Psixologiyasining psixologiyaning boshqa tartnoqlari bilan bog'liqligi


Muloqot va unga o'rgatish muammolari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/41
tarix29.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#142782
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
мулокот маданияти

5.9. Muloqot va unga o'rgatish muammolari 
Kishilar bilan normal munosabatlarni o'rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida 
sheriklarning holatlari, niyatlarini aniqlay olmaslik, o'z nuqtayi nazariga o'zgalarni 
professional tarzda ko'ndira olmaslik, «birovni», uning ichki kechinmalari va 
o'ziga bo'lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada 
kommunikativ uquvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. 
Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish 
bitmasdan cho'zilib ketishi mumkin. 
Ma'lumki, gaplashayotgan kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. 
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o'zaro mosligi, bir-
birini to'ldirishiga bog'liq. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi « 
Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni 
biladigan suhbatdoshdir», deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda 
rivojlangan bo'lishini nazarda tutgan. 
Tinglash muloqotning eng muhim komponentidir. Tinglash san'atini puxta 
egallamay odamtar bilan hech qachon sogiom munosabat o'rnatib bo'lmaydi. 
Tinglay bilmaslik og'ir ma'naviy va sezilarli iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. 
Psixolog I.V. Dubrovinaning yozishicha, unga tanish psixologlardan biri shunday 
voqeani hikoya qilib bergan: «Kunlarning birida men tramvayda ketayotgan edim. 
Butun yo'l davomida yo'lovchilardan biri o'zining dard va hasratlarini men bilan 
o'rtoqlashib kelardi. Men izohlarsiz uni tinglab borardim. Vaqti-vaqti bilan diqqat 
qilib tinglayotganimni namoyon etib turardim. Tramvay suhbatdoshimning 
bekatiga yetib, u tushib ketar ekan sizdek yaxshi suhbatdosh bilan anchadan buyon 
suhbatlashmagan edim, dedi. Vaholanki, men unga bir og'iz ham so'z aytmagan 
edim.» Nima uchun yoiovchi bunday xulosaga keldi? Chunki suhbatdosh maslahat 
berishga shoshilmadi, so'zlovchining uzoq vaqt hal boimayotgan muhim 
muammosini darhol hal etib berishga intilmadi. U faqat e'tibor bilan tingladi, 


102 
suhbatdoshning ruhiy holatini his etib tingladi. Afsuski, muloqot ishtirokchilari 
ko'p hollarda tinglash kuchli psixoterapevtik vosita ekanini unutib qo'yadi. Biz 
suhbatdoshimizning so'zlarini eshitamiz, lekin eshitish bilan tinglash bir xil narsa 
emas: 
Eshitish 
Tinglash 
— Fiziologik akt, unda 
tovushlarni beixtiyor idrok etish 
yuz beradi; 
— Tovushni idrok etish; 
— Sezgi a'zolari faoliyati va asab 
tizimi avtomatikreaksiyasi tufayli 
tovushlar eshitiladi 
— irodaviy akt, u kishidan ma'lum miqdorda 
irodaviy zo'r berishni talab qiladi; 
— muayyan ma'noli tovushlarni idrok etishga 
qaratilgan ongli urinish; 
— 
tovushlar idroki jarayoniga irodaviy zo'r 
berish, unda oliy ruhiy jarayonlar 
qo'shiladi 
Tinglash — faol jarayon bo'lib, u fikrning ma'nosini, so'zlovchining maqsadini 
anglashga intilish kabi jarayonlarni o'z ichiga olgani bois u tushunish bilan 
chegaradosh. Tinglash ikki xil bo'ladi: refleksiv va norefleksiv. Norefleksiv 
tinglash so'zlovchi kuchli emotsional kechinmalar (musibat, alam yoki aksincha, 
shodu xuiTamlik) ni boshdan kechirayotganda va tushunuvchi tinglovchiga muhtoj 
bo'lganda qo'llanadi, ya'ni suhbatdosh o'z kechinmalari bilan o'rtoqlashmoqchi 
bo'lganda ishlatiladi. Norefleksiv tinglashda javoblar minimallashtiriladi. Javoblar 
neytral, suhbatdoshni o'z fikrini davom ettirishga undaydigan bo'lishi kerak. 
Ularning eng keng tarqalganlari quyidagilar: «Shundaymi?», «davom eting, bu 
juda qiziq-ku», «ha, ha tushunayapman», «buni eshitishdan juda xursandman», 
«agar malol kelmasa batafsilroq to'xtalsangiz», «xo'sh, xo'sh, xo'sh», «shunaqa 
deng». Bunday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi, undagi qo'rquvni bartaraf etadi. 
Norefleksiv tinglash quyidagi vaziyatlarda foydali bo'lishi mumkin: 
—suhbatdosh biror masala bo'yicha o'z fikrini bildirmoqchi bo'lganda; 
—suhbatdosh uni qiynayotgan muammolar bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lganda; 
—suhbatdosh o'z muammolarini ifodalashga qiynalayotganda; 


102 
—suhbatdosh o'z mansabiga ko'ra pastroq bo'lganda. Norefleksiv tinglashni 
quyidagi vaziyatlarda qo'llash tavsiya etilmaydi: 
—suhbatdosh so'zlashni uncha xohlamaganda; 
—suhbatdosh o'z fikrining tasdig'i yoki inkorini kutayotganda
—suhbatdosh faol ko'mak va qo'llab-quvvatlashga muhtoj 
Psixoterapevtlar suhbat boshida ko'pincha norefleksiv tinglashdan 
foydalanadilar. 
Norefleksiv tinglash yetarli bo'lmaganda, refleksiv tinglash ishlatilishi mumkin. 
Refleksiv tinglash faol tinglash bo'lib, asosan idrok etilayotgan axborotning 
aniqligini nazorat qilish maqsadida qo'llanadi. Psixoterapevtlar mijozning o'z 
hissiyotlari va muammolarini ifodalay olishiga yordam berish uchun refleksiv 
tinglashdan keng foydalanadilar. Refleksiv tinglash zaruriyati quyidagi 
muammolar bilan toqozolangan: 
—so'zning ko'p ma'noliligi; 
—axborotning kodlashgan tarzda uzatilishi; 
—inson uchun o'z muammosini ochiq ifodalashning qiyinligi. Refleksiv 
tinglashda javob berishning to'rt turi mavjud: 
1.
Aniqlashtirish — suhbatdoshga uning fikrini aniqlashtirish uchun murojaat 
qilish. Aniqlashtirish axborotni aniqroq idrok etish uchun qo'llanadi. Bu maqsadda 
odatda quyidagi jumlalardan foydalaniladi: «yana bir bor qaytarib 
yuborolmaysizmi?», «nimani nazarda tutayotganligingizni yaxshi tushuna 
olmayapman», «nima demoqchiligingizni ochiqroq tushuntira olmaysizmi?». 
2.
Qaytarish — suhbatdosh fikrini boshqacharoq shaklda takrorlash. Qaytarish 
suhbatdosh fikrining to'g'ri tushunilganligini aniqlashtirish vositasidir. U 
tinglovchining suhbatdosh fikrini o'z so'zlari bilan qaytarisbidan iborat. Qaytarish 
odatda quyidagi so'zlardan boshlanadi: «sizni tushunishimcha...», «sizning 
fikringizcha...», «boshqacha qilib aytganda...». Qaytarishda axborotning asosiy 
mazmuni takrorlanadi. 


102 
3.
Hislarni aks ettirish -■ so'zlovchi emotsional holatining tinglovchi tomonidan 
aks ettirilishi. Odamlar asosan, o'zlari uchun ahamiyatli narsalar haqida 
suhbatlashganliklari uchun hissiyotlami aks ettirishning ahamiyati katta. 
Hissiyotlami aks ettirish bilan tinglovchi suhbatdoshiga uning holatini 
tushunayotganligini ko'rsatadi. Aks ettirish jarayoni tinglovchining o'z so'zlari 
bilan amalga oshirilishi kerak. Bu so'zlar quyidagi jumlalar bilan boshlanishi 
mumkin: «menimcha, siz hozir o'zingizni ,,. his etyapsiz», «ehtimol, o'zingizni... 
his etayotgandirsiz», «biroz xafamisiz>>, «bilaman, sizga og'ir», «kayfiyatingiz 
buziiganga o'xshaydi«. 
4.
Umumlashtirish — suhbatdosh fikrini xulosalash. Umumlash-tirish orqali 
tinglovchi suhbatdosh fikrini qanchalik to'g'ri tushunganligini ko'rsatadi, so'zlovchi 
uning u o'z fikrini qanchalik aniq ifodalab bera olganligini aniqlaydi. 
Umumlashtirish uchun odatda quyidagi jumlalar ishlatiladi: «shunday qilib, 
gaplaringizdan shunaqa xulosaga kelish mumkinki...», «xulosa qilib aytganda, 
demoqchisizki...», «gaplaringizdan tushunishimcha, siz...ni nazarda tutayapsiz». 
(Muloqot psixologiyasi. Ma'ruzalar to'plami. P. Ergashev. T. 2003. 22—26-betlar). 
Mutaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 45% ini 
kimlarnidir tinglashga sari qilar ekan, odamlar bilan doimiy muloqotda 
bo'ladiganlar — savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar, muxbirlar 35—40% oylik 
maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun olarkanlar. Demak 
kommunikatsiyaning eng qiyin sohalaridan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga 
ko'proq foyda keltirarkan. 
Tinglashning ham xuddi gapirishga o'xshash texnikasi, usullari mavjud. 
Ularning turi ham ko'p, lekin biz ikki usulini qoilaymiz: so'zma-so'z qaytarish va 
boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni qo'llab-quvvatlashni bildiradi. 
Ikkinchi usul — sherikning so'zlarini tinglab, undagi asosiy g'oyani qisqa, 
o'zimizning talqinimizda ifoda etish. Bundan tashqari biz yaxshi 
tinglayotganimizda , «Yo'g'-e?», «Nahotki?», «Qara-ya?», «Yasha!», «Qoyil!» 
luqmalari bilan suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga 


102 
o'rgatishning muhim yo'nalishlaridan biri — odamlarni faol tinglashga, bunda 
barcha paralingvistik va noverbal omillardan o'rinli foydalanishga o'rgatishdir. 
Professor V. Karimovaning fikricha, professional tinglash texnikasiga 
quyidagilar kiradi: 
—faol holat. Bu — tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan 
tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash bilan unga qiziqishni 
bildirish; 
—suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu suhbatdoshni o'ziga jalb qilish, 
keyin navbat kelganda o'zining har bir so'ziga uni ham ko'ndirishning samarali 
yo'lidir. 
—o'ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas'uliyat bilan 
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o'zingizning suhbatdoshga 
xayrixohligingizni bildirish yo'li. 
Tinglash madaniyati muloqot jarayonining samarali bo'lishida muhim 
ahamiyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshimizni diqqat bilan tinglashimiz, 
unda o'z-o'ziga hurmatni tarbiyalashimiz, uni ilhomlantirishimiz, ruhlantirishimiz 
kerak. O'qituvchining ma'ruzasi o'quvchilar tomonidan yaxshi tinglansa dars 
samarali bo'ladi. 
Ijtimoiy psixologiyada kishilarni samarali muloqotga ataylab o'rgatishga katta 
e'tibor beriladi. Buning o'z uslubi bo'lib, uning nomi ijtimoiy-psixologik trening 
(IPT) deyiladi. IPT kishilarni muloqot jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, 
ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda 
shakllantirishdir. 
Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko'rinishi bo'lib, u yoki bu kasbiy 
faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo'ladigan kommunikativ malaka, 
ko'nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda 
muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik 
qilish yo'1-yo'riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so'zlashga 
o'rgatish, majlislar o'tkazish, nizoli holatlarda o'zini to'g'ri tutish malakalari hosil 
qilinadi. Bunda asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish


102 
o'zini o'zga o'rniga qo'ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o'zinikini uyg'unlashtira 
olish g'oyasini singdirishdir. 
Odatda trening shaxsdagi u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilishda jiddiy 
qiyinchilikka uchragan sharoitlarda o'tkaziladi. Ya'ni treningning tashabbuskori 
ko'p hollarda yolg'izlik, uyatchanlik, tortinchoqlik yoki turli depressiyalarga 
uchragan shaxs bo'ladi. Maxsus tashkil etilgan kommunikativ mashqlar mobaynida 
u bu holatlardan chiqib ketish yo'llariga o'rgatiladi. Masalan, psixologlar 
tomonidan tashkil etiladigan «Psixologik xizmat», «Qalb markazlari», «Ishonch 
telefonlari» maxsus dasturlar yordamida ishlaydi. Guruhda tashkil etilgan muloqot 
muhitida odam o'zidagi ishonchsizlik, tortinchoqlik kabi salbiy sifatlardan halos 
bo'lish imkoniyati bo'ladi va u o'zini avvalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila 
boshlaydi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə