbatdoshlarning o'zaro bir-birlarini tushunishlarini 
ta'minlashdir. Bu o'zbeklarda samimiy salom-alik, suhbatdoshni ochiq yuz bilan 
kutib olishdan boshlanadi. Bu jihat milliy o'ziga xoslikka ega. Yana bir muhim 
vazifasi 
hodisasi ro'y beradi. Muloqotning o'rta darajasida suhbatdoshga nisbatan qiziqish 
paydo bo'la boshlaydi. Yuqori darajalarda esa bir tomondan suhbatdoshga nisbatan 
bo'lgan qiziqish o'sib boradi, ikkinchi tomondan ochiqlik darajasi ortadi. 
Suhbatdoshlarning bir-biriga bo'lgan qiziqishi, teng munosabatlar uchun 
ochiqlik darajasiga ko'ra muloqotning quyi, o'rta va yuqori darajalari farqlanadi. 
Muloqotning quyi darajalari quyidagilardan iborat: 
1. Primitiv daraja — asosiy belgisi suhbatdoshga shunchaki bir buyum 
sifatida munosabatda bo'lish. Bu buyum primitiv darajada muloqotga 
kirishgan inson uchun kerak bo'lgan buyum yoki xalaqit berayotgan 
buyum bo'lishi mumkin. Agar kerak bo'lsa, uni egallashga harakat qiladi, 
xalaqit berayotgan bo'lsa, uni uloqtirib tashlashga intiladi. 
2.
Manipulativ daraja — unda muloqot ishtirokchisi suhbatdoshini raqib deb 
biladi va uni yengishga harakat qiladi. Manipulator ongli yoki ongsiz ravishda 
moddiy yo psixologik manfaatni ko'zlab, turli maxsus usullar bilan suhbatdoshi 


102 
ustidan g'alaba qozonishga urinadi. Manipulativ darajaning muhim belgisi shuki
unda suhbatdosh shaxsining zaif tomonlariga qiziqish kuchli bo'ladi. 
3.
Standartlashgan daraja — unda suhbatdoshga nisbatan qiziqish mavjud 
bo'ladi. Bu qiziqish suhbatdoshning muayyan ijtimoiy rolga egaligi bilan 
xarakterlanadi. Standartlashtirilgan darajada muloqot ishtirokchilari o'rtasida 
«niqoblar aloqasi» amalga oshadi. Niqob turlari: «nol niqob» — «men sizga 
tegmayapman, siz ham menga tegmang», degan befarqlik niqobi, «yo'lbars niqobi» 
— «menga tegib ko'ringchi» degan ma'noni anglatuvchi qo'rqitishga qaratilgan 
niqob, «quyon niqobi» — «menga tegmang, men juda kuchsizman» degan ma'noni 
anglatuvchi niqob, «masxaraboz niqobi» — «men hech narsani bilmayman, menga 
tegishning hojati yo'q» degan ma'noni anglatuvchi, o'zini anqov, go'l qilib 
ko'rsatishga harakat qiluvchilar niqobi. 
Muloqotning o'rta darajasi quyidagidan iborat: 
Konvensional daraja — bu daraja quyi va yuqori darajalar oralig'idadir. Unda 
ilk bor suhbatdosh shaxsiga nisbatan qiziqish qisman bo'lsa-da ochiqlik (suhbat 
ro'y berayotgan vaziyatdagina) paydo bo'ladi. Konvensional darajadagi muloqot 
to'laqonli, suhbatdosh haqida qayg'urish, uning o'rniga o'zini qo'yishga tayyorlik 
vujudga keladigan muloqotdir. 
Muloqotning yuqori darajalari quyidagilardan iborat: 1. Ishchan daraja — unda 
suhbatdoshning asosan ishchanlik xususiyatlariga nisbatan qiziqish bo'ladi. Ishchan 
darajada suhbatlashib insonlar o'z munosabatlarining moddiy natijalariga ega 
bo'ladilar, ular o'rtasida ancha barqaror ishonch va bog'lanish hislari shakllanadi. 
Yoki juda kuchli antipatiya ham shakllanishi mumkin. 
2. O'yinli daraja — ushbu darajada suhbatdosh shaxsining xususiyatlariga jonli, 
simpatiyaga asoslangan, hech qanday g'araz maqsadlarni ko'zlamaydigan qiziqish 
mavjud bo'ladi. O'yinli darajada muloqot ishtirokchilarining bir-biriga bo'lgan 
qiziqishi ancha yuqori bo'ladi, tomonlar o'zini juda ochiq tutadi, suhbatdoshlar bir-
birining «rolini» o'ynaydi. Bu daraja pedagogik muloqot uchun ancha samarali. 
Ma'naviy daraja — inson muloqotining eng yuqori darajasidir. Unda suhbatdosh 
shunchaki bir inson emas, balki yuksak hurmatga sazovor xislatlar egasi, betakror 


102 
ruxiyot sohibi sifatida talqin etiladi. Ana shu xislatlar suhbatdoshga nisbatan 
iliqlikni uyg'otadi, u bilan bo'lgan muloqot unutilmas darajaga yetadi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə