Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Amaliy mashg`ulotlar mazmuni



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

Amaliy mashg`ulotlar mazmuni.
 
Amaliy mashg`ulotlarda jismoniy fazilatlardan kuch fazilatining turlari, uni 
vaznga, tayyorgarlikka hamda sport turiga bog`liqligi o`rganiladi. Muskul kuchini 
o`lchash usullari, kuchni bashqa jismoniy fazilatlarga bog`liqligi qonuniyatlari 
ochib ko`rsatiladi. Muskul kuchini tarbiyalash uslublari, sherigini va o`z vazni 
og`irliklari, rezina espanderlar qarshiliklari va buyumlar og`irligi bilan mashqlarni 
tashkil etish va o`tkazish hamda kuch mashqlarida yuklamalarni mehyorlash 
uslublari tahlil etiladi. Sport turi bo`yicha kuch tarbiyalash mashg`ulotlarini 
o`tkazilishida bevosita ishtirok etiladi va mashg`ulotlar samaralari tahlil qilinadi. 
Pedagogik tadqiqotning pirovard maqsadi
shug‘ullanishni endi boshlagan 
10-12 yoshli voleybolchi bolalarda tezkor-kuch sifatlarini ixtisoslashtirilgan 
harakatli o‘yinlar shakllantirish samaradoligini o‘rganishdan iborat. 
Tadqiqotning ob'ekti nazorat va tajriba guruhlarida shug‘ullanuvchi 10-12 
yoshli voleybolchi bolalar va ularda tezkor-kuch sifatlarini standart (an'anaviy) va 
harakatli o‘yinlar ta'sirida rivojlanish dinamikasi. 
Mavzu bo‘yicha jamlangan adabiyotlarda qayd etilgan ilmiy va uslubiy 
ma'lumotlar qiyosiy tarzda tahlil qilindi hamda masalaning bugungi ahvoliga baho 
berildi. Jumladan, dastlabki o‘rgatish bosqichida sport malakalariga samaradorligi 
jismoniy sifatlarga bog‘lik ekanligi olimlar tadqiqotlari yordamida asoslab berildi. 


46 
Yosh sportchilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlar asosan standart, stereotip 
mashqlar ta'sirida rivojlantirilishi e'tirof etilib, bunday yondashuv har doim ham 
kutilgan natijani bermasligiga urg‘u berildi. Aynan adabiyotlarni tahlil qilish 
bobida jismoniy sifatlarni maxsus harakatli o‘yinlar yordamida shakllantirish 
yuksak samara berishi ta'kidlab o‘tildi. 
O‘pkaning tiriklik sig‘imi oddiy havoli spirometrda aniqlandi. 
Tekshiriluvchilar dastavval tik turgan holda chuqur nafas olib, so‘ng spirometrga 
maksimal puflashlari talab qilindi. Ushbu test 2 marta qaytarilib, eng yaxshi natija 
e'tiborga olindi. 
Nafasolish chastotasi 15 s. davomida o‘lchanib olingan natija 4 ga 
ko‘paytirildi. Test barcha tekshiriluvchilarda tezkor-kuch sifatlarini baholovchi 
testlardan avval va so‘ng o‘tkazildi. 
Yurak urish chastotasi ham 15 s. davomida o‘lchanib, olingan natija 4 ga 
ko‘paytirildi. Bu test ham avvalgi test singari tartibda qo‘llanildi.
30 m ga yugurish tik turgan holatdan amalga oshirildi. 
Qolgan testlar ham belgilangan uslubiy tartibda amalga oshirildi. 
Pedagogik tadqiqot kurash tugaragiga saralab olingan va shug‘ullanishni 
endigina boshalagan 10-12 yoshli voleybolchi bolalar misolida o‘tkazildi. 
Tadqiqot ikki guruh - nazorat (6 kishi) va tajriba (6 kishi) guruhlarida 6 oy 
davomida o‘tkazildi. 
Nazorat guruhidagi bolalar BO‘SM larga mo‘ljallangan amaldagi dastur 
bo‘yicha shug‘ullanib keldilar. 
Tajriba guruhida tezkor-kuch sifatlarini rivojlantirishga rejalashtirilgan 
standart (an'anaviy) mashqlar hajmi 50% ga qisqartirilib, o‘rniga quyidagi maxsus 
ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yinlar qo‘llanildi: 
O‘yin mazmuni: 6 kishi 3 tadan 2 jamoaga bo‘linadi va harbir jamoa 
kolonna bo‘lib voleybol maydonini orqa chizig‘i ortida saf tortadi. 
Signal berilishi bilan 1-nchi turgan o‘yinchi oldidan turgan to‘pni olib, avval 
6 m li chiziqqa borib keladi, so‘ng 9 m - yana 3 m va undan 9 m kelib to‘pni 


47 
sherigiga beradi. Mashq davom etadi. Qaysi jamoa ishtirokchisi birinchi bo‘lib 
marraga kelsa, shu jamoa g‘olib deb topiladi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə