O’rganish ob’ekti:
Motivatsiyaninig asosiy yondashuvlari.
O’rganish mavzusi:
Motivatsiya muammosini psixolog olimlar tomonidan
o’rganilishi va shaxsda motivatsiya xususiyatlari.
Tadqiqot
maqsadi
-
O’smirlik
davrida
motivatsiyaning
asosiy
yondashuvlarini eksperimental o’rganish.
Tadqiqot predmeti va maqsadiga muvofiq, quyidagilar vazifalar:
1. Psixologik va pedagogik adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.
2. Shaxsning motivatsion sohasi tushunchasi va tarkibiy qismlarini tavsiflang.
3. O’smirlarning motivatsion sohasining xususiyatlarini ko’rib chiqing.
4. O’smirning o’zini o’zi qadrlashi ijobiy motivatsiyani shakllantirish vositasi
sifatidagi rolini aniqlang.
5. O’smir yoshdagi bolalarda motivatsiya bo’yicha psixokorreksion ishlarni
tahlil qilish.
Ish tuzilishi:
ish kirish, ikki bob, xulosa va bibliografiyadan iborat.
5
1.Bob Motivatsiya muammosini psixolog olimlar tomonidan o’rganilishi va
shaxsda motivatsiya xususiyatlari.
1.1. Psixolog olimlar tomonidan motivatsiyaning nazariy o’rganilishi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan
mavqyei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va
shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada “motiv” va “motivasiya”
tushunchalari ishlatiladi.
“Motivasiya” tushunchasi “motiv” tushunchasidan kengroq ma’no va
mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va
faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha
u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”,
“nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga
javob qidirish – motivasiyani qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivasion
tasnifini yoritishga olib keladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida “motivatsiya” termini psixologik
yangilanishlar, o’zgarishlar, holatlar, jarayonlar yig’indisini umumlashtiruvchi
tur(jins) tushunchasi sifatida qo’llaniladi. Motivatsiya hayotiy muhim ahamiyatga
ega bo’lgan tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlarga, jismlarga xulq-atvorni
yo’naltiruvchi qo’zg’atuvchi tariqasida baholanishi mumkin. Chunki u pirovard
maqsadga yo’nalganlikni, tanlovchanlik, fikr yuritishdagi g’arazgo’ylikni
aniqlovchi psixik aks ettirish, shuningdek, uning yordami bilan faollikni boshqarish
holati tasavvur qilinadi. Motivatsiyaning keng ko’lamda bunday talqin qilinishi uni
turmushda odamlar tomonidan bevosita shunday tushunishga mos tushadi. Omma
nima uchun jonli mavjudod aynan shunday xatti-harakatni amalga oshiradi, nega
boshqacha yo’sinda ish tutmasligini izohlash imkoniga ega.Boshqacha so’z bilan
aytganda, ushbu psixologik voqelik negizida xulqatvorning sababiy shartlanganlik
omili yotadi.
Motivatsiya mahiyati bo’yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga unga
berilgan umumlashgan tariflar mutlaqo mutanosibdir:
6
1) Rubinshteyn S.L.: “Motivatsiya- bu psixika orqali amalga oshuvchi
determinatsiyadir”
2) Madsen K.B. “Motivatsiya bu xulqqa yo’naltirilgan, qo’llab kuvvatlovchi,
qo’zg’atuvchi omillarning yig’indisidir”.
Yuqoridagi keng ko’lamli ta’riflar motivatsiya doirasining mavhumligi,
shartligi, rasmiyligi va nisbiyligidan dalolat beradi. Shuningdek, ta’riflarning
rangbarangligi motivatsiya mohiyatiga kiruvchi, unga taalluqli muhim
tushunchalarni ajratib olishga imkon beradi.Ko’rinib turibdiki, har xil kontekstli
yondashuvlar “motivatsiya” tushunchasining (tuzilmaviy, definitsiya mohiyati)
muayyan tarkibiy qismlarga ajratishni qiyinlashtiradiXuddi shu bois unga berilgan
xilma-xil ta’riflar, bizningcha, rasmiyatchilik, shartlanganlik nuqtai nazaridan
amalga oshirilgan psixologik voqelikka o’xshab ketadi.
Hatto jahon psixologlari “motivatsiya” tushunchasini “talab”, “intilish”,
“qo’zg’ovchi”, “ehtiyoj”, “zaruriyat” kabi atamalar bilan almashtirishga harakat
qiladilar. Bunday yondashuvlar, qarashlar, pozitsiyalar mavjudligi ta’riflarning
xilma-xilligini keltirib chiqaradi. Buning natijasida motivatsiyaning ma’noviy va
shakliy jihatlari orasidagi munosabatda chigalliklar yuzaga keltiradi. Lekin
psixologiya kategoriyalarining “ichki regulyator nuqtai nazaridan” tadqiqoti, ularni
ma’lumotlar bilan boyitish, yangi psixologik xususiyatlari va qirralarini ochish har
qanday cheklanish yoki cheklanganlikni inkor etadi. Shuning uchun motivatsiyaga
taalluqli terminlarni qo’llash maqsadga muvofiqlikni ta’minlashga xizmat qilsa, u
holda qat’iy qabul qilingan, saralangan tushunchalardan foydalanishga imkon
tug’diradi.
Motivatsiyaga oid tushunchalar, atamalar, terminlar turlicha ma’noda
qo’llanilishi bir tomondan uning yangi xususiyatlari yoki sifatlarini ochishga xizmat
qilsa-da, lekin ikkinchi tomondan ilmiy izlanishlarda muayyan darajada
qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.Ushbu psixologik voqelik o’ta munozarali omil
sifatida talqin qilishga arziydi. Sobiq ittifoq psixologi A.N. Leontev motiv,
motivatsiya to’g’risida turlicha yondashuvlar, nazariyalar, ta’riflar mavjud
ekanligiga e’tiroz bildirib, bu haqda u shunday mulohaza yuritadi: “Motiv” termini
7
qo’llanishida shu darajada xilmaxillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning
iloji ham yo’qdir. “Motiv” terminini shu yo’sinda qo’llanilishi shunday ta’sirot
qoldiradiki, go’yoki “motiv” tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta
qopga aylanib qolganga o’xshaydi. Motivlar yoki motivlashtiruvchi omillar
qatoriga, jumladan ishtaha, mayl, impuls, odat, malaka, xohish, his-tuyg’ular,
qiziqish, maqsad, hattoki yanada yaqqolroq motivlar, masalan, elektr toki bilan
qitiqlash, huzr-halovat yoki mamnuniyatni sezish, o’ziga bino qo’yishlik, maosh,
ideallar kiritiladi (kitob: Ehtiyojlar, motivlar va emotsiyalar, M., 1971, 14-bet).
Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya tushunchalari qo’zg’atuvchilar va
qo’zg’ovchilarning barcha turlarini o’z ichiga oladi, chunonchi, motivlar, ehtiyojlar,
qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar. Motiv
va motivatsiya keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida belgilanishiga
qaramay, ko’pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma’noda tadqiq qilib, ilmiy jihatdan
tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv,
stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga kiritadilar.
Bir qator psixologlar motiv va motivatsiyani energetik; ma’noviy tomonlarini
o’zaro solishtiradilar, tadqiqotchilar ularni tub ma’nodagi energetik bioquvvat
faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma’noviy va ma’naviy jabhalarni hisobga
olmay turib tushuntirishga intiladilar. Sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va
motivatsiya tizimi inson hayoti va faoliyatiga uzluksiz ravishda yo’naltirilgan
murakkab tuzilishga ega bo’lgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushuniladi.
Jumladan, S.L.Rubinshteyn motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi
rolini ko’rsatib,shunday mazmundagi mulohazalarni ta’kidlab o’tadi: birinchi bo’lib
kuzatish ob’ektlari emas, balki ehtiyoj ob’ektlari va shaxs xatti-harakatlari beriladi.
Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o’ziga xosligi ham shunday tuzilishga
ega va u o’zi xohlagan borliq elementlari va holatini belgilashga xizmat qiladi.
Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini
ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya. S.L.Rubinshteyn “ong- bu faqatgina aks etish emas,
balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir” deb yozadi.
8
S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko’rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko’p
qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi,
kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning
xulqatvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo’zg’atuvchilar (qo’zg’ovchilar)ni
turli bosqichlarda o’zaro murakkab bog’liqlikda olib qarash, ko’rish lozim, deb
ta’kidlaydi. Bizningcha, bu ko’p bosqichli tuzilma boshqaruvning anglanilgan
bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o’z ichiga oladi. Sobiq
ittifoq psixologlari motiv va motivatsiya tuzilishining bosqichli konsepsiyasini
ishlab chiqishda quyidagilarga tayanganlar:
1) ongning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan inson xulq-atvorini
boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi;
2) ontogenezda shaxsning individual shakllanish jarayoni bo’lmish genetik
dalillarga asoslanganligi va hokazo.
Motiv va motivatsiya tuzilishini genetik bosqichda tarkib topish ehtimolini
tahlil qilish natijasida ularning sodda bir bosqichli tizimlardan murakkab, ko’p
bosqichli yuksak darajaga o’sib o’tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan
yaqqol ko’rsatib beriladi. Umumlashgan ma’lumotlarning ko’rsatishicha, motiv va
motivatsiyaning tuzilishi muammosini tadqiq etilishi tufayli ularning dinamik va
ma’noviy jabhalari birligi prinsipidan kelib chiqilish maqsadga muvofiq. Motiv va
motivatsiya tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborni ularning
mazmuniy jihatini alohida ko’rsatishga ma’noviy tomonlarining birlamchiligini
belgilashga qaratiladi. Inson xulq-atvor motivi va motivatsiyasi tuzilishini, ularning
asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo’naltirishning
strategik rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun
individning psixik rivojlanishi tahliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish
maqsadga muvofiq.
Shaxs motivlari va motivatsiyasi oqimi muammosi uning ham metodologik,
ham nazariy munosabatlarni tekshirish demakdir. CHunki to hozirgi davrgacha
sobiq ittifoq psixologiyasida ularning ko’pgina qismlari, tomonlari o’z echimini topa
olmagan. Uzoq xorij psixologlari orasida “biologik ehtiyojlar asosida inson
9
motivlari yotadi”, degan qarashlar majmuasi keng ko’lamda qo’llanilib
kelinmoqda. Chunonchi, AQSHlik B.Damellning fikricha, to’qimada vujudga
kelgan ehtiyojlar qo’zg’atuvchining asosiy manbai hisoblanadi.Mazkur g’oya
yuzasidan mulohaza yuritgan Danlen esa “qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga
chiqmaydi”, degan fikrga qat’iy ishonadi.Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning
birlamchi manbai ovqatdan iboratdir.Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga
intilmaydi. Ushbu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motiv
va motivatsiyalarning biologik oqimi o’rtasida yuz beruvchi o’zaro o’rin
almashishning sodir bo’lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqmasligi lozim.
Chunki biologik shartlangan reja faollik manbai o’zaro o’rin almashish jarayonlari
assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo’ladi. Holbuki biologik holatlar
psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu bois ular birlamchi
manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi.
Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko’lamda o’rganilishi
natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy va
amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha mustaqil
yo’nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti quyidagilarga
qaratila boshladi:
A) jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga),
B) darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy),
V) mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko’rsatish, siqib chiqarish va
hokazolarga).
SHunday qilib, inson xulk atvorining determinatsiya qiladigan sabablar
majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o’rganadigan u yoki bu
munosabatni o’zida aks ettiruvchi, o’ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita va
tag-zamin, genetik va vaziyatli, to’g’ri va teskari atamalar bilan nomlash
imkoniyatini vujudga keltirdi. Rus psixologiyasi fanida motiv va motivatsiya
muammolari o’rganilishi Motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va
sobiq ittifoq psixologlari o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar, jumladan,
K.D.Ushinskiy,
I.M.Sechenov,
I.P.Pavlov,
V.M.Bexterev,
A.F.Lazurskiy,
10
V.M.Myasishchev, A.A.Uxtomskiy, L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev,
P.M.YAkobson va boshqalar. XX asr boshlarigacha bo’lgan ijtimoiy-tarixiy
davrning eng muhim va maxsus tadqiqoti L.I.Petrajitskiyning “Inson xatti-harakati
motivlari to’g’risida” nomidagi Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi
hisoblanadi(1904). O’z izlanishida muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini
yaratish g’oyasini ilgari surish bilan birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tadi. Uning mulohazasicha,
shaxs fe’l-atvorini oqilona baholash uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo
mumkin emas.
Xuddi shu bois u mazkur davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish)
motivlari masalasini o’rganish ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi.Motivlar hal
qiluvchi, harakatlantiruvchi mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. SHunga qaramasdan,
L.I.Petrajitskiy inson va uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik
pozitsiyasidan turib tahlil qiladi hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik
muallifning ilmiy chekinishi emas, albatta. O’z zamonasining buyuk
eksperimentatori A.F.Lazurskiy (23) psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlarini
tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun
muallif o’z izlanishlarida “mayllar va xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar
kurashiga moyilligi”, “motivlar muhokamasiga tortilganligi”, “xohishning
qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o’rganishga
intiladi. Shuning bilan birga A.F.Lazurskiy intilish rivojining darajasi ongli irodaviy
zo’r berish bilan bog’liq ekanligini alohida ta’kidlab o’tadi.Xuddi shu bois u
shaxsning tadqiqot dasturida bunday munosabatlar tizimiga keng o’rin ajratadi.
Muallif o’zining izlanish dasturida shaxsga ijtimoiy nuqtai nazaridan
yondashishga harakat qilgan, lekin masala endopsixika va ekzopsixika
nazariyalariga asoslangan holda tushuntirganligi tufayli insonning ijtimoiy
psixologik mohiyati, shaxsning biologik hamda ijtimoiy shartlangan jabhalari
birligi, uyg’unligi o’z ilmiy ifodasini topmagan. Natijada uning mulohazalari
mexanitsizm va biologizatorlik qobig’i bilan aralashib ketish holati mavjudligi
sababli muallifni tub ma’nodagi ilmiylikdan bir muncha uzoqlashtiradi. CHet el
11
psixologiyasida motivlar va motivatsiyani o’rganishga bag’ishlangan qator
materiallar mavjud bo’lib,ular jahon psixologiyasiga katta hissadir. Hozirgi davrda
chet el psixologiyasida o’ttizga yaqin konsepsiyalar, nazariyalar ishlab chiqilgan,
ularning aksariyati hayvonlar va odamlar xulq motivatsiyasiga bag’ishlangandir.
G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza, Gobbs, Dekart
asarlaridayoq o’z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik,
introspektiv,
bixeviorizm,
geshtaltpsixologiya,
psixoanaliz
psixologiya
maktablarining namoyandalari keng ko’lamda shug’ullanganlar(U.Djeyms,
E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga
binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga
keladi(AQSH). Jahonga mashhur bo’lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan
bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda
ko’chirishni anglatib keladi.
Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo’lib, tashqi
qo’zg’atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga
keladi. G’arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza,Gobbs, Dekart
asarlaridayoq o’z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik,
introspektiv,
bixeviorizm,
geshtaltpsixologiya,
psixoanaliz
psixologiya
maktablarining namoyandalari keng ko’lamda shug’ullanganlar (U.Djeyms,
E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga
binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga
keladi(A+SH). Jahonga mashhur bo’lgan “Stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan
bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda
ko’chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan
iborat bo’lib, tashqi qo’zg’atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi
tariqasida yuzaga keladi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti
psixika emas, balki reaksiyalar majmuasi bo’lmish xulqdir. Hozirgi zamon
bixevioristlari stimulni tashqi qo’zg’atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki
quvvatini faollashtiradi deb tushunadilar.
12
Neobixevioristik konsepsiyalarda yangi turtki (qo’zg’ovchi) larning paydo
bo’lishi (drayv) insonning organik ehtiyojini qondirishninng stimul natijasi bilan
muvofiqlashuvi tariqasida talqin qilinadi. V.M.Daugall Darvinning biologik
determinizm ta’limotini vulgarlashtirib, motivatsiyani tug’ma xususiyatini
asoslashga, tug’ma instinkt bilan uni qiyoslashga intiladi. Buning uchun muallif
oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson instinktlari hukm surishini ajratib ko’rsatadi
va ularni sharhlab beradi. Uning karashlari o’zgarishga yuz tutgan bo’lishiga
qaramay, bu sohaga oid talqinlar qolaverdi, bunga instinkt energiyasi tug’maligi,
impulsivligi g’oyalari bixevioristik konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon
bermaydi. Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan farqli o’laroq, motivatsiyaning
negizida insonga xos bo’lgan mayllar yotishini tan oladi.
Buning manba sifatida maylni tortuvchi tana a’zosining qaysi bir qismidagi
somatik jarayon tushuniladi. Freyd nazariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi
ko’rsatib o’tilmagan, bu esa o’ziga xos yondashuvdir. Ongsizlik ta’limotining
asoschisi Z.Freyd xulq ehtiyoji va motivlari muammosini ishlab chiqqan bo’lib,
uningcha, motivatsiya manbai tur va individning saqlash instinkti hisoblanadi.
Bizningcha, insonning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan
yondashishni talab etsa, u holda ongsizlik va onglilik munosabati o’zaro bir-birini
taqozo qiladi. Motivatsiyaning talqini geshtaltpsixologiya maktabida o’ziga xos
xususiyatga
ega.Jumladan,
K.Levin
motivlarni
eksperimental
o’rganish
metodikasini ishlab chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga
keladi. Geshtaltpsixologiyasida obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo’lsa,
K.Levin o’zining “maydon (makon) nazariyasida” motivni xuddi shunday
kategoriya sifatida qo’llaydi
Obraz bilan motivni o’zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning jismli ma’noviy
mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. Muallif xulqni
tushuntirganda, shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit bilan
bevosita munosabatidan kelib chiqadi. Xulqning shaxsga oid konstatlari hamda
shaxsning xususiyatlari inobatga olinmaydi. Xuddi shu bois motiv E.Tolmen xulq
aktida
motivning
roli
dominantligini dalillash
uchun
bixeviorizm,
13
geshtaltpsixologiya, freydizm nazariyalarini birlashtirib, ularga introspeksiya
prinsiplarini kiritib mulohaza yuritadi. Lekin sub’ektivizm holatlarining o’rni
to’g’risidagi mulohazalar bahsbopdir. G.Ollport o’z asarida personalistik
yo’nalishning namoyandasi tariqasida inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda
shaxsga yo’naltirilgan yondashuvni tatbiq etish g’oyasini ilgari suradi.Uning o’zini
o’zi namoyon qilish nazariyasida shaxs motivatsiya sub’ekti tariqasida tahlil, talqin
qilinadi. O’zining shaxs konsepsiyasini bayon qilishda uni “ochiq tizim” sifatida
talqin qilib, motivatsiyaga undovchi doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va
yuqori (rivojlanish) darajalariga ajratadi.
Jahonda
mashhur
ilmiy
yondashuvlardan
biri-
bu
A.Maslouning
motivatsiyaning “personologik” konsepsiyasidar. U o’zini gumanistik psixologiya
yo’nalishining namoyandasi deb hisolaydi, shuning uchun bixevioristlarga va
ekzistensialistlarga qarshi kurashuvchi “uchinchi kuch” ekanligini ta’kidlaydi.
“Motivatsiya va shaxs” kitobida “SHaxsning o’zini o’zi faollashtirish” qarashlar
rivojlantiradi. Individning uzluksiz kamolotga intilishini u etakchi motiv baholaydi.
Bu bilan muallif ijtimoiy determinatsiyani inkor qiladi. Maslouning fikricha,
motivlarni aniqlovchi, bir necha darajalardan tashkil topgan ehtiyojlar mavjuddir.
Xulq ehtiyojlar va qobiliyatlarga bog’liq bo’lib, u ichki va tashqi motivlar bilan
belgilanadi.
Muallif tomonidan ehtiyojlarning quyidagi darajalari ajratib ko’rsatiladi:
birnchi daraja – fiziologik – ozuqaga, suvga, gomeostazni saqlashga nisbatan
ehtiyoj; ikkinchi daraja – ozodlikka , xavfsizlikka nisbatan ehtiyoj; uchinchi daraja
– sevgi (muhabbat)ga nisbatan ehtiyoj; to’rtinchi daraja – maqsadga, erishuvga
yo’naltirilgan ehtiyoj; beshinchi daraja o’zini o’zi faollashtirishga nisbatan ehtiyoj.
A.Maslouning ta’kidlashicha, yangi ehtiyoj yuqoridagi ehtiyoj darajalarining
barchasi qoniqtirilgandan keyingina paydo bo’lishi mumkin. Ularning ichdan eng
yuqorisi – bu o’zini o’zi faollashtirishdir. Mazkur nazariya jamiyat va shaxs ikki
parallel ravishda hukm suruvchi mohiyat degan tushunchadan kelib chiqishiga
qaramay, unda shaxs antropologizirlashtiriladi hamda psixologizirlashtiriladi.
SHaxsning ijtimoiyligi tan olinsa-da, ammo biologik xususiyatga aloqadorligi
14
birlamchi belgi sifatida qolaveradi. O’zini o’zi faollashtirish qobiliyati esa, uning
mulohazasicha, qandaydir tabiiylik alomati tariqasida baholanadi.
Shunday qilib, biz yuqorida xorijiy psixologlarning motivatsiya muammosiga
bag’ishlangan tadqiqotlari natijalari bilan tanishib chiqdik.Aksariat mualliflar
shaxsni biologizirlashtirishga intilishganliklari tufayli uning faollik manbalarining
oddiy turtkisi bilan tenglashtiradilar. Go’yoki oddiy instinktlar, reflekslar inson
xulqining tarkibiy negizlari bo’lib hisoblanadi. Bu talqinga binoan ular motivlarni
maqsadga muvofiq shakllantirish imkoniyatini rad qiladilar, motivatsiya
ijtimoiytarixiy taraqqiyot jarayonida o’zgarishga yuz tutishini inobatga olinmaydi.
Natijada xulq motivlari ijtimoiy shartlanganligi, ularning ijtimoiy xususiyati
tadqiqotlarning diqqat markazidan va i drok ko’lamidan chetda qoladi.
Dostları ilə paylaş: |