Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


-12 yoshli voleybolchilarda va ularning fiziologik



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

10-12 yoshli voleybolchilarda va ularning fiziologik 
qiymati (n=20) 
Testlar 
Natija 
Fiziologik kiymati 
NOCh min. YuQCh min. 
O‘TS ml. 
30 m ga yugurish 
6,7 1,9 
17,2 2,3 
31,1 4,1 
78,6 3,2 
144,0 6,1 
1218,6 26,7 
1342 29,3 
Joydan turib 
uzunlikka sakrash 
145,2 4,

18,3 3,4 
19,7 3,7 
77,4 4,2 
86,3 5,1 
1132,0 19,3 
1149,0 17,7 
20 s. davomida
vertikal sakrash 
13,4 0,8 
18,7 4,1 
34,5 4,7 
79,7 5,1 
152,0 6,3 
1153,2 21,5 
1467,3 23,7 
Izoh: Maxraj - testdan oldin 
Nisbat - testdan so‘ng 


51 
Jadvalda qayd etilgan ko‘rsatkichlardan shuni kuzatish mumkinki, voleybol 
bilan shug‘ullanishni endi boshlagan 9-10 yoshli bolalarda tezkor-kuch sifatlari 
shu yoshdagi boshqa sport turi bilan shug‘ullanishni boshlagan bolalarnikiga 
nisbatan ancha sust rivojlanganligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, agar 30 m ga 
yugurish bizning natijalarimiz bo‘yicha 6,7 s ga teng bo‘lsa, voleybolchi bolalarda 
- 5,4 - 5,6 s, gandbolchi bolalarda - 5,6 s ga teng ekanligi ma'lum bo‘ldi. Joydan 
turib uzunlikka sakrash ham 9-10 yoshli tekshiruvchilarimizda boshqa yosh 
sportchilarnikiga qaraganda yetarli emas. Buning birdan-bir sababi, fikrimizcha
bolalarni kurash to‘garagiga saralab olinayotganda tanlov sinovlarida shug‘ullanish 
istagini bildirgan bolalar soni ko‘p bo‘lmagan. Demak, tanlab olishga raqobat 
bo‘lmagan. Shu bilan bir qatorda tanlovda ishtirok etayotgan bolalarga tanlov 
shartlarini 
yaxshi 
tushuntirmaslik 
yoki 
testlarni 
o‘tkazish 
qoidalariga 
(sekundomerdan foydalanish, sakrash oralig‘ini aniq ulchamaslik, sekundomerni 
standartga javob bermasligi va x.) amal qilmaslik ham ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri 
olinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, qanday bo‘lganda ham maxalliy 
mutaxassislar va murabbiylarning fikriga ko‘ra, sport tugaraklariga bolalar deyarli 
tanlovsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinaverar ekanlar. Har holda tekshiriluvdan 
o‘tkazilgan 20 nafar bolalardan olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha statistik 
qiymati shu shu bolalarning jismoniy imkoniyatiga xos xususiyatni belgilab beradi 
deb faraz qilish mumkin. Tezkor-kuch sifatlarini baholash maqsadida olingan 
ko‘rsatkichlarning fiziologik qiymatini aniqlash va uni taxlil qilish qayd etilgan 
faraz taqdiriga oydinlik kiritishi extimoldan holi emas. Kuzatilgan raqamlar talqini 
shuni ko‘rsatadiki, bolalarni 30 m ga yugurish natijasi 6,7 1,9 s ga teng bo‘lib, bu 
tezkorlik sifatining fiziologik qiymati o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Chunonchi, 30 m ga yugurishdan avval nafas olish chastotasi bir daqiqada 17,2 
martaga teng bo‘lsa, yugurishdan so‘ng bu ko‘rsatkich 31,1 martagacha ortdi (farq 
- 13,9 marta). Demak, bolalar 30 m ga chopish uchun o‘rtacha 13,9 marta, ya'ni sal 
kam 2 barobar ko‘p O2 qabul qilib, taxminan shuncha SO2 chiqarishgan. 
O‘pkaning ventilyasion faolligi sezilarli darajada ortgan. 


52 
Yurakni qisqarish chastotasi nisbiy tinch holatda 78,6 marta/daqiqaga teng 
bo‘lsa, 30 m ga yugurishdan so‘ng yurakni ritmik faoliyati 144,0 martagacha 
faollashadi. Binobarin, 30 m ga yugurishning o‘rtacha pulsometrik qiymati 65,4 
martaga teng ekan. 
O‘pkaning tiriklik sig‘imi yugurishdan avval o‘rtacha 1218,6 ml ni tashkil 
etgan bo‘lsa, yugurish yakunida bu ko‘rsatkich 1342,3 ml ga ko‘paydi. Ko‘rinib 
turibdiki, 30 m ga yugurish natijasi bolalarning tezkorlik sifati yuqori emasligidan 
darak bersa ham, olingan fiziologik ko‘rsatkichlar shu qisqa yuklamaga organizm 
keskin aks-javob (reaksiya) qaytarganligini isbotladi. Organizmning bunday 
reaksiyasi 
shu 
bolalarda 
anaerob 
ish 
kobiliyatining 
ham 
yaxshi 
shakllanmaganligidan dalolat beradi. 
Joydan turib uzunlikka sakrash o‘rtacha 145,2 4,6 sm ni tashkil etdi. Shu 
testni bajarishdan oldin NOCh 18,3 marta/daqiqaga teng bo‘lsa, testdan so‘ng 19,7 
martaga tezlashdi xolos. 
YuQCh 77,3 martadan 86,3 marta/daqiqagacha tezlashdi. O‘TS deyarli 
o‘zgarmadi (1132,0-1149,0 ml.). 
20 s. davomida bir joyda ketma-ket vertikal sakrash testi tekshiriluvchi 
bolalar uchun maxsus sinov bo‘lib, ularni bu boradagi tabiiy tajribasizligini 
ko‘rsatdi. Testni bajarish texnikasi talabdan yirok, sakrash soni va tezligi ham 
ko‘ngildagidek bo‘lmadi. To‘g‘ri, ayrim bolalarda bir joyda turib vertikal sakrash 
soni 15-17 martagacha bo‘ldi. Lekin, o‘rtacha statistik ko‘rsatgich-13,4 0,8 marta. 
Demak, mazkur sakrash mashqi tekshiriluvchi bolalar tomonidan yetarlicha 
o‘zlashtirilmaganidan darak beradi. 
Shunday bo‘lsada, bu test - sakrash o‘z strukturasi bo‘yicha murakkab 
koordinatsiyali harakat malakalari tarkibiga mansub bo‘lib, uni tez va samarali ijro 
etish hatto ancha shug‘ullangan sportchilarni ham har doim qo‘lidan kelavermaydi. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, 20 s. davomida 13,4 marta ijro etilgan ushbu malaka - 
test bolalar organizmiga keskin ta'sir etib, tekshirilgan funksional sistemalarni o‘ta 
faollashishiga sabab bo‘ldi. 


53 
Boshqacha qilib aytganda kam xajmli (marta) va past sifatli ish bajarilgan 
bo‘lsada, uning fiziologik qiymati ancha katta miqdorda ekanligi ko‘zga tashlandi. 
Jumladan, NOCh testdan avval18,7 marta/daqiqa, testdan so‘ng 34,5 marta. 
Demak, bajarilgan ishning respirator qiymati 15,8 marta/daqiqaga teng bo‘layapti. 
YuQCh 79,7 - 152,0 marta/dakika, O‘TS esa 1153,2 ml - 1467,3 ml. E'tirof etish 
mumkinki, eng katta fiziologik qiymatga ega ko‘rsatgich sakrash tezkorligini 
belgilovchi test - 20 s. davomida bir joyda turib vertikal sakrash mashqiga to‘g‘ri 
kelayapti. 
Fiziologik ma'lumotlardan shu narsa ma'lumki, inson organizmining 
funksional tayyorgarligi uning jismoniy imkoniyatlari bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Organizmda qanchalik funksional zaxira (yoki bioenergetik potensial) 
ortiq bo‘lsa, shunchalik ish yuklamasini ko‘tara olish imkoniyati keng bo‘ladi. 
Lekin, funksional zaxira o‘z o‘zidan vujudga kelmaydi. Aksincha, nasliy mavjud 
jismoniy sifatlar darajasini imkondan yuqori nagruzkalar evaziga muntazam 
shakllantirish zarur bo‘ladi. Shundagina kutilgan funksional zaxira jamg‘armasi 
to‘planadi. Binobarin, bizning tekshiruvimizda ishtirok etgan bolalarning dastlabki 
jismoniy va funksional potensiali o‘ziga hos darajaga ega. Biz quyida shu jismoniy 
va funksional imkoniyatni standart (an'anaviy) va maxsus ixtisoslashtirilgan 
mashqlar yordamida qanday shakllanishi mumkinligini pedagogik tadqiqot 
natijalari asosida ko‘rishimiz mumkin. 
10-12 yosh voleybolchilarda tezkorlik-kuch sifatini harakatli o‘yinlar yordamida 
shakllantirish samaradorligi.
Yosh voleybolchilar mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan mashqlarni dastlab 
o‘rgatish bosqichidanoq o‘yin amplualari doirasida tanlab olish va ulardan 
foydalanishda tezkorlik-kuch sifatiga urg‘u berish muhim ahamiyat kashf etadi. 
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida barcha texnik-taktik mashqlarni shu 
mashqlar mazmuniga mos harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish sport 
mahoratini qisqaroq muddat ichida oshirish imkoniyatini beradi. 
Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, volebol bo‘yicha yosh sportchilar bilan 
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda aniq rivojlantirilgan harakatli o‘yinlardan kamdan-


54 
kam foylaniladi. Bunday xolatlar ayniqsa qishloq maktablarni qoshida tashkil 
etilgan voleybol to‘garaklarida ko‘zga tashlanadi. 
Ushbu vaziyatni e'tiborga olgan holda biz Yangiqo’rgon tumanidagi 26 
maktabda tashkil etilgan voleybol to‘garagida shug‘ullanuvchi bolalar ishtirokida 
pedagogik tadqiqot o‘tkazdik. Tadqiqotda avval tezkorlik-kuch sifati darajasi, 
so‘ngra uni harakatli o‘yinlar yordamida o‘stirish samarasini o‘rgandik. Tezkorlik-
kuch sifatini rivojlanganlik darajasi 2 jadvalda aks ettirilgan. 
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tekshiriluvchi bolalarda o‘tkazilgan 30 m ga 
yugurish test sinovlari har bir bola o‘ziga hos tezkorlik sifatiga ega ekanligini 
ko‘rsatdi. Test sinovlari bo‘yicha qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatgich bilan (5,0 s) 
va eng katta ko‘rsatgich (6,8 s) o‘rtasidagi farq 1,4 soniyaga teng bo‘ldi. Ushbu 
farq test sifatlaridan o‘tkazilgan bolalarni jismoniy tayyorgarlik jihatidan deyarli 
bir hil imkoniyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shu masofaga yugurishning 
o‘rtacha ko‘rsatgichi 6,1 soniyani tashkil etadi. 
Maxsus tezkorlik sifatlarini aks ettiruvchi test sinovlari (4x6 m ga 
mokkisimon yugurish) qarama-qarshi yo‘nalishida etilishi jihatidan ancha 
murakkab bo‘lganligi uchun ko‘rsatgichlar o‘rtasidagi farq ancha ko‘p miqdorini 
tashkil etdi. Chunonchi, qayd etilgan eng kichik ko‘rsatgich (ya'ni qisqa vaqtni 
bildiruvchi) 8,7 soniya, eng katta ko‘rsatgich (ya'ni uzoq muddatni bildiruvchi) 
13,0 soniyaga teng bo‘ldi. Demak, ushbu ko‘rsatgichlar farqi 4,3 soniyani tashkil 
qiladi. 
2 jadval 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə