Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati


Tezkorlikning fiziologik asoslari



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix21.06.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#89837
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Qisqartirilgan so‘zlar ruyhati

Tezkorlikning fiziologik asoslari. 
Reaksiyalanish latent vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat: 
1) retseitorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi; 
2) qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish; 
3) qo‘zgalishning nerv yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal xosil 
bo‘lishi; 
4) signalning markaziy nerv sistemasidan muskulga o‘tkazilishi; 
5) muskulning qo‘zg‘alishi va unda mexanik aktivlik paydo bo‘lishi.
3.2.Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. 
Reaksiyalar oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy reaksiya oldindan mahlum 
bo‘lgan signal ilgaridan mahlum bo‘lgan harakat bilan javob berishdir. 
Reaksiyalarning qolgan barcha tiplari murakkab reaksiyalardir. Tezkorlikni juda 
ko‘pi oddiy reaksiyalar uchun xarakterlidir: ayrim vaziyatlarda tezda biror qarorga 


39 
keluvchi kishilar boshqa sharoitlarda ham tezroq biror fikrga keladilar. Tez 
bajariladigan xilma —xil mashqlar bilag` shug`ullanish oddiy reaksiya tezligini 
yaxshilaydi. Reaksiya tezkorligiga doir mashqlar amalda harakatlarning tezligiga 
tahsir etmaydi. Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha uslubla edan 
foylaniladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani to‘satdan paydo bo‘ladigan signalga yoki 
tevarak— atrofdagi vaziyatning o‘zgarishiga mumkin qadar tezroq, reaksiya
ko‘rsatish uslubidir. Bu uslub yangi shug`ullanuvchilar bilan 
o‘tkaziladigan Mashg‘ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko‘rsatadi. 
Reaksiya tezkorligi katta ahamiyatga bu xollarda uni takomillashtirish uchun 
maxsus uslubiyatlardan foydalaniladi. Bu uslubiyatlardan biri — analitik 
yondashish uslubiyati — reaksiya tezkorligini engillashtirilgan sharoiglarda va 
undan keyingi harakat tezligini takomillashtirishdan iboratdir. 
3.3.Tezkorlikni rivojlantirish uslubiyati 
"
Sensomotor uslubiyati
"
 
— reaksiya tezkorligi bilan sekundning o‘ndan bir 
va xatto yuzdan bir bo‘lagigacha qisqa muddatli intervallarni farq qila bilan 
qobiliyatining mustaxkam aloqasiga asoslangan. Vaqt mikroint ervallarini yaxshi 
idrok qiluvchi kishilarda odatda reaksiya tezkorligi yuqori bo‘ladi. 
Mashq uch bosqichda olib boriladi: Birinchi bosqichda shug`ullanuvchilar 
signalga maksimal tezlikda r
yeaks
iya ko‘rsatishga intilib harakat qiladilar. Xar bir 
urinishda. so‘ng o‘qituvchi shug‘ullanuvchiga uning ko‘rsatgan vaqtini ma'lum 
qiladi. 
Ikkinchi bosqichda ham reaksiya va undan keyin 
 
harakatlar eng katta tezlikda 
bajariladi. Lekin bu gal o‘qituvchi o‘quvchidan uning fikricha harakatni qancha 
vaqtda bajarganligini so‘raydi. Shundan so‘ng unga mashqni bajarishdagi xaqiyqiy 
vaqt ma'lum qilinadi. Mashqni bajarishdagi xaqiyqiy vaqt bilan o‘zi xis qilgan 
vaqtni doimo taqqoslab borish vaqtni aniqrok qilishni takom illashtiradi. 
Uchinchi bosqichda shug‘ullanuvchiga topshiriqlarni oldindan belgilangan 
xilma — xil tezlikda bajarish tavsiya etiladi. Natijada bu reaksiya tezkorligini 
bemalol boshqarishga o‘rgatadi. 

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə