Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


 O‘g‘rilar va quriqchilar (2 rasm)



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

2. O‘g‘rilar va quriqchilar (2 rasm). 
 
O‘yin mazmuni: P - pistirmadan U - o‘g‘rilar anhor bo‘ylab, O - 
omborxonaga qimmatbaho toshlar solingan haltalar o‘g‘irlashga kiradilar (haltalar 
- to‘ldirma to‘plar). 
O‘g‘rilar 2 tada halta olib qochayotganida Q-qaroqchilar barcha o‘g‘rilarni 
jinoyat ustida ushlashga intiladilar. 
O‘yin 2 marta rollar almashinib o‘ynaladi. G‘olib jamoa (O‘-lar yoki Q-lar) 
umumiy natijaga qarab aniqlanadi. 
O‘yin an'anaviy qoidaga binoan o‘tkaziladi (2 marta). Lekin, qo‘lga tushgan 
qochuvchilar ushlagan quvuvchilarni orqa marragacha yelkasiga o‘tkazib olib 
kelishadi, aksincha chegara chizig‘ig‘acha qo‘lga tushmagan qochuvchilarni 
quvuvchilar yelkasida marragacha ko‘tarib kelishadi. Natijalar farqi g‘olib jamoani 
aniqlaydi. 
Pedagogik tadqiqot boshlanishidan avval va tugaganidan so‘ng olingan 
ko‘rsatkichlar guruhlar ichida va guruhlararo yakka tartibda hamda o‘rtacha 
arifmetik ko‘rinishda qiyosiy tahlil etildi. 
 3.5. Natijalar va ularning taxlili. 


48 
Malakali sportchilarni tayyorlash tanlov va dastlabki o‘rgatish bosqichidan 
boshlab toki sport mahoratini takomillashtirish bosqichigacha davom etadi. Shu 
ko‘p yillik muddat ichida sportchilar to‘lqinsimon yo‘nalishda ortib boradigan 
mashqlar hajmi va shiddatiga mos nagruzkalarga ko‘nikib boradilar. Jismoniy 
sifatlar va texnik-taktik malakalarning shakllanishi yil davomida turli testlar 
yordamida muntazam nazorat qilinib boriladi. Bunday tadbirlar rasmiy ravishda 
barcha o‘quv-trenirovka dasturlaridan joy olgan. Lekin, ushbu dasturlarda ham
sport amaliyotida ham shu testlarni bajarishga sarflanadigan fiziologik 
(bioenergetik) potensial deyarli e'tiborga olinmaydi. M: ma'lum yoshli sportchi 30 
m ga yugurish yoki voleybolda 30 s. Davomida ketma-ket balandga sakrash nafas 
olish yoki yurak tizimiga qanchaga tushishi yoki shu testlarni bajarganda qancha 
O2 va SO2 almashinishi hamda yurak necha marta qisqarishi mumkinligi haqida 
xech qanday rasmiy ma'lumotlar mavjud emas. Vaxolanki, harakat testlarini 
qo‘llashda shu testlarning fiziologik bilish muhim amaliy ahamiyatga egadir. 
Ma'lumki, sport mashg‘ulotlarida texnik-taktik malakalarga o‘rgatish, turli xajm va 
shiddatda qo‘llaniladigan mashqlar yuklamasini nazorat qilish, umuman 
sportchilarni tayyorlashda shug‘ullanuvchilarning fiziologik reaksiyasini e'tiborga 
olish juda zarur jarayondir. Chunki, o‘rgatishda ham, trenirovka jarayonida ham 
sportchilarning funksional imkoniyatlari doimiy nazoratda bo‘lmasa nagruzkalar 
organizmni zo‘riqishga, kichik xajmli va shiddatli nagruzkalar esa uni 
shakllanishini susayishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, o‘quv-trenirovka jarayonida 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda texnik-taktik tayyorgarlikni shakllantira 
borishda fiziologik reaksiyalar ko‘rsatkichlariga e'tibor qaratish, har bir mashqning 
fiziologik qiymatini bilgan holda undan foydalanish yuqori malakali sportchilar 
tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.
Sport trenirovkasi, xususan tezlik-kuch sifatlarining fiziologik asoslari 
ko‘pgina ilmiy va o‘quv adabiyotlarida a'zaldan o‘z ifodasini topib kelgan. 
Tadqiqotchi olimlar o‘zlarining yirik ilmiy va o‘quv asarlarida jismoniy sifatlarni 
jumladan tezlik-kuch sifatlarini rivojlantirishda organizmda ro‘y beradigan 
holatlarni, barcha fiziologik o‘zgarishlarni atroflicha tahlil qilib berganlar. 


49 
Ularning fikriga ko‘ra harakat malakalarining shakllanishi va jismoniy sifatlarning 
rivojlanishi bilan bir qatorda shug‘ullanuvchilar organizmining funksional 
imkoniyatlari ham shakllana boradi. 
Kuch sifati mushaklarning taranglanishi darajasiga bog‘liq bo‘lib, u asosan 
muskul tolalari tuzilishi, yo‘g‘onligi, rivojlanganligi hamda ularning qisqarishi 
davomida kechadigan biokimiyoviy va fiziologik omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Mushaklarning qisqarish-bo‘shashish faoliyatida almashinuvi nihoyatda katta 
ahamiyatga ega. Jumladan, muskul tolalarning kuchli va tez qisqarish darajasi qon 
tarkibidagi kislorod, oqsil, uglevod, yog‘, mineral tuzlar, vitaminlar, 
mikroelementlar va boshqa oziqalarni birikkan holda bioenergiya ajratishi bilan 
belgilanadi. Bu jarayonda aerob (O2 o‘z vaqtida ta'minlanishi) va anaerob (O2 - siz 
jarayon) omillar hamda uglevodni glikogenga parchalanishi, adenozin uch fosfat 
va kreatin fasfat kabi moddalarning raksiyaga kirishishi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Maktab o‘quvchilari va talabalarda mushak kuchi faoliyatini o‘rganish 
asosida turli yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarda o‘ng va chap qo‘l kaftlari kuchi 
o‘ziga hos dinamik o‘zgarishlar doirasida rivojlanishini kuzatganlar. Jumladan 7 
yoshli ug‘il va qiz bolalarda qo‘l kaftlari kuchi ma'lum simmetrik darajaga ega 
(o‘g‘il bolalar-o‘ng qo‘l-14,9 kg, chap qo‘l-14,1 kg; qiz bolalar-o‘ng qo‘l 13,6 kg, 
chap qo‘l-12,8 kg).
Lekin, o‘g‘il bolalarda 8 yoshdan 9 yoshgacha o‘ng qo‘l kuchi ustunligi 
kuzatilgan bo‘lsa, 10 yoshdan boshlab o‘g‘il bolalarda, qiz bolalarda esa 7 yoshdan 
19 yoshgacha o‘ng va chap qo‘l kuchida simmetrik hodisa kuzatilmadi. Aslida 
inson organizmi faoliyatida, jumladan uni ijrochi organlarining funksional 
faoliyatida assimetriya ustunligi bo‘lishi kerak. Ya'ni, misol uchun, o‘ng qo‘l 
yetakchi bo‘lganida uning kuchi chap qo‘l kuchiga nisbatan ustun bo‘lishi lozim. 
Shu bilan bir qatorda 12-16 yoshli ug‘il bolalarda qo‘l va oyoq 
mushaklarining rivojlanishi jinsning shakllanishi bilan bog‘likligi aniqlangan. 
Ushbu muallifning fikricha, balog‘at yoshidagi bolalar jinsiy jihatdan qanchalik tez 
rivojlanib borsa, shunchalik kuch sifati ustunlik qilib borar ekan. Binobarin, kuch 


50 
sifatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarning tez yoki sust rivojlanishi pasport yoshiga 
qarab emas, balki biologik yoshga qarab belgilanishini e'tirof etish lozim. 
Bir qator olimlar kuch-tezlik va kuch-tezlik chidamkorligi sifatlarini yosh 
sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligini ta'kidlashgan. 
Katta hajm va shiddatda ijro etiladigan mashqlar yordamida bu sifatlarni 
zo‘rma-zo‘raki rivojlantirish o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishi, hatto chuqur 
patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin ekan. Yuqorida qayd etilgan 
ma'lumot va muloxazalardan ko‘rinib turibdiki, testlar yordamida olingan tezkor-
kuch sifatlari darajasi hamda shu sifatlar darajasi qanday fiziologik qiymatga 
egaligini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar deyarli uchramaydi. 
Ushbu vaziyatni e'tiborga olgan holda biz mazkur bitiruv malakaviy ishda 
tezkor-kuch sifatlari darajasini aniqlashga mo‘ljallangan bir qator testlarni (300 ga 
yugurish, joydan turib uzunlikka sakrash, 20 s. davomida joydan turib vertikal 
sakrash). 
10-12 yoshli voleybolchilarda qo‘llash va shu testlar natijalarining fiziologik 
qiymatini baholashga intildik (1 jadval). 
1 jadval 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə